Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

ochilishi  sitoplazmada  hujayraning  hayot  faoliyati  va  funksional  aktivligi  bilan  bog’lik 

bo’lgan muhim va turli-tuman protseslar bo’lib turishini ko’rsatdi. 

Hujayra  yadrosida  xromatinli  stuktura  topildi  (Flemning,  1880  y)  va  bayon  etildi. 

Bu  strukturalarni  ko’p-  hujayraliklarda,  ularning  hujayralarini  bo’linishida  yaxshi 

ko’rinadigan  xromosomlar  bilan  aloqasi  topildi.  Hujayralarda  xromosomlar  sonining 

doimiyligi va xromoso-malarni individualligi isbotlandi. 

Hujayraning mitotik bo’linishini ochilishi va to’la tekshirilishi (E. Strasburger 1878, 

V.  Flemning  1882)  uning  hamma  bosqichlarini  bayon  qilishga  mitotik  apparatni  hosil 

bo’lishini  va  xromosomalarni  qiz  hujayralar  orasida  tekis  tarqalishini  kuzatishga  imkon 

berdi. 

Huddi  shu  davrda  jinsiy  ko’payishning  sitologik  asoslari  tula  tekshirilgan  edi. 

Gomologik xromosoma-larning tarqalishi va gametalarda xromosomalarning sonini 2 marta 

kamayishi  bilan boradigan reduksion bo’linish - meyoz ning, hayvonlarda (O. Gertvig) va 

o’simliklarda  (E. Strasburger) otalanishning ochilishi irsiyatda yadroning rolini tushinishga 

imkon  berdi.  Mendel  qonunlarini  ikkinchi  marta  ochilishidan  keyin  tez  orada,  1901  yilda 

sitologiya  va  genetikani  ko’shilishidan  irsiyatning  xromosom    nazariyasi  va  sitogenetika 

tug’ildi. 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmi,  XX  asrning  boshida  hujayra  xaqidagi  ta’limotni 

rivojlanishiga  sitologlar  I.  D.  Chistyakov  (mitotik  bo’linishning davrlarini bayon qilish), I. 

N. Gorojankin (o’simliklarda otalanishning sitologik asoslarini o’rganish) va ayniksa, 1898 

yilda o’simliklarda ikkilanma otalanishni ochgan S. Т. Novashinlar katta xissa ko’shdilar.  

Hujayrani  o’rganishdagi  yutuklar  shunga  olib  keldiki,  tirik  organizmlarning  asosiy 

tuzilish  birligi  sifatida  hujayraga  biologlarning  dikkati  ko’proq  qaratildi.  Hujayralarning 

tuzilish  xususiyatlarida  va  funksiyalarida  biologiyaning  ko’p  fundamental  problemalarini 

yechishga  kalit  yotganligi  tobora  ayon  bula  bordi.  Shu  bilan  birga  hujayralarni  o’rganish 

o’zining  ham  metodik,  ham  nazariy  xususiy  problemalarini  tugdirdi.  Shularning  hammasi 

XIX  asrning  oxirida  sitologiyani  biologiyaning  mustaqil  bo’limi  bo’lib  ajralib  chiqishiga 

olib keldi. 

Sitologiyaning  rivojlanishi  hujayra  nazariyasining  asosiy  koidalarini  tuligicha 

tasdiqladi.  Hujayralarning  shakli  juda xilma-xil, ularning diametrlari millimetrning bir necha 

mingdan  bir  qismidan  to  bir  necha  santimetrgacha  bo’lishiga  karamasdan  hujayra 

xaqikatdan  ham  tirik  materiyaning  elementar  birligi  ekan.  U  uz  ichiga  mustaqil  yashash 

qobiliyatiga  ega  bo’lgan  mayda  birliklarni  olmaydi  va  hujayrani  maydalashga  qilingan  har 

xil  urinishlar  oxiri  hayotiy  protsesning  tuxtashiga  va  tirik  materiyaning  bo’linib  ketishiga 

olib keladi. Beistisno hamma hujayralarning ko’payishi bo’linish yo’li bilan bo’ladi. Yangi 

hujayralar har kachon oldingi yashayotganlardan kelib chiqadi.  

Hozirgi  vaqtda  hujayra  nazariyasining  faqat  bitta  koidasi  e’tirof  etilmay  qoldi. 

Viruslarning  ochilishi  ko’rsatdiki,  “hujayradan  tashqarida  hayot  yo’q”  deb takidlash xato 

ekan.  Viruslar  ham  hujayralar  kabi  ikki  asosiy  komponentlardan  –  nuklein  kislotasi  va 

oqsillardan  tashkil  topsa  ham,  viruslarning  va  hujayralarning  strukturalari  keskin  farq 

qiladiki  viruslarni  materiya  uyushmasining    hujayraviy  shakli  deb  bo’lmaydi.  Viruslar 

o’zlarining  shaxsiy  strukturalarining  komponentlarini-nuklein  kislotalari  va oqsillarni sintez 

qilish  qobiliyatlariga  ega  emaslar.  Ularni  ko’payishi  faqat  hujayraning  fermentativ 

sistemalarini  ishlatish  bilangina  mumkin.  Shuning  uchun  virus  tirik materiyaning elementar 




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling