Bob elektron darslik yaratishning nazariy
III. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
my sql va dasturlash tili php yordamida kompyuter arxitekturasi fanidan elektron darslik yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron darsliklar! Ular bizga nima beradi
- MEHNAT MUHOFAZASI Mikroiqlimning inson organizmiga ta`siri.
- Mikroiqlim ko`rsatkichlari.
- Xonani tanlash.
- Operatorning charchashini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar.
- Ish maromi.
- Monitorlar uchun himoya filtrlari va ularni tanlash.
- Inson organizmiga elektr tokining ta`siri.
III. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA SAMARADORLIGI. 3.1. Yoshlar tarbiyasida elektron darsliklarning o’rni.
Hozirgi kunda elektron qurilmalar o’quvchilarning kundalik hayotiga jadal suratlar bilan kirib bormoqda. Mobil telefon, noutbuk, internetdan foydalanish oddiy xolga aylandi.Mutaxassislarning fikricha insonning eshitish a’zolariga nisbatan ko’rish a’zolari yordamida besh marotaba ko’p ma’lumotlarni eslab qolish mumkin. Sababi eshitish a’zolariga qaraganda ko’rish a’zolaridan olinayotgan ma’lumotlar qayta kodlashtirilmay to’g’ridan to’g’ri inson xotirasiga o’tadi va saqlanadi. Elektron darslikning sifati o’qituvchining shaxsiy bilim saviyasi, ushbu fan uchun mualliflik uslubi, pedagogik, psixologik va metodik yondoshuviga bog’liq. Elektron darsliklar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo’ljallangan bo’lib, bilim oluvchilarga mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarini bosqichma — bosqich boyitish, mukamallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni o’quv adabiyotlardan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlaydi. Hozirgi kunga kelib yuqorida ko’tarilgan muammolarning ko’pgina qismi o’z echimini topmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi 242-sonli “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakaasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” gi va 2012 yil 26 sentyabrdagi, “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida“gi 278-sonli qarorlariga asosan oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bugungi kunda
61 tizimli ravishda yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
axborot texnologiyalari barcha sohaga kirib borgani kabi, ta’lim sohasida xam keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda darsliklarning yangi avlodi - elektron darsliklarni yaratish va ta’lim jarayonida qo’llash amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Elektron darsliklarning odatiy nashrlardan bir qancha afzalliklarga ega. Birinchidan ma’lumotlarni yangilash va tarqatish juda qulay. Ikkinchidan katta hajmdagi ma’lumotlarlar orasidan kerakli ma’lumotlarni izlash juda qisqa vaqt oralig’ida amalga oshiriladi. Elektron darsliklar masofa bilmaydi. Dunyoning istalgan chekkasidan turib ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Bugunki kunda elektron darslik yaratish va tatbiq etishda ularning bir necha turlari amaliyotda uchramoqda. Ularning eng ko’p tarqalgan turi bu veb sahifa ko’rishidir.
Quyida elektron darslikdan foydalanish yo’riqnomasini keltiraman ya’ni saytdan foydalanishni ko’rib chiqamiz:
3.2.1-rasm. Bosh oyna. 62 Quyida asosiy sahifaning pastki qismi ko’rsatilgan. Bunda chap qismida fanning bazi kerakli ma’lumotlari va foydali saytlar keltirilgan.
3.2.2-rasm. Asosiy sahifaning pastki ko’rinishi. Quyida Majmua bo’limi keltirilgan. Bunda o’qituvchilar tayyorlagan majmuaning elektron ko’rinishi keltirilgan.
3.2.3-rasm. Majmua oynasi. Qo’llanmalar oynasida fanga doir o’quv materiallar keltirilgan. Har bir meterialni ustiga chertsa qo’llanmaga kiradi.
63
3.2.4-rasm. Qo’llanmalar oynasi. Test oynasida talabalarni bilimlarini baxolash bo’yicha birinchi va ikkinchi oraliq savollari keltirilgan.
3.2.5-rasm. Test oynasi. 64 MEHNAT MUHOFAZASI Mikroiqlimning inson organizmiga ta`siri. Ishlab chiqarish binosining mikroiqlimi xodimga katta ta`sir ko`rsatadi. Tavsiya etish mazmundan mikroiqlimning ayrim o`lchamlarining chetga chiqishi mexnatga layoqatni sustlashtiradi, xodimning xissiyotini yomonlashtiradi va kasbiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Xavo xarorati. Past xarorat organizmning sovub ketishga hamda shamollash kasalliklari chiqishiga sabab bo`ladi. Yuqori xaroratda – organizm qizib ketadi, juda ko`p miqdorda terlaydi, mexnatga layoqat sustlashadi. Ishchi e`tibori sustlashib, baxtsiz xodisaga olib kelishi mumkin. Xavoning Yuqori namligi teri va o`pkaning ustki qismidan namlikning bug`lanishini qiyinlashtiradi va oxir – oqibatda organizmning termoregulyatsiyasi buzilishiga, inson
axvolining yomonlashuvi, mexnatga layoqatlilikning sustlashuviga olib keladi. Past namlikda (< 20%) – Yuqori nafas yo`llarining silliq pardalari qurib qolishi kuzatiladi. Xavo xarakati tezligi. Inson v k=0,15 m/sek.da xavo xarakatini seza boshlaydi. Xavo okimining xarakati uning xaroratiga bog`lik. 36 0 S > t da oqim insonga salqinlatuvchi ta`sir, 40 0 S < t da noqulay, yomon, salbiy ta`sir ko`rsatadi. Mikroiqlim ko`rsatkichlari. Mikroiqlim ishchi xududda ishchilarning doimiy va yoki vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi. Eng qulay sharoitlar – termoregulyatsiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik axvolini ta`minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta`sir qiluvchi mikroiqlim o`lchamlarining yig`indisi. Ular mexnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart – sharoit yaratadi va issik - qulay komfort sezuvchanlikni ta`minlaydi. Insonga uzoq muntazam ta`sir etishda termoregulyatsiya mexanizmlari- kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol
65 normallashuvchi o`zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o`lchamlari yigindisi yo`l qo`yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast yetmaydi yoki salomatlikning axvoliga zarar bo`lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o`zini yomon xis qilishi va mexnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi. Xonani tanlash.Xona keng, me`yorida yoritilgan va havosi oson almashtiriladigan bo`lishi kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy ta`sir etadi. Qorong`u xonada faqat ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir.Stolni shunday joylashtiring-ki, deraza oynasi qarshingizda bo`lmasin. Agar oyna yon tomonda bo`lsa, yana parda yoki jalyo`zi jonimizga oro kiritadi. Chang va issiqliq salomatlikka putur yetkazibgina qolmay, texnikaga ham yomon ta`sir o`tkazadi, shuning uchun xonaga konditsioner o`rnatgan ma`qul.
Zamonaviy avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda inson operatorning psihologiya va fiziologiyasi asosiy rolni egallaydi. Ishlab chiqarishda mehnat sharoitini yaxshilash va ilmiy asosda aniqlash, mehnatni to`g`ri ishlash maromini ta`minlash, mehnat tartibi va dam olishni tashkil qilish zarur. Displey bilan ishlaydigan EXM operatorlarida asosan, bosh og`rishi, bel, yelka, orqa og`rishi, ko`z charchashi kuzatiladi. Mehnat sharoitini yaxshilash chora-tadbirlar orasida eng asosiysi ishchining ish holati va ish maromidir. Ish holati. Ish holatini yaxshilashda operatorning ish o`rni asosiy ahamiyat kasb etadi. Ishchi stol qattiq. holda bo`lishi kerak, chunki kerakli paytda ekranni, klaviaturani, dokumentlarni siljitish imkonini bersin. Ishchi stoli va o`tirgichlar bir-biriga mutanosib bo`lishi kerak. O`tirgichni poldan balandligi 42-55 sm bo`ladi. Ishchi kreslo ish davomiyligiga qarab tanlanadi: uzoq vaqt davomida ishlansa -ogir, kattakon kreslo, qisqa vaqt davomida yengil kreslodan foydalansa bo`ladi, chunki ularni joyidan oson siljitiladi. Kresloning tag qismi 5 ta tayanchdan iborat bo`lishi zarur. O`tirgichlar qulay bo`lishi kerak, uning o`lchami 40x40 sm.kv. dan oshmasligi zarur (4.1-rasm).
66 Mehnat sharoitini yaxshilashni yana bir chora-tadbiri bu operatorning ish maromidir.
4.1-rasm Operator ish o`rniga qo`yilgan talab. Ish maromi. Displeylar bilan ishlaydigan operatorni ish maromini yo`lga qo`yish mexnat xavfsizligini va charchashni kamaytirishni oldini oladi. Ish kuni mobaynida ishchining ishlash qobiliyati birdan o`zining eng katta qiymatiga erisha olmaydi. Operatorning displey bilan ishlaganda ish maromi xar 2 soatda yarim soat dam olishi yoki 1 soatda 15 minut dam olib turishi lozim. Bu qisqa-qisqa dam olish ish qobiliyatini yaxshilash va charchashni oldini oladi. Bundan tashqari, operator va mashina o`rtasidagi masofa, shu masofaga binoan ekrandagi yozuvlarni kattaligi, ekran yorkinligi ham shular jumlasidandir. Ko`z va ekran oraligi 60-80 sm, kattaligi esa 3-4 mm, optimal kenglik va balandlik 3:4, belgi orasidagi masofa esa uning bo`yidan 15-20 % bo`lishi kerak (3.2.-rasm).
4.2.-rasm. Operatorning kompyuterda ishlash paytidagi talab. 67 Ish joyini rejalashda stolda joylashgan displey va klaviatura turishiga ko`ra qo`l holatini ham nazarda tutish kerak. Bitiruv malakaviy ishi tayyorlangan xonadagi EXM ning klaviaturasi ekrandan aloxida joylashgan bo`lib, ish joyi shartlariga muvofiq keladi. Operator ish o`rnida displey joylashtirilayotganda ko`z va boshning xarakati aniqlanadigan ko`rish maydoni ham ko`zda tutiladi. Operator o`z ish joyini shunday ta`minlashi kerakki, bunda ekran o`rtada, yozilayotgan dokument esa chap yonda yoki maxsus joylatirgichlarda turishi kerak. Klaviatura nisbatan tekis turadi, o`rta qatordagi klavishalar balandligi 2.5 - 5.0 sm . Klaviaturaning o`rta qismidan stol qirg`og`igacha bo`lgan masofa 16 sm. EXMlar ish davomida o`zidan turli rentgen nurlarini chiqaradi. Shuni xisobga olib, ishlash davomiyligini qisqartirish kerak, shuningdek, maxsus ximoya ekranlaridan foydalanish kerak. Mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida tashkiliy, gigienik, texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va ishchi-xizmatchilar orasida mehnat gigienasi norma, qoidalariga rioya etish bo`yicha tashviqot ishlari olib boriladi. Ishlab chiqarish sanitariyasi sanitariya-texnologik, tashkiliy tadbirlarni ifodalaydi va ishlab chiqarishda sog`lom mehnat sharoitlarini ta`minlaydi. Shu maqsadda ishchi-xizmatchilarning salomatligiga ta`sir qiluvchi texnologik jarayon va uskunalardagi kamchiliklarni yuqotish yo`llarini ishlab chiqardi. Buning uchun sanoat korxonalarida texnika taraqqiyoti yutuqlaridan unumli foydalanishni, jarayonlarni olisdan boshqarish va ishchilarni zararli muhitda ishlashlarining oldini olishni, uskunalarni, qurilmalarni ochiq maydonda joylashtirishni, xavo tarkibini tekshirib turishni, qo`l mehnatini talab qiladigan ishlarda imkoni boricha mexanizatsiya vositalari va zamonaviy uskunalarni qullashni, ximoya vositalaridan foydalanishni zarur deb xisoblaydi. Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta`minlashda ergonomikaning ham ahamiyati katta. Ergonomikada insonning mehnat faoliyati jarayonida qulay, xavfsiz sharoitlarni yaratishga, mehnat unumdorligini oshirishga bog`liq bo`lgan imkoniyatlar o`rganiladi. 68 Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog`liq bo`lgan uskuna, qurilmalar doirasida axborotni yetkazuvchi-ko`rsatuvchi moslama-mashina modeli bo`lsa, operator murakkab tizimda bo`lsa ham, boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Bu vazifani bajarish uchun shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, bu model o`z vaqtida mashinaga taalluqli ta`rifni berishi, natijada operator toliqmasdan, fikrlab va e`tibor bilan axborotni xatosiz qabul qilib qayta ishlashi lozim. Murakkab xisoblangan vazifani yechish operatorning xavfsizligiga, aniq sifatli ishlashiga, mehnat unumdorligiga, shuningdek insonning psixofiziologik imkoniyatlarini axborot modeliga mos bo`lishiga bog`liqdir. Biofizik moslik operatorning ish qobiliyatini, normadagi fiziologik holatini ta`minlaydigan atrof-muhitning yaratilishini ifodalaydi. Insonnning kuchi va energetik qobiliyati ma`lum chegaraga ega. Shuning uchun ish jarayonida boshqa- rish tizimida charchash maqsadga muvofiq bo`lmagan oqibatga olib kelishi mumkin. Energetik moslik esa operatorning optimal imkoniyatlari asosida talab qilinadigan kuch, sarflanadigan quvvat, xarakatning aniqligi va tezligi bilan mashinani boshqa- rilishidagi kelishuvni ifodalaydi. Fazoviy-antropometrik moslik inson tanasi o`lchami, tashqi fazoning ta`sirli imkoniyatlari, ish jarayonida operatorning vaziyati, gavdaning turishi xisobga olinishini ifodalaydi. Vazifaning to`gri xal qilinishida ish joyi xajmi, operator xarakatlanadigan masofa, balandlik, boshqaruv pultigacha bo`lgan oraliq va boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi. Bulardan tashqari insonning psixik faoliyati ham muhim o`rin tutadi. Insonning qobiliyati, samarali mehnat faoliyati uning psixik kuchlanish darajasiga bog`liq. Operator uchun normal sharoitdagi xis-tuyg`u va mehnat qilishi uchun ruxiy kuchlanish darajasi 40-60% dan oshmasligi ko`zda tutiladi, aks holda bu uning ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Ishlab chiqarish binolarini normadagi metereologik va sanitariya-gigiena sharoitlari bilan ta`minlashda, ish jarayonida zararli va zaxarli maxsulot- moddalarning miqdorini chegaralangan darajada bo`lishida, mehnat sharoitlarini 69 yanada sog`lomlashtirishda, mehnat unumdorligini va mehnat xavfsizligini oshirishda shamollatish katta ahamiyatga ega. Binodagi xavo almashinishi ma`lum mikdorda bo`lishi uchun devor, deraza, yopma va fonarlardagi darchalar ko`proq yoki kamroq ochilib, shamol yo`nalishiga qarab moslamalar yordamida boshqariladi. Qish vaqtida binodagi va tashqi xavo xaroratidagi farq katta bo`lganligi uchun, binodagi xavoni almashtirish kamroq talab qilinadi. Shuning uchun ham xavo beruvchi darchalarning yuzasi kamaytirilib, ular pol yuzasidan 5-6 metr balandlikda o`rnatiladi. Yoz faslida esa xavo oqimi 1,5-2 metr balandlikda uyushtirilsa yetarli. Binolarda, xonalarda shamollatish qurilmalari ish boshlanishidan 10-15 minut avval ishga tushirilib, ish tamom bo`lganidan 10-15 minut keyin tuxtatiladi. Sanitariya-gigiena talablariga mos keluvchi yana bir holat xonaning yoritilganlik darajasidir. To`g`ri va rejali yoritilgan xonalarda ish unumdorligi oshadi, toliqish kamayadi va korxonaning xavfsizligi ta`minlanadi. Yaxshi yoritilmagan xonalarda ishlayotgan operator yoki ishchi atrofda joylashtirilgan narsa va buyumlarni yaxshi ko`rmaydi, ishlab chiqarish sharoitiga moslasha olmaydi. Natijada ishchi mehnat faoliyatida ko`zning zo`riqishi vujudga keladi. Xaddan tashqari yoritilganlik ham ko`zga yomon ta`sir ko`rsatadi. Xonaning normal yoritilganligi 400 lyuks bo`lishi kerak. Yoruglik ishchining ish joyiga qaysi tarafdan tushayotganligi ham muhim. Yoritish tizimi turlarini tanlash asosan bajarilayotgan ishning texnologik jarayoniga, kategoriyasiga bog`liq. Ishchining mehnat faoliyatini yaxshilash uchun
yuqorida aytib
o`tganimizdek yoritilganlik, namlik, shamollatish kabi holatlarga e`tibor berish kerak.
Normal sharoitda xonaning namligi 60-70 % atrofida bo`lishi kerak. Xonadagi xavo almashinishini ham e`tiborga olsak, xar bir xonada ventilyator o`rnatilishi zarur.
70 Monitorlar uchun himoya filtrlari va ularni tanlash. Shunday qilib, monitor butunlay xalqaro standart MPR-2 (LOW radiation displeylari) talablarini qoniqtirganda ham, uni nurlanishda qo`shimcha himoya kerak bo`ladi. Bu to`g`risida takliflar juda ko`pdir. Amerikalik mutaxasislar, masalan, ekranda qo`l cho`zilgandagina bo`lgan masofada joylashishni maslaxat beriladi, qo`shni monitoralar 222,8 masofada joylashishi lozim. Eng effektli (foydali) vosita rivojlangan dunyoda tan olingan ekran qismi filtrlaridir. Monitorlar uchun himoya filtrlari quyidagi turlarda bo`ladi. Turli filtrlar- amalda elektromagnit nurlardan va statik elektrdan himoya qilmaydi, bundan tashqari sur`atning kontrastligini kamaytiradi. Lekin ular tashqi yorqinlikda va ekranni bikirlashidan himoya qiladi, bu ko`z uchun katta ahamiyatga egadir. Plenkali filtrlar statik elektrni to`smaydi past chastotali elektromagnit maydonidan deyarli ximoya qilmaydi, lekin sur`atni talbaning konrastligini orttiradi, ultrafiolet nurlanishlarni butunlay yutadi va rengen nurlarini kamytiradi. Yashindan faqat polerizatsiya plenkali filtrlar himoya qiladi. Eng taniqlisi Poloroid firmasining plenkali filtrlardir (SR 50): ularni ko`plari sur`atni kontrastligi va aniqliyligini oshiradi. Lekin haqiqatda shuni takidlash kerakki, polerizatsiya filtrlari poleefir simolalar ostida tayorlanadi. Bu material yuqori darajada mustaxkam emas va uzoqqa chidamaydi va tez fizik qorishish va tuzilishiga olib keladi.(Plenka Poloroid SR 50 filtrlarni universal ishlashini polerizatsiya filtrlari bilan chalkashtirib bo`lmaydi. Keyingi filtrlar ham statik va elektromagnit maydonlardan yomon himoya qilmaydi). Shisha filtrlar eng keng tarqalgandir. Ular bir necha modifikatsiyasida bo`ladi. 1. Oddiy shisha filtrlar, odatda osiyoda ishlab chiqilgan (Defender GL14 V, Optikal Class) o`zini effektivligi bilan ta’minlangan turli fil`trlarga tengdir. Ularni ko`plari sifat sertifikati va boshqa xujjatlar bilan ta`minlanmaydi. 71 2. Erga ulanish shisha filtrlar sezilarli darajada effektivdir: ular qisman statik zaryadni kamaytiradi, elektromagnit maydon, ul`trabinafsha nurlari kuchini kamaytiradi, sur`at kontrasitligini oshiradi. Bu filtlar juda avtomatlashgandir. 3. To`liq himoyani shishali filtrlar (Ergoster Xenium Vnus) – odatda, yuqori sifatli mahsulotdir, optik oyna asosida ko`p qatlamli maxsus o`qlamalar bilan tayyorlangan, o`zida polirizatsiya fil`trni ham mujassam etgan. Bu fil`trlar ultrafiolet nurlarini, statik maydonlarni bartaraf etadi ko`p darajada elektromagnit maydon va rentgen nurlanishlarini kamaytiradi. Suratda sakrashlar bo`lmaydi, suratni kontrastliligi oshadi, lekin bu filtrlar juda qimmatdir. 4.Rossiya federatsiyasida ishlab chiqilgan filtrlar shishali filtrlar (Glibol Shield va Dejended Ergon filtrlari) ular ham to`la himoya sinfiga mansub. O`zini xarakteristikasi bilan xorijiy filtr namunalardan qolishmaydi, 2-3 marotaba arzon, nisbatan yangi filtrlar ularni sifati ko`pgina texnik xulosalar va sertifikatlar bilan tasdiqlangan, ular mehnat printsipi past ITI testdan o`tkazilgan, shvetsil nurlanishdan himoya va ko`rsatkich vositalari ergonomikasi ITU dan ham sinovda o`tkazilgan rejim Davlat Standarti sertifikati va gigiena sertifikatiga ega.
izolyatsiya shikastlanishi natijasida mashina korpusi kuchlanish ostida qolib,odam unga tegib ketginida elektr toki uradi. Odam tanasi orqali o`tgan elektr toki termik, elektr va biologik ta`sir ko`rsatadi. Tokning termik ta`siri terining ayrim joylarini qo`yishida, qon tomirlari, qon, yurak, miya va boshqa a`zolarining yuqori xaroratgacha qizishida namoyon bo`ladi. Tokning elektr
ta`siri qon
va boshqa
organiq suyukliklarning parchalanishida namoyon bo`ladi. Oqibatda ularning fizik – kimyoviy tarkibi buziladi. Tokning biologik ta`siri organizmning tirik toqkimalari yallig`lanishi va asabiylashishda namoyon bo`ladi. 72 Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va o`pka mushaklari ixtiyorsiz ravishda tortishib qoladiyu, natijada organizmda xar – xil buzilishlar ro`y berishi, masalan, nafas olish va qon aylanish organlarining ishi buzilishi yoki xatto batamom to`xtab qolishi mumkin. Elektr toki ta`sirining bu turlari shikastlanishining ikki turini keltirib chiqaradi.Elektr toki shikastlanishi va elektr toki urishi. Elektr toki shikastlanishi bu, elektr toki yoyi ta`siri etishi natijasida organizmning ayrim joylaridagi to`qimalarning yaqqol shikastlanishidir. Elektr toki shikastlanishning quyidagi turlari bilan farqlanadi: elektr tokidan kuyish, elektr izlari, terining metallanishi va mexanik shikastlanishlar. Elektr izlari to`k ta`sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko`rinib turadigan kulrang yoki och sarik rangdagi dog`lardir. Izlar, tirnalishlar, kichik jaroxatlar kesiklar yoki latlar ko`rinishida bo`ladi. Terining shikastlangan qismi qadoq singari qattiqlashib qoladi. Terining matallanishi elektr yoyi ta`sirida erigan metall mayda zarrachalarning terining ustki qatlamiga kirib qolishidir. Bu xodisa, masalan, qisqa tovushlarda, kuchlanish ostida bo`lgan ajratgich va rubiliniklarni tarmoqdan uzatayotganda ro`y beradi. Mexanik shikastlanishlar odam orqali o`tayotgan tok ta`sirida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib qolishi oqibatida yuz beradi. Natijada teri, qon tomirlari va asab tuqimalari uzilishi, shuningdek bo`yinlar qichishi va xatto suyaklar sinishi mumkin. Elektr toki urishi deganda, organizm orqali elektr toki o`tganida tirik to`qimalarning asabiylashishi natijasida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda tortishib qolishi tushuniladi. Odam organizmi elektr tokining ta`siri qanday oqibatlarga olib kelishiga qarab, elektr toki urishining shartli ravishda quydagi to`rt darajaga ajratish mumkin: 1. Daraja odamning mushaklari tortishib qoladi, ammo u xushidan ketmaydi; 73 2 Daraja odamning mushaklari tortishib qoladi, u xushidan ketadi, lekin u nafas oladi, va yuragi ishlaydi; 3 Daraja odamning mushaklari tortishib, yuragining ishlashi yoki nafas olishi buziladi, (yoki ikkalasi baravar ro’y beradi); 4 Daraja klinik o’lim yuz beradi, ya’ni nafas olish va qon aylanishi to`xtaydi. Klinik o’lim xayot bilan o`lim o`rtasidagi holat bo`lib, yurak va o`pka ishlashdan to`xtagan vaqtidan boshlanadi.Klinik o’lim holatida bo`lgan odamda xech qanday xayot belgilari bo`lmaydi: u nafas olmaydi, yuragi ishlamaydi, og`riqni sezmaydi, ko`z qorachig`i kengayadi va yorug`likni sezmaydi.Ammo bu davr organizmida xayot xali butunlay so`nmagan bo`ladi, chunki uning tuqimalari darrov o`lmaydi va turli a`zolari xali ishlab turadi. Garchi bu jarayon endi juda sust, odatdagidan farqli ravishda kechsada, ammo eng kichik xayot faoliyati uchun hatarli bo`ladi. Birinchi navbatda kislorod yetishmasligiga juda sezgir bo`lgan bosh miya qobig`ining xujayralari o’la boshlaydi. Ong va taffakur ana shu xujayralarning faoliyatiga bog’liq. Shu sababli klinik o’limning davom etish vaqti yurakning ishlashi va nafas olish to`xtagan paytda to bosh miya xujayralari o`la boshlaydigan paytga qadar o`tadigan vaqt bilan aniqlanadi. Ko`p hollarda bu vaqt 4—6 minut, sog`lom kishilarda tasodifan elektr toki urishi natijasida o`lganda esa 7—8 minutni tashkil etadi. Biologik (xaqiqiy) o`limni qaytarib bo`lmaydi, xodisa bo`lib, bunda organizm xujayralari va to`qimalarida biologik jarayonlar to`xtaydi. Elektr toki ta`sirining oqibati qator omillar ; Odamdan o`tayotgan tok kuchi va uning ta`siri etib turishi vaqtiga o`tish yo`liga, tarmoq kuchlanishiga, odam tanasining qarshiligiga, tok turi va chastotasiga hamda organizmning o`ziga xos xususiyatlariga bog`lik. Elektr qurilmalarida qo`llaniladigan kuchlanishlar odamlarni shikastlash xavfi darajasiga ko`ra uch turga; past volt -12 va 42 V, o`rta - 42 dan 1000 V gacha hamda yuqori – 1000 dan ziyod kuchlanishlarga ajratiladi. Past voltli kuchlanish
74 shartli ravishda xavfsiz xisoblanadi, ammo muhitga bog`liq ravishda bunday kuchlanish ham xavf tug`dirishi mumkin. Odam tanasidan o`tuvchi tokning qiymati bosh omil bo`lib, shkastlanish oqibati unga bog`liqdir: tok qancha katta bo`lsa, uning ta`siri shuncha xavfli bo`ladi. Odam o`zi orqali o`tayotgan 50 Gts chastotali va nisbatan kichik 0,5-1,5 mAmper qiymatli tokni seza boshlaydi. Bu tok sezilarli tok deb ataladi. U odamni shikastlamaydi, shuning uchun xavfsiz xisoblanadi. Tok kuchi kattalashib borgani sari og`riqni sezish ortib boradi. 10—15mA /50 Gts li tok mushaklarning kuchli va juda og`riqli tarzda tortishib qolishiga olib keladi, odam bunday tortishishlarni yenga olmaydi, ya’ni tok o`tayotgan qismiga tegib turgan qo`lni tortib ololmaydi, simni o`zidan olib tashlay olmaydi va xuddi tok o`tkazuvchi qismiga yopishib kolgandek bo`ladi. Bunday tok qo`yib yubormaydigan tok deyiladi. mAmper-li tok to`g`ridan-to`g`ri yurak muskullariga ta`sir qilib uning to`xtab qolishiga yoki muskullarga ta`siri qilib uning to`xtab qolishiga yoki fibratsiyasiga sabab bo`ladi. Bunday sharoitda yurak nasos singari ishlay olmaydi. Natijada qon aylanishi to`xtaydi va organizm o`ladi. Odam tanasidagi xar xil to`qimalar elektr tokiga turlicha qarshilik ko`rsatadi. Masalan,teri, uning epidermis deb ataladigan tashqi qatlamlarining qalinligi 0,1 – 0,5 mm bo`ladi va asosan jonsiz qotib ketgan xujayralardan tashkil topadi. Bu qatlamning karshiligi katta, bo`lib odam tanasining umumiy qarshiligini belgilaydi.Odam tanasi ichki to`qimalarning qarshiligi ---- 300 --- 500 Om ni tashkil etadi. Odam tanasining qarshiligi 3000 dan 1000000 Om gacha o`zgarib turadi. Shikastlangan tananing qarshiligi eng past 300 --- 500 Om bo`ladi. Tok kattalashishi va uning tanadan o`tib turish vaqti ortishi bilan ter chiqishi ko`payishi va boshqa omillar tufayli tananing qarshiligi pasayadi. Qarshilikni xisoblashda odam tanasining o`rtacha qarshiligi 1000 Om ga teng qilib olinadi. Odamlarni elektr tokidan shikastlanishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
75 1. Kuchlanish ostida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketish, tok o`tkazuvchi qismlarda kuchlanish borligini bilmay qolganda yuz berishi mumkin.
2.Elektr qurilmasining odatdagi sharoitda kuchlanish ostida bo`lmaydigan, ammo tasodifan kuchlanish ostida qolgan matall qismlariga tegib ketganda. 3.Odam turgan yer Qadam kuchlanishining paydo bo`lish. Bu hol simning yerga tutashib qolishi, potentsial chiqib ketishi, ximoyalovchi yerga ulash uskunisining, nollash simning buzilganligi va boshqa sabablar tufayli yuz beradi. Odamning tok zanjiriga ulanib qolish sxemasi turlicha bo`lishi mumkin: odatda ikki fazaga tegib ketish; va bir fazaga tegib ketish.
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling