Bob elektron darslik yaratishning nazariy
Elektron darslik strukturasi
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
my sql va dasturlash tili php yordamida kompyuter arxitekturasi fanidan elektron darslik yaratish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-modul. Ma’lumotnoma 2-modul. Foydalanuvchilarni ro’yxatga olish 3-modul.
- 9-modul. Belgi o’rnatish va belgiga o’tish moduli 5-modul. Mavzuni bayon qilish
- Ichki qism dasturga o’tish moduli 10-modul. Sozlash moduli
- 1.4. Elektron darsliklar yaratish texnologiyasi.
- O’quv qo’llanma
- Kompyuterlashtirilgan tushuntirish
- Elektron o’quv qo’llanma
- II. LOYIHA QISM 2.1. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari.
- Elektron darsliklar yaratuvchi dasturlar sohasidagi yangiliklar.
- Elektron darslik yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalari.
- Multimedia vositalari.
- Gipermatn va gipermedia vositalari.
- Dasturiy mahsulotni yaratish harajatlari
Elektron darslik strukturasi. Misol uchun umumta’lim maktablari 9 sinfi uchun Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan yaratilgan elektron darslik strukturasi quyidagicha: quyidagi sxemada: - strelkaning ikkala tarafidagi modullar bir-birini ishga tushiradi; - strelkaning boshidagi modul oxiridagi modulni ishga tushirishi mumkin, teskarisi mumkin emas; - strelkaning boshidagi modul oxiridagi modulni ishga tushiradi va 2-chi modul ishi yakunlagach boshqaruv yana 1-chi modulga o’tadi.
20
1.2.1- sxema. Elektron darsliklarning sxemasi. 1.3. Elektron darsliklarning afzalligi va kamchiliklari.
Bundan yigirma yil oldin elektron darsliklar haqida tasavvurga ham ega emasdik. Bugun esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti bois elektron darsliklardan foydalanish imkoniyatiga egamiz. O‘z navbatida, u bilan bog‘liq muammolarni ham yechishga harakat qilyapmiz. Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron
21 taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar: grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;
muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni shakllantirish;
o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish. Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib borish, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma'lum bir mavzuga mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi. Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti ikki turdagi ta'sirdan iborat. Birinchisi — o‘qitishning ma'lum bosqichida o‘quvchiga shu bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollar. Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish. Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bog‘liq ravishda beriladi. Amaliy tahlillar ta'lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv jarayonida interfaol didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Interfaol o‘yinlar ma'lum bir kasbiy sifatlarga va malakaga ega bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini shakllantirish maqsadida kelajakda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Aynan didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlarni yaratish elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchilik dasturiy-texnik va metodik qiyinchiliklar bilan bog‘liq.
22 Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil ta'lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio
va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi. Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda. Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: matnning elektron versiyasi; kitobning gipermatnli elektron versiyasi; grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik; animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik; animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud darsliklar. Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin. Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron darsliklarning an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish mumkin:
23 1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli. 2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati. 3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi. 4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi. Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin: multimedia ma'lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida axborotlarni taqdim etish;
qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish; olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish; tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro interaktiv va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi. Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim etishi bilan farqlanadi, xolos.
Axborot asrida insoniyat tarixida sanoat va fan olamida olamshumul yutuqlar qo’lga kiritildi. Dunyoda axborot eng qimmat narsaga aylandi. Kompyuter ixtiro qilinishi insonlar bajaradigan yumushlarni yengillashishiga olib keldi. Fan, ta’lim sohalarida o’qitish o’rganishning zamonaviy vositalari joriy qilindi. Ushbu vositalarni biri va deyarli eng ko’p qo’llaniladigani bu elektron darsliklardir. Hozirda deyarli barcha sohaga barcha sohaning elektron qo’llanmalari mavjud. Lekin hammasini ham foydali deya olmaymiz. Ma’lumot undan insonlar foydalangandagina foydali bo’lishi mumkin. Shunday ekan elektron darsliklar tayyorlashda ham Ushbu jihatga e’tibor qaratish zarur bo’ladi. 24 Elektron dasrliklar yatuvchi dasturlarning nomlari har xil, lekin ularni boshqarilish tamoyillari deyarli bir xil bo’ladi. Ularning ba’zilari qo’shimcha imkoniyatlari mavjudligi va ularda darslik tayyorlash qulayligi bilan farqlanadi. Dastlab elektron darsliklar o’ta sodda ko’rinishga ega bo’lgan bo’lsa endilikda turli inson ruhiyatiga ta’sir etadigan tasviriy vositalar bilan boyimoqda. Bunday vositalarga turli animatsiya va video fayllarni kitish mumkin. Dastlab bu imkoniyatlar mavjud bo’lmagan. Vaqt o’tishi bilan Flash, 3D Max dasturlarini ishlab chiqilishi elektron darsliklar tayyorlashni yanada mazmundorroq va foydalanuvchiga mazmuni tushinarliroq bo’lishiga olib keldi. Bularning barchasi axborotlarni elektron usulda tezkor almashish va o’zlashtirish imkonini beradi. Elektron darsliklar iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi. Buning uchun tayyorlangan ma’lumotlar foydalanuvchiga kerakli bo’lishligi ahamiyatlidir. Dunyoda axborot ko’payib keganidan keraklilarini tanlab olish muammo bo’lib bormoqda. Ana shu holatlardan qochish maqsadida ko’plab nufuzli muassalar o’zlarining elektron darsliklarini imkon qadar asosiy va talaba o’zlashtirishi muhim bo’lgan ma’lumotlar bilan boyitmoqda. Albatta bu jarayonda elektron darsliklar yaratuvchi dasturlarning o’rni ahamiyatlidir. Vaqt o’tishi bilan bunday dasturlarning imkoniyatlari kengaygan ko’rinishdagilari amaliyotda qo’llanilmoqda. Bunday dasturlar bozorida arzon bo’lgan, foydalanish uchun qulay va sifatli elektron darslik tayyorlovchi dasturlar turli ko’rinishlarni olmoqda. Elektron o’quv qo’llanma arxitekturasi kompyuterlashtirilgan axborot texnologiyalarini egallashga qaratilgan sa'i xarakatdir. Taqdim etilgan ma'lumotlar yangi shaklda, elektron o’quv qo’llanma da tasvirlanadi. Elektron o’quv qo’llanmaning birinchi shakli matnli ko’rinishida ishlab chiqildi. Hozirda esa uning ko’rinishi mukamal holga etib keldi. Elektron o’quv qo’llanmaga hozirda matn, ovoz, musiqa, video va boshqa axborot texnologiyalari imkoniyatlari qo’shib borilmoqda. U televizion va radio uzatish imkoniyatiga ega. Multimedia o’quvchi va o’qituvchilarning ekran dizayniga bo’lgan bog’liqligini kamaytirdi. Hozirgi kunda ma'lumotlar foydalanuvchilarga yangi imkoniyatlar bilan etkazib berilmoqda. Shu bilan bir qatorda turli muammolar, bog’liqliklar, masalan, axborot
25 manbalari etishmaydigan, maxsus bilimlarning egallashning qiyinligi masalasi ko’ndalang turadi. Bu muammoning echimini zamonaviy elektron o’quv qo’llanmalar ko’rsatib berdi. Zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyoti strategiyasi ma'lumotdan bilimga o’tish yo’nalishini belgilaydi. Kompyuter dasturlari bilimlarni tashish vazifasini bajaradi degan fikr, faqat ma'lumot yoki uning shakli, belgilangan butunlik bilan ta'minlanadi. Darhaqiqat, birinchi elektron o’quv qo’llanmada algoritmlash amalga oshirilib, muallif butun o’qitishni shakllantirishga erishdi. Bu elektron o’quv qo’llanma evolyutsiyasiga multimedianing taraqqiyoti sabab bo’ldi. Ammo aynan u foydalanuvchilar axborot resurslarining kelajagini belgilaydi. Eng yaxshi elektron o’quv qo’llanmalarda chuqur ma'no, yana metodik va pand — nasihat darajasi strategiya va algoritmiga ega.
hisoblanadi. U foydalanuvchilar manbalari, boshqa elektron o’quv qo’llanma, insoniyat yaralishi, davlat, nashriy va etkazib beruvchilarning madaniyatini belgilab beradi. Tan olish kerak, o’qituvchi, o’quvchi, ona — ona, sinfdosh yuzasidan insoniyat yaralishi maktab ta'limi uchun ma'lumot echimini bajaradi. O’rta maktab darajasida yuqori obro’li shaxs vazifasini o’qituvchi bajarishini tan olish kerak. Qanday zamonaviy elektron o’quv qo’llanma bo’lmasin, agar u, ota — onalar yig’ilishida o’qituvchi tomonidan tavsiya etilmasa, o’quvchiga bu o’quv qo’llanmadan hech qanday qo’shimcha imkoniyatlar etib bormaydi. Kamchiligi, o’qituvchi o’quvchini, ota — onalar va o’quvchilarning o’zlari ham savdo tarmoqlari yoki INTERNETga kirib qolishlariga sababchi bo’lshlari mumkin. Bugungi kunda jiddiy nashriyotlar chetlatilib, elektron o’quv qo’llanmaga qaratilgan, lekin
sotilishi mumkin
bo’lgan, o’qitishga mo’ljallangan ma'lumotlardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Yagona mo’ljal narx va tijoriy reklama, do’st va tanishlar maslahatlaridan iborat. O’qituvchi biladiki elektron o’quv qo’llanma kichik uy kompyuterlariga ham mos bo’lib u tarmoqsiz ishlashi ham mumkinligini hisobga olib o’quvchilarga mustaqil o’qishlarni uyga berishi ham mumkin bo’ldi. 26 Asosiy shakllar. Elektron o’quv qo’llanma yaratish muallifning talanti va ustaligiga bog’liq bo’lib, har qanday murakkab tizimlarni yaratish imkoniyatini beradi. U albatta yaxshi jihozlangan va elementlari tartibli joylashgan bo’lishi kerak.
Test. Tashqaridan qaraganda u oddiy elektron o’quv qo’llanmaga o’xshaydi. Asosiy qiyinchilikni savollarni yig’ish va shakllantirish, savollarga javoblarni moslashtirish tashkil etadi. Yaxshi testdan bilim ob'ektiv kartinasini, fikrlash va fan, belgilangan predmet sohasini egallashda foydalaniladi. Xuddi to’g’ri qo’yilgan tashxis salomatlikning birinchi qadami sanalganidek, ob'ektiv testdan o’tkazish bilim cho’qqisiga erishishning optimal yo’lini belgilaydi. Entsiklopediya. Bu elektron o’quv qo’llanmaning ombor ko’rinishidir. Tuzilish sathida entsiklopediya atamasi ma'lumot, elektron o’quv qo’llanmada markazlashtirilishi tushunchasini beradi.
axborotlarni va yana foydalanuvchilar uchun bosma xujjatlar yig’indisi. Elektron nashrdan elektron tashuvchilar - magnitli (magnit tasma, magnit disk), optik (CD- ROM, DVD, CD-R) va yana kompyuter tarmoqlaridan foydanish mumkin. Elektron o’quv nashr - ilmiy malakaviy bilimlar maydonida tizimlashtirilgan materiallarda tashkil topgan bo’lib, bu maydonda o’quvchi, studentlarning bilimlarini faol ravishda o’stirib borish ta'minlanadi.Elektron o’quv qo’llanma yuqori darajada foydalanish va badiiy ko’rgazmaga mo’ljallangan bo’lib, to’liq axborot, metodik ko’rsatmalar sifati, texnik foydalanish sifati, aniqlik, mantiqiylikka ega. O’quv qo’llanma - o’quv nashri, o’quv tartiblari tizimi yoki uning bo’limi, qismi.
Elektron o’quv qo’llanma - asosiy elektron o’quv qo’llanma yuqori metodik va ilmiy darajada yaratiladi. U elektron ko’rinishda bo’lib, bunda ilmiy teznika rivoji va yuqori sifat mavjud.
ko’rinishi. U daraxt ko’rinishida bo’ladi. 27 Kompyuterlashtirilgan tushuntirish - tushuntirish turi, aniqlik va ravshanlikdan fodalanish, savollarga induktiv aqllilik va shakllantirilgan tushunchalar yo’li bilan “ha” yoki “yo’q” tipidagi javoblardir.
bajariladi, kompyutersiz qabul qilib bo’lmaydi va shuning bilan yuqori tezlik va hisoblash talab qilinadi.
Elektron o’quv qo’llanmaga ta'rif. Zamonaviy ta'lim taraqqiyoti shunday imkoniyatlarga yaratilgan kompyuter paketlaridan tashkil topishi mumkin, uyda shaxsiy kompyuterlarda, mustaqil ishlash uchun jihozlangan oliygohlarda, kompyuter sinflarida, yotoqxonalarda, maxsuslashtirilgan malakaviy auditoriyalarda foydalanishimiz mumkin. Elektron o’quv qo’llanma — o’quv adabiyotining yangi janri. Elektron o’quv qo’llanma (hatto eng zo’r) kitob shakliga almashtirish shart ham, kerak ham emas. Ekranlashtirilgan o’quv adabiyotining bu janri mutloqo yangidir. Kitobni xuddi film tomosha qilgandek tushunish mumkin. Bu janrni yangilash ham oson, ham qulay bo’lib, qidirish tizimiga ega. U o’zida boy ma'lumotlar video, kartinka, ma'lumotnomalar, matnlar joy olgan. Elektron o’quv qo’llanma maksimal darajada tushunish va tushuntirilishga ega bo’lishi, inson miyasi, ongiga nafaqat eshitish balki ko’rish orqali etib borishi, kompyuter tushuntirishidan foydalanish kerak.Tashkil qiluvchi matnlar hajmi chegaralangan bo’lishi kerak. 28 II. LOYIHA QISM 2.1. Elektron darslik yaratuvchi dasturlar xarakteristikalari. Elektron darslik bu mavjud o’quv qo’llanma, darsliknining undan foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus dasturiy vositalar yordamida ixcham holatga keltirilgan ma’lumotlar to’plamidan iborat. Elektron darslik tayyorlashda taqdim etilayotgan ma’lumotlar undan foydalanuvchilarga qulay, qiziqarli va kerakli bo’lishligi ahamiyatlidir. Hozirgi kunda elektron darsliklarni bir necha xil tayyorlash usullari mavjud. Ko’pchilik holatlarda tayyorlanayotgan elektron darslik ma’lumotlari dastlab HTML sahifalari ko’rinishiga o’tkaziladi. HTML tili imkoniyatlaridan foydalanib ham elektron darslik tayyorlash mumkin. Bu sohaning hozirda imkoniyatlari kengaygan. HTML sahifalari tayyorlovchi va ularga bezak berish imkonini beruvchi maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlarga misol sifatida Microsoft FrontPage, Dreamweaver dasturlarini keltirish mumkin. Bu dasturiy vositalar yordamida osonlik bilan elektron darsliklar tayyorlash va tahrirlash imkoniyatlari mavjud. Lekin bularda ma’lumotlar .html yoki .htm kengaytmali ko’rinishda saqlanadi va elektron darslik tarkibidagi ma’lumotlar ko’p bo’ladigan bo’lsa uni ma’lumot tashuvchi kompyuter qurilma (fleshka) larga ko’chirish yoki ko’chirib olish ko’p vaqt talab etadi. Bu esa doim ham hushlanavermaydi. Anashu holatlardan qochish uchun maxsus dasturiy vositalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular yordamida mavjud HTML tilida tayyorlangan elektron darsliklarni osonlik bilan exe yoki chm kengaytmali fayllar holatiga keltirish mumkin. Bunday elektron darsliklar foydalanishga qulayligi va yuqoridagi kamchliklardan holiligi bilan oddiy HTML ma’lumotlar to’plamidan iborat bo’lgan elektron darsliklardan afzal hisoblanadi. Bu elektron darslikning afzalligi uning hajmini oddiy HTML hujjatlari papkasidan iborat elektron darslik hajmidan kichikligidir. Bunday elektron darsliklarni ko’chirish yoki ko’chirib olish oson va
29 qisqa vaqt talab etadi. Butun bir-biriga bog’langan HTML ma’lumotlar bitta exe yoki chm fayli holatiga keltiriladi. Bunday elektron darslik tayyorlovchi dasturlar orasida SbookBuilder va htm2chm dasturlari o’ziga xos mavqega ega. Quyida anashu dasturlar imkoniyalari bilan tanishib chiqamiz. Elektron darsliklar yaratuvchi dasturlar sohasidagi yangiliklar. Biz yuqorida ikki turdagi, ya’ni exe va chm ko’rinishda elektron darsliklar tayyorlovchi dasturlar imkoniyatlari bilan tanishib chiqdik. Ushbu dasturlar bilan ishlash jarayonida sodda elektron darslik tayyorlash bosqichlariga to’htalib o’tildi. Axborot asrida insoniyat tarixida sanoat va fan olamida olamshumul yutuqlar qo’lga kiritildi. Dunyoda axborot eng qimmat narsaga aylandi. Kompyuter ixtiro qilinishi insonlar bajaradigan yumushlarni yengillashishiga olib keldi. Fan, ta’lim sohalarida o’qitish o’rganishning zamonaviy vositalari joriy qilindi. Endilikda elektron darslikarning bu sohadagi ahamiyati yanada oshmoqda. Dastlab elektron darsliklar oddiy matn ko’rinishida bo’lsa hozirda turli tasviriy ko’rinishlarini ham o’zida mujassamlashtirmoqda. Bizga ma’lumki inson axborotni ko’rganda uni oddiy eshitib yoki o’qigandan ko’ra ko’proq eslab qoladi. Anashu taraflarni hisobga olgan holda elektron darslik tayyorlash uni yashash davrini uzoq bo’lishiga olib kelish mumkin. Turli animatsiya tayyorlovchi dasturlar ishlab chiqilishi elektron darslik tayyorlash sohasida ham sifatli bo’lgan elektron darsliklar tayyorlashga olib keldi. Endilikda elektron darslik yaratuvchi dasturlar yordamida Flash, 3D Max va boshqa turdagi animatsiyalarni, turli video va audio fayllarni elektron darslik tarkibida qo’llash imkoniyatlari paydo bo’ldi. Bu imkoniyatlardan qay darajada qulay foydalanish elektron darslik tayyorlovchining mahorati va psixologik tomondan yondoshishiga bo’g’liq. Hozirda Internet tehnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Internet orqali ta’lim beruvchi maxsus repitiror va saytlar mavjuddir. Masofadan turib o’qish tehnologiyalari hayotga joriy qilinmoqda. Bu ta’lim oluvchilarga ancha
30 qulayliklar tug’dirmoqda. Bunda talabalar o’z yurtida turib boshqa davlatning oliygohlarida o’qishi va o’sha oliygoh diplomiga ega bo’lishi mumkin. Albatta but ta’lim jarayonida elektron darslikning ahamiyati kattadir. Chunki talaba doim ham Internetdan foydalana olmasligi mumkin. Ana shu paytda o’ziga oliygoh yoki boshqa biror ta’lim muassasi tomonidan berilgan elektron darslik va qo’llanmaklardan foydalanishga to’g’ri keladi. AQSH va ko’plab G’arb davlatlarida bu sohaga jiddiy e’tibor qaratilgan. O’zbekiston sharoitida ham ta’lim sohasida elektron darsliklar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tabiq etishning chora va tadbirlari ishlab chiqilgan. Elektron darslik yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalari. Zamonaviy axborot texnologiyalarining tez surhatlar bilan rivojlanishi va hayotga kirib borishi, elektron darsliklar, ya’ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi ta’limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga mos qilib, tubdan isloh qilish eng ustivor vazifalardan biri ekanligini belgilab berdi. Elektron darslik yaratish vositalarini quyidagicha tasniflash mumkin: dasturlash algoritmik tillari; ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalar multimedia vositalari; gipermatn va gipermedia vositalari; Dasturlash algoritmik tillarida tuzilgan elektron darsliklarning xususiyatlari: - interfeysning xilma xilligi (rang palitrasi, interfeys, ED strukturasi, materialning taqdim etilishi va h.k.); - yangilash va nazorat qilib borishning murakkabligi; - ko’p vaqt va mehnat sarfi; - mashina imkoniyatlariga mos ED yaratish imkonyati. Ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalar malakali dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilar uchun ED yaratishga xizmat qiladi. Bunday vositalar yordamida EDlarni loyihalash quyidagi imkoniyatlarni beradi:
31 ED strukturasini shakllantirish; matnni kiritish, tahrirlash va formatlash (matn tahrirlovchi); statik illyustrativ qismini tayyorlash (grafik tahrirlovchi); dinamik illyustrativ qismini tayyorlash (ovoz va animatsiya); boshqa vositalarni bajaruvchi modullarini kiritish va b. Ommaviy qo’llanishga mo’ljallangan instrumental vositalarning afzalliklari:
malakali dasturchi bo’lmagan foydalanuvchilar tomonidan ED yaratish imkoniyati; mehnat va vaqt sarfining qisqarishi; kompyuter va dasturiy ta’minot yuqori darajada talab qilinmasligi. Shu bilan birga bir qator kamchiliklarni ham aytib o’tish lozim: interfeysning qulaymasligi; multimedia va gipermedia tizimlariga nisbatan imkoniyatlarini kamligi; masofaviy o’qitish dasturini yaratish imkoniyati yo’qligi. Multimedia vositalari. Mutaxassislarning ta’kidlashicha materialni o’zlashtirish darajasi o’qiganda 10%, eshitganda 20%, ko’rsa va eshitsa 50%, boshqalar bilan muhokama qilganda 70%ni tashkil etadi. Demak, multimedia axborot uzatishni bir necha usullarini – matn, statik tasvir (rasm va surat), dinamik tasvir (multiplikatsiya va video) va ovoz (raqamli va MIDI) – interaktiv mahsulot sifatida birlashtiradi. Audio axborot nutq, musiqa, ovoz effektlaridan iborat. Video axborotning statik video qatorini ikki guruhga bo’lish mumkin: grafika (chizma tasvirlar) va foto suratlar. Dinamik video qator statik elementlardan yahni kadrlar ketma- ketligidan tashkil topgan. Multimedia mahsulotlarining boshqa axborot resurslaridan farqli jihati katta hajmda bo’lishidir. SHuning uchun xozirgi paytda bunday mahsulotlarning tashuvchisi 650 Mbayt hajmli CD-ROM optik disklardir. Gipermatn va gipermedia vositalari. Gipermatn – matn shaklidagi materialga chiziqli bo’lmagan o’tish usuli, matnda ba’zi jumlalar ajratilgan bo’lib 32 ular boshqa matn fragmentlariga bog’langan. SHunday qilib, foydalanuvchi nafaqat sahifalarni birin ketin ochishi mumkin balki yo’llovchi jumla yordamida boshqa sahifaga o’ta oladi. Gipermedia tizimida rasmlar yordamida o’tishni amalga oshirish mumkin, mahlumot sifatida matn, grafika, videotasvir yoki ovoz bo’lishi mumkin. Gipermatn texnologiyasi strukturasi oddiyligi va qo’llanishi qulayligi jihatlari bilan darsliklarga qo’yilgan talablarga javob beradi. Lekin, uning dizayni va shu kabi ba’zi jihatlarining kamchiliklari mavjud. Hozirgi paytda turli gipermatn formatlari mavjud, bular (HTML, DHTML, ‘H’ va b.). Elektron darslik seriyalab chiqariladigan dasturiy mahsulot hisoblanadi. Har bir dasturiy mahsulotning harajatlari bo’lganligi kabi elektron darslik yaratishda ham turli harajatlar mavjud. Harajatlar dasturning qiyinlik darajasi va qaysi sinfga mansubligiga bog’liq. Dasturiy mahsulotning ta xayot tsikli davomidagi asosiy harajatlari Sa quyidagi harajatlarni o’z ichiga oladi: Sya – tya vaqt davomida dasturni yaratishga ketgan jami harajatlar va dasturni yaratish davomida EHM qurilmalari va texnik tahminoti harajatlari; Se – te vaqt davomida dasturiy mahsulotni tarqatishda qo’llaniladigan dasturlarni ishlatishga va EHM qurilma vositalariga ketgan harajatlar; Sn – tn vaqt davomida dasturiy mahsulotni nazorat qilib borishga ketgan harajatlar, ularning butligi va nazorati, moderniztsiya va hatolarini tuzatish, ko’paytirish va h.k. Shunday qilib, SaqSyaQSeQSn.
bevosita loyihalash, dasturlash, foydalanuvchi talablari asosida hatolarni tuzatish va sinash - S1ya; dasturiy mahsulotning tajriba nushasini yaratish – S2ya; dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositalar va texnologiyalarni yaratish, qo’llash va tayyorlash - S3ya; dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtirishda foydalaniladigan EHM – S4ya; 33 mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish – S5ya harajatlaridan iborat. Asosiy harajatlar Syani tashkil etuvchilaridan S1ya va S2yalar dasturiy mahsulot yaratishning bevosita harajatlari, S3ya va S4yalar esa dasturiy mahsulot yaratish jarayonining (dasturiy va apparat)tahminoti harajatlari hisoblanadi. Dasturiy mahsulotlarni yaratishga ketgan bevosita harajatlar - S1ya, dasturiy mahsulot hayot tsiklining asosiy tashkil etuvchisidir. Bevosita harajatlarni dastur hajmi(Dx)ning mexnat unumdorligi(M)ga nisbati va mehnat sarfining o’zgarish koeffitsient(sij)lari ko’paytmasi ko’rinishida keltirish mumkin. Dasturiy mahsulotning tajriba nushasini yaratish harajatlari – S2ya, tashuvchi (disk)lar, nusaha olish va dastur komponentlarini yig’ish(S2ya1) harajatlari; hujjatlarning to’liq komplektini ishlab chiqish(S2ya2) harajatlaridan iborat. Dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtiruvchi dasturiy vositalar va texnologiyalar harajatlari - S3ya, dasturni yaratishni avtomatlashtirish tizimi va
texnologiyasini yaratish(S3ya1) harajatlari, avtomatlashtirish vositalari va texnologiyasini o’zlashtirish va joriy etish(S3ya2) harajatlari, dasturiy mahsulot yaratish davomida avtomatlashtirilgan dastur yaratish tizimidan foydalanish(S3ya3) harajatlaridan iborat: S3yaqS3ya1QS3ya2QS3ya3. Dasturiy mahsulot yaratishni avtomatlashtirishda foydalaniladigan EHM harajatlari – S4ya, EHM sotib olish va o’rnatish, dasturiy mahsulot yaratish davomida(tya) EHMdan foydalanish harajatlarini o’z ichiga oladi: S4yaqa4tya, bu yerda a4-mashina vaqtining narhi. Dasturiy mahsulotni yaratishga ketgan jami harajatlarni aniqlashning yana bir usuli: Sq(1Qq){∑ TiLkn.iWi[(1QKk)(1QKu)QKkx]QTmb×e} bu yerda Ti – 1-darajali dasturchining dasturni yaratishga sarf qilgan vaqti, odamG’kun; Lkn.i – 1-darajali dasturchining ish haqi, so’m.G’kun; Wi – 1-darajali dasturchilar soni; Kq – qo’shimcha ish haqi koeffitsienti;
34 Ku – ish haqiga ustiga qo’shilgan mablag’ koeffitsienti; Kqh – qo’shimcha harajatlar koeffitsienti; q –rentabellik normasi, dasturni tayyorlayotgan korxonaning daromadi; Tmb – mashina vaqti, dasturni hatolarini tuzatishga ketgan, soat; e – ekspluatatsiya harajatlari, mashina vaqtining 1 soatiga ketgan harajat, so’m. Ekspluatatsiya harajatlari amortizatsiya (Ma) va elektrquvvati (Mel) harajatlaridan iborat. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi. Biz bu maqolada shu vazifalardan biriga, yahni zamonav_iy axborot texnologiyalarining multimedia vositalaridan foydalangan holda tahlim berishning yangi bosqichiga, elektron darsliklarni tahlim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga va ularni yaratish harajatlarini aniqlash texnologiyalariga to’htalib o’tdik. 2.2. WEB dasturlash tili asoslari. PHP dasturlash tilini vujudga kelishi. PHP –o’z nomini etarlicha tanitib ulgurgan, dasturlash tili xisoblanadi. Gap shundaki, boshlanishda bu uncha qiyin bulmagan shaxsiy WEB –saxifalarini yaratish uchun mo’ljallangan oddiy makroslar to’plamidan iborat bo’lgan bo’lib, PHP-personal home page (shaxsiy uy saxifasi) so’zlarining qisqartmasidan iborat. Vaqt o’tishi bilan makroslar to’plami mukammal dasturlash tiliga aylanib zamonaviy ma’lumotlar bazasi bilan ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo’lgan WEB tarmoq sahifalarini yaratuvchi tilga aylandi. Tilning imkoniyatlari kengaygani sari uning
ommaviyligi ham
o’sib bormoqda. Netcraft ( http://www.netcraft.com ) kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra 1999 yil noyabr oyida RNR texnologiyasi Web tarmoqlarining bir milliondan ortig’idan foydalanilgan 2000 yil 1400000 taga etgan.
35 RNRning 1-versiyasi Rasmus Lerdorf (Rasmus Lerdorf) ismli programmist tomonidan yaratilgan bo’lib, Web sahifalarini yaratishni engillashtirish uchun makroslar to’plamidan iborat bo’lgan. Tez orada u foydalanuvchilar nazariga tusha boshladi, hamda tezlik bilan takomillashib, ommalashib bordi. 1997 yildan bu til ustida programistlar guruxi ish olib boradi. Mexnatlarning samarasida esa PHP3 keyingi versiya yaratildi. Bu PHP ning takomillashgan va zamonaviy versiya bo’lib, unda matnlarining qayta ishlashning yangi usullari yaratildi va bu usullar Zib Zuraski va endi Gutians (Zeev, Surasky, Andi Ceutmans) ismli progromistlar tomonidan yaratildi. Shuningdek tilning sintaksisida biroz o’zgarishlar kiritilib, yangi funktsiyalarqo’shildi. Yangi vertsiya shu davrda sarver uchun dasturldash tillarining eng zo’ri xisoblanib, juda ham ez ommalashib ketdi. MySQL ma’lumotlar bazasi va Apache serveri bilan ishlash uchun PHP ning imkoniyatlari yanada kengayib bordi. Apeche serveri hozirgi kunda dunyodagi eng keng tarqalgan Web -server xisoblanadi va PHP tili Apache serveri uchun modul ko’rinishida qo’llanilishi mumkin. MySQL - bu zamonaviy ma’lumotlar bazasi bo’lib pulsiz (tekin) tarqatiladi, shuning uchun ham PHP ning barcha funktsiyalari shu bazaga bog’langan. Tan oligsh lozimki Apeche, MySQL va PHP larning o’zaro bir-biri bilan bog’liq ravishda ishlashi o’rtadagi raqobatga barham beradi. Bu esa PHP boshqa MBSI bilan ishlamaydi degani emas. Bu texnologiya juda MBSI va Web serverlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. WEB saxifalarni va tarmoqni yaratish yo’llari o’zgarishi bilan PHP ham takomillasha bordi. 1990 -yil o’rtalariga kelib katta tarmoqlarda ham HTML da yozilgan yuzlab statik saxifalar ishlatilar edi. xozir esa jarayon o’zgarib bormoqda. WEB saxifalarini yaratuvchilar ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi WEB saxifalarni yaratish imkoniga ega bo’lib, foydalanuvchilarni qayta ishlash imkoniga ega bo’lgan WEB saxifalarni yaratmoqdalar. Ma’lumotlarni saqlash va ma’lumotlarga murojat qilish uchun ma’lumotlar bazasidan foydalanish yanada aktuallashib, mobil telefonlar, raqamli televideniya
36 va hokazolar. Turli xil qurilmalarda ma’lumotlarni uzatishda sifatni o’sishiga erishishmoqda. Bu fikrlar asosida aytish mumkinki, kelgusida PHP tili yanada takomillashib o’zining o’ta yuqori darajadagi dasturlash tili ekanligini namoyon qiladi. PHP tilini o’rganishga kirishishdan avval uning konfiguratsiyasini sozlash va o’rnatishni o’rganib olish lozim. PHP xar xil sistemalarda va ko’plab serverlarda ishlashi mumkin. Sistemalar, serverlar va ma’lumotlar bazalari. PHP turli xil sistemalarda ishlay oladi. U sistema Windows, Unix ning ko’plab versiyalari, shuningdek Linux va xatto Macintosh bo’lishi mumkin. PHP ko’plab tarmoq serverlarida, xususan Apache, Microsoft Internet Information Server, Web Site Pro, Iplanet Web Server va Microsoft Personal Web Server – larda ishlashi mumkin. Agar o’zimiz tuzgan dasturlarimizni Windows tizimida tekshirishni xoxlasak oxirgi sanab o’tilgan serverdan foydalanishimiz mumkin, xatto Apache serveri Windows sistemasi boshqaruvida ishlasa ham. PHP interpretatori yordamida dasturni aloxida mustaqil ko’rinishda kompilyasiya qilish mumkin. U xolda dasturni mustaqil ishga tushirish mumkin. PHP tilini yaratishda ma’lumotlar bazasi bilan bog’lanish talablarini aloxida e’tiborga olingan. Ko’plab ma’lumotlar bazalarini PHP da o’qish mumkin. Masalan bularga Adabas D, InternetBase, Golid, dBase, mSQL, Sybase, Empress, MySQL, Velosic, FilePro, Oracle, Unixdbm, Informix va xokazolarni keltirishimiz mumkin. Shuningdek, PHP ODBC standartini ham o’qiy oladi. Ushbu qo’llanmada esa biz Linux, Apahe va MySQL serverlar asosida fikr yuritamiz. Bu uchta dasturlar majmualari keng foydalanish mumkin bo’lgan. PHP ni kaerdan olish mumkin. PHP4 ni http://www.php.net tarmog’idan olish mumkin. Buning uchun esa, aloxida kredit kartochka talab kilinmaydi. PHP ni web-tarmog’i progromistlar uchun ajoyib manba xisoblanadi. http://www.php.net/manual adresida boshka progromistlarning izoxlari, fikrlash va tankidiy fikrlari keltirilgan ma’lumotlarni va ko’llanmalarni olish mumkin. Bu ko’llanmalarni turli xil formatlarda olish mumkin. 37 PHP dasturlash asoslari. Biz yuqorida PHP ni o’rnatish va o’rganish bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarni oldik. Endi esa, PHP da birinchi dasturimizni yaratishga xarakat kilamiz. PHP da dastur tuzish uchun HTML dagi kabi WEB- saxifa yaratishni bilishimiz lozim. Ushbu dasturda esa, quyidagilarni o’rganishga xarakat kilamiz: PHP-programmalarini yaratish, setverga nusxasini ko’chirish va ishga tushirish PHP komandalari va HTML matnini bitta xujjatga bog’lash Dastur matnini tushintirish uchun izox keltirish Birinchi dasturni yozamiz: PHP-dasturni tuzish uchun ixtiyoriy matn redaktorini ishga tushiramiz. PHP – dasturi HTML- xujjatlari kabi oddiy matndan tashkil topadi. Shuning uchun dasturni ixtiyoriy matn redaktorida, agar unix bo’lsa, VI-yoki Emacs da ham yozish mumkin. quyidagi dastur matnini kiritaylik va uni first.php deb saklaylik:
ushbu dastur kengaytmasi albatta .php bo’lishi shart. Agar dastur server emas, balki klent kompyuterida tuzilgan bo’lsa, dastur faylini serverga kiritish uchun FTP servisdan foydalanishga to’g’ri keladi. Agar dasturda xatoliklar mavjud bo’lmasa, u xolda natijani brauzer oynasida ko’rish mumkin.
2.2.1-rasm. Dasturni bajarilish natijasi. 38 Agar dasturda yoki uning kengaytmasida xatolik mavjud bo’lsa, brauzer oynasida dastur matnining o’zi namoyon bo’ladi.
Internet tarmog’i gipermatn hujjatlarga asoslangan gigant ma’lumotlar to’plamini o’z ichiga oladi. Har qanday gipermatn hujjat ANSI ASCII formatidagi oddiy fayldir. Bu fayllar o’z ichiga matn va uning o’lchami uchun teglar, boshqa shunday hujjatlar uchun murojaatlar, grafik tasvirlar va har qanday boshqa fayllar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Gipermatnni ko’rish uchun brouzer yuklanadi, barcha fayllar brouzerda maxsus HTML(Hyper Text MarkUp Language- Gipermatn o’lchamlarini o’rnatish tili) tili bilan birgalikda qayta ishlanadi. HTML tili tarixidan ba’zi ma’lumotlar. HTML tili ishlab chiqaruvchilari uning bir nechta versiyalarini ishlab chiqardilar. 1.0 va 2.0 versiyalar chiqarilgandan so’ng 1995 yilda 3.0 versiyaning qoralama varianti tayyorlandi. Bu 2.0 versiyaga anchagina qoshimchalar qoshilgan versiya edi. Asosiy brouzer ishlab chiqaruvchilar (Netscape va
Microsoft kompaniyalari) o’zlarining maxsus
HTML kengaytmalarini ishlab chiqdilar, bu kengaytmalar bir biriga tushmas edi. Hozirga vaqtda Netscape Novigator ning 6.0 va Microsoft Internet Explorer ning 5.5 versiyalar deyarli bir xil bo’lib, kengaytmalri orasida deyarli tafovut yo’q. Muvaffaqiyatsiz bo’lgan HTML ning 3.0 versiyasi 3.2 versiyaga almashtirildi. Bu versiyasni ishlab ciqarishda Netscape Communications Corporation, Microsoft, IBM, Novell, SoftQuad, Sun Microsystem va Spyglass kompaniyalari ishtirok etdilar. Hozirga kunda HTML ning yana bir 4.0 versiyasi ishlab chiqarilgan bo’lib o’zida ko’plab foydali kengaytmalarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki HTML tili hech qanday dasturlash tili emasdir. HTML- bu o’lchamlarni tipik tili, uning yordami bilan hujjatlarni bezash, murojaatlar hosil qilish mumkin lekin dastur tuziah emas. Hatto Web sahifalarda ko’radiganimiz maxsus harkatlar(effektlar)ni ham HTML da tuzilmaydi, bunday harakatlar qo’shimcha vositalar ,masalan JavaScript tilida tuziladi. HTMLda sahifa hosil qilish HTML sahifalar oddiy matn fayllardir, shuning uchun sahifa tayyorlashda Microsoft Notepad sodda matn redaktori o’zi yetarli. Sahifa tayyolash uchun Notepad dasturi ishga tushiriladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling