Blackcurse


Sitologiyani rivojlanishining


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

Sitologiyani rivojlanishining  

asosiy bosqichlari. 

 



 



Hujayraviy tuzilish xaqidagi tasavvurlarini   

paydo bo’lishi. 

Sitologiya  mustaqil  fan  sifatida  o’tgan  asrning  oxirida  paydo  bo’lsada,  hujayra 

xaqidagi ta’limot XVII asrdan boshlangan. Sitologiyaning rivojlanishi mikroskopning kashf 

qilinishi  uni takomillanishi bilan bog’lik bo’lgani uchun, sitologik tekshirishlarning material 

bazasi bo’lib xizmat kilgan texnik muvaffaqiyatlarga to’xtalish zarur.  

M

IKROSKOPLARNI YARATILISHI VA TAKOMILLASHISHI

 

Yaqin  vaqtlarga  qadar  birinchi  mikroskop  ko’z  oynak  oynalarini  silliqlovchi 



Gollandiyani  Middelburg  shaxridan  bo’lgan  Gans  va  Zahariy  Yansenlar  tomonidan 

yaratilgan  deb  kelingan  edi.  Bu  juda  ko’p  darsliklarga  kiritildi.  Ammo,  bu  ma’lumotlar, 

aftidan xato ekan.  

Birinchi  mikroskopni  Galiley  tomonidan  1609-1610  yillarda  avvalroq  (1608)  o’zi 

yasagan  “yer  durbini-teleskop”  asosida  ixtiro  etildi.  Bunday  mikroskop  uchun  linzalarni 

Galileyning  chizmasi  asosida  Batssi  tomonidan  silliqlandi.  Bu  murakkab  mikroskop 

ob’ektni  kattalashtirib  teskari  tasvirini  beruvchi  ob’ektivdan  va  okulyardan tashkil topgan 

edi.  


Galileyning birinchi mikroskopi uzun naychadan iborat bo’lib, u bilan ishlash ancha 

noqulay  edi.  Bu  mikroskop  ilmiy  ishlarda  qo’llanilmadi  va  yo’qolib  ketdi.  Тez  orada 

Gollandiyada  shunga o’xshash mikroskoplar ishlab chiqildi. 1617-1619 yillarda Angliyalik 

(millati  golland)  fizik  va  astrolog

1

  Kornelius  Drebbel  tomonidan  mikroskopning  yangi 



modeli ishlandi.  

Drebbel  mikroskopi  Galileynikidan  farq  qilib,  ob’ektiv  va  okulyarlarning  linzalari 

kabarik edi. Bu mikroskop ham ilmiy ishlarda qo’llanilmasada, keyinchalik xuddi shunday 

tipdagi  mikroskoplar  keng  tarqaldi.  Drebbel  o’zining  kuyovi  Kuffler  bilan  bu “Murakkab 

mikroskopni” ko’p ishlab chiqara boshladilar va butun Yevropaga tarqaldi.  

1624  yilda  Galiley o’zining mikroskopini ancha takomillashtirib qayta ishladi va 30-

40 marta kattalashtirish xususiyatiga ega bo’lib qoldi.  

Italiyada  Angliyadagiga  nisbatan  mikroskopga  ko’proq  ahamiyat  berildi.  Galiley 

Rimdagi  o’zi  a’zo  bo’lgan  “O’tkir  zexnlilar  akademiyasi”ga  1624  yilda o’z mikroskopini 

sovg’a  qildi.  1625  yilda  akademiyaning  a’zosi  Stelluti  mikroskopda  qilingan  asalarilar 

organlarini  tuzilishi  xaqidagi  kuzatishlarini  e’lon  qildi.  Jumladan,  u  birinchi  bo’lib 

xashoratlarning ko’zini fasetali tuzilishini ochdi.  

Galileyni  mikroskopini  F.  Chezi  (1628)  ishlatib  poporotniklarni  sporangiylarini 

o’rgandi.  

“Mikroskop”  terminini  birinchi  bo’lib  Iogann  Faber  1625  yilda  ishlatdi.  Galileyni 

mayda predmetlarni ko’rish uchun ishlatadigan asbobini "mikroskop" deb atadi. Bu termin 

hozirgi vaqtgacha saqlanib kelmoqda.  

XVIII  asr  oxiriga  kelib  mikroskopni  faqat  usta  hunarmandlar  tomonidan  ishlab 

chiqarila boshlandi. Mikroskoplar industriyasining markazi London (Djon Keff ustaxonasi) 

bo’lib  qoldi.  Bu  mikroskoplar  yordamida xattoki 5 mk gacha bo’lgan ob’ektlarni ko’rish 

                                                                 

1

 Astrologiya  - yulduzlarga qarab odamlarning taqdirini aytib berish bilan shug`illanadigan fan. 

   

 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling