Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
6 mumkin buldi. Bu mikroskoplarda chetki nurlarni kesib turadigan halkali diafragmalar qo’llanildi. XVIII asrdayok juda ko’p yirik olimlar mikroskopik ishlarni murakkablashishini tushungan edilar. Bu xaqda Italiya tabiatshunosi Feliks Fontana shunday deydi: “Mikroskopda har kim ham ko’rishi mumkin, ammo ko’rgani xaqida faqat ba’zilargina fikrlay oladi”. Bu ajoyib fikr hozirgi kungacha o’zining aktualligini saqlab kelmoqda. Birinchi mikroskoplar Pyotr I tomonidan Rossiyaga keltirildi. U 1698 yilning may oyida Gollandiyaning Delfte shaxriga Levengukni oldiga boradi. Levenguk unga ilonbalikni kapilyarlarida konni aylanishini namoyish qildi. Pyotr1 mikroskopik ishlarga shunday qiziqib qoldiki, u mikroskop sotib olish bilan birga o’zi bilan Gollandiyadan A. Shepper degan taniqli oyna silliqlovchi ustani ham Rossiyaga olib keladi. Peterburg fanlar Akademiyasida maxsus ustaxona tashkil qilinib, deyarli 100 yil davomida kattalashtiradigan asboblar ishlab chiqarildi. Arxiv materiallarini ko’rsatishicha rus ustalari ota-bola Belyayevlar, Matveev, Remezov, Kulibinlar mustaqil ravishda o’zlari yangi takomillashgan mikroskoplarni 1726 yildan boshlab chiqara boshladilar. Keyinchalik mikroskoplarning yangi modellari ishlab chiqarildi va juda ko’p mutaxassisliklardagi olimlarning ish kuroli bo’lib qoldi. “XVII va XVIII-asrlarda mikroskop ilmiy tekshirish ishlarida kam qo’llanilgan. Birinchi bo’lib mikroskopni ilmiy tekshirish ishlarida Londondagi Kirollik jamiyati (Korelevskoye obhestvo) ning kotibi ko’p kirrali olim (fizik, astronom, geolog va biolog) Robert Guk qo’lladi. Fan tarixida uning 1665 yilda bosilib chiqqan "Mikrofotografiya yoki mikroskopda tekshirilgan mayda tanachalarni fiziologik tasviri" asari ma’lum”. Bu asarida Guk o’zi yasagan takomillashgan mikroskopni tasvirini va unda kilgan kuzatish natijalarini bayon kilgan. Guk o’z kuzatishlarini ma’lum bir maqsad va vazifa ko’ymagan holda olib bordi.
Guk boshqa predmetlar (kichkina ignani uchi, yupqa batist, siydikdagi qum, sovuqda yerda hosil bo’lgan shakllar, chumolilar va boshqalar) qatori o’simliklarni yupqa kesmalarini ham o’rgandi. U bu xaqdagi kuzatishlarini “Po’kakni sxematizmi yoki tuzilishi va boshqa shu kabi teshikli tanachalarni hujayra va teshiklari xaqida” deb nomlangan bobda bayon qildi. Guk ko’rsatdiki “Po’kakning moddalari xavo bilan to’lgan, bu xavo esa bir-biridan ajralib turuvchi mayda kutichalar yoki katakchalarga butunlay kamalgandir”. Guk bu bushlik hujayralarni asalari katakchalari bilan solishtiradi. Bu bilan hujayra ochilgani yo’q. Guk nomlagan “hujayra” termini ancha vaqtgacha o’simlik va hayvonlarni mikroskopik tuzilishlarini solishtirishga tuskinlik qildi. Guk uchun po’kakning mikroskopik tuzilishini tasvirlash, faqat uni mikroskopga bo’lgan qiziqishini vaqtinchalik bir epizodi edi holos. Ammo, uning ikkita zamondoshi mikroskopni o’simliklarning tuzilishini o’rganishga sistemali qo’lladilar. Ulardan biri M.Malpigi 1671 yili “O’simliklar anatomiyasi xaqidagi tasavvurlar”, 1672- 1675 yillarda “O’simliklar anatomiyasi” asarlarini bostirib chiqardi. 1671 yilda N.Gryu o’zining “O’simliklar anatomiyasining boshlanishi” asarini London Kirollik jamiyatiga takdim etdi. Malpigi va Gryular o’simliklarni mikroskopik tuzilishini o’rganib ularni turli qismlari uz tarkibida “pufakchalar yoki haltachalar” to’tishini aniqladilar. Gryu botaniqaga “to’qima” terminini kiritdi, ammo “hujayra” tushunchasi kabi bu ham hozirgi zamon ma’nosidan butunlay farqlanadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling