Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
7 A. Levenguk XVII-asrning to’rtinchi yirik mikroskopisti edi. Uning mutaxassisligi savdogar bo’lib, umrining deyarli 50 yilini mikroskop ostida mayda organizmlarni kuzatishga bag’ishladi va 1680 yilda London Qirollik jamiyati (Hozirgi fanlar akademiyasiga o’xshaydi) ga a’zo qilib saylandi. Levenguk uz kuzatishlarini 1696 yilda “Тabiat sirlari“ nomli asarda bayon qildi. U bir hujayrali organizmlarning boy olamini ochgan, hayvonlarning hujayralari – eritrotsitlar va spermatozoidlarni 1 ko’rgan birinchi olim bo’lgan. Lekin, Levenguk bu kuzatishlirini yetarlicha baholay olmadi va hayvonlarni hujayraviy tuzilishlari xaqida xulosa chiqarmadi. XVIII –asrda hayvon va odamning jinsiy hujayralari tekshirildi va murtakning boshlang’ich taraqqiyoti ozmi, ko’pmi bayon etildi. Gametalarning jinsiy ko’payishdagi ahamiyati umuman to’g’ri tushunilgan bo’lsada, tuxum hujayralari va spermalarning otalanish protsessidagi nisbiy roli ko’p tomonlama noaniq, ularning nozik tuzilishlari esa noma’lum bo’lib qoldi. Ko’pchilik olimlar, masalan, A.Levenguk Svammerdam, Malpigi, Galler va Bonnelar jinsiy ko’payishni moxiyatini yaxshi tushunmadilar. Ular jinsiy hujayralardan bulguvchi organizmning tula tashkil topgan mo’rtagi joylashgan bo’ladi deb, preformizm (preformare- avvaldan shakllangan) nazariyasini ilgari surdilar. Preformistlar ikki guruxga bo’linib, ulardan ba’zilari spermaning ichida (animalculare- animalkulistlar), qolganlari esa tuxum hujayraning ichida (obium- ovistlar) bulguvsi organizmning uni hamma organlari bilan tula tashkil topgan mayda Mo’rtagi joylashgan deb hisobladilar, binobarin bu bilan ular individual taraqqiyotni qism va organlar kattaligini ortib borishiga tenglashtirdilar. XVIII- asr o’rtalarida preformistlar orasida “Joylab qo’yish nazariyasi” tarqaldi. Bunga binoan eng birinchi urg’ochini tuxumdoniga u yaratilgan momentda barcha keyingi avlodlarini murtaklari joylab qo’yilgan bo’ladi. Hatto Italiya olimi Antonio Vallisneri (1661- 1730) Momo Havoning tuxumdonida o’tgan hozirgi yashayotgan va kelgusi avlodlarni hammasini tayyor murtaklari joylab qo’yilgan deb hisobladi. Bu nazariyaga qarshi o’laroq Epigenezning (epigenesis- keyin kelib chiqmoq) tarafdorlari fikricha butun qism va organlar embrional taraqqiyot protsessida yangidan kelib chiqadilar. Epigenez nazariyasining asoschisi va yirik namoyondasi Peterburg fanlar akademiyasining a’zosi Kaspar Fridrix Volf edi. U 1759 yilda 26 yoshida “ Kelib chiqish nazariyasi” nomli asar yozib dissertatsiya yoqladi. Volfning hayvonlarni embrional taraqqiyoti ustidagi ishlari, turlarning o’zgarmasligini ko’rsatuvchi dalillardan biri sifatida foydalanilgan preformizm nazariyasining asossizligini ishonarli qilib ko’rsatib berdi, Lekin K.Volfning ilmiy epigenez nazariyasi o’sha vaqtda rivojlanmay qolib ketdi. Тaxminan 50 yildan keyin 1828- yilda Peterburg fanlar akademiyasining akademigi Karl Maksimovich Ber o’zining “Хayvonlar taraqqiyoti tarixi” asari bilan epigenezni yanada rivojlantirdi. Ber sut emizuvchilar va odamning tuxumini ko’rgan, uni rivojlanishini o’rgangan birinchi olim. Peterburg fanlar akademiyasi Berning 50 yillik ilmiy faoliyatini nishonlab, maxsus medal ta’sis etib, unga quyidagi so’zlar yozib qo’yildi: tuxumdan boshlab u odamga odamni ko’rsatdi.
1 Odam spermatozoidini Levenguk rahbarligida ishlagan student Gamm 1675 yilda ochdi |
ma'muriyatiga murojaat qiling