Bob elektron darslik yaratishning nazariy


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana27.06.2020
Hajmi1.97 Mb.
#122070
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
my sql va dasturlash tili php yordamida kompyuter arxitekturasi fanidan elektron darslik yaratish


Animatsiya.  Elektron  darslik  bosma  o’quv  materialini  barcha  tomonlarini 

saqlash va zamonaviy texnologiyalarni qo’llashga imkon beradi. Dinamik tasvirga 

statik  tasvirni  ko’z  oldiga  keltirish.  Animatsiya  bu  harakat  samarasini  joriy  etish 

jarayonidir. Animatsiya quyidagilarni taminlaydi: 

matn axborotini qismlab beradi; tasvir qismlarini so’zsiz harakatiing jarayoni; rasm 

harakati (so’zsiz); tarixiy janglar so’zsiz harakatini; fizik va kimyoviy jarayonlar; 

texnologik  jarayonlar  texnik  konstruktsiyalash;  tabiiy  hodisalar  jarayoni;  siyosiy 

hodisalar jarayoni; sotsial hodisalar jarayoni; 



49 

Animatsiya  usullari.  Tasviriy  ko’rgazmalilikni  joriy  etish  uchun  turli 

usullar ishlatiladi. Uslubiy tomonidan olsak, tasvir eskizini jihozlash va yaratishga 

oid usullarda to’xtalamiz. 

Animatsiya samarasini qo’llashda bir necha usullar bor: 

Ustma-ustlik usuli. Statik tasvirni tanlab, muallif uni bir tarkibiy qismga bo’ladi va 

ularni  bir  -  biriga  ustma-ust  kelish  tarkibini  belgilaydi.  Dinamik  tasvir  samarasi 

joriy  etiladi.  Bu  ob'ekt  xarakatlanmaydi,  lekin  yashaydi.  Bunday  tasvir  yig’ik  va 

obrazli  tarzda  qandaydir  qatorni  yoki  hodisa  ketma-ketligini  ta'riflash  uchun 

ishlatiladi.  Nazariy  materialni  qismlab  joriy  etish  usuli  sekinlik  bilan  jadval 

to’zishda  ishlatiladi.  Umumlashtirish  va  o’quv  materialni  tizimlashda  yordam 

beradi. 

Fazodagi  harakat  usuli.  Ustma-ustlik  usulidan  farqi  shundaki,  qadamlar 

ketma-ketligini  ta'riflaydi,  tasvir  uchun  tanlangan  ob'ekt  ekran  kenligida 

harakatlanadi. Ko’z oldi qatorini asosini rasmlar tashkil etadi, rasm reproduktsiya 

o’quv rasmlari va videoqismlar. 

Animatsiya  va  ranglilik  yaxshi  ta'sir  beradi.  O’quvchi  diqqatini  jamlovchi 

rangli  ekran  ko’zatish  diapazonini  chegaralaydi.  Kadrlar  o’zaro  bog’liq,  ketma-

ketlikda beriladi, mustaqil va avtonom. Ayrim kadrlar imzosi yo’q, ularni ulash va 

qo’shish  imkoniyati  bor,  har  xil  tarzda  beriladi,  bir  tasvir  orqali  turli  uslub 

qo’llanadi.  Qismlarni  tanlash  imkoniyati  nazariy  o’quv  materialni  tanlash 

imkoniyati nazariy o’quv materialni tushuntirishda qulay. Masalan, 3 rasmli kadr 

berildi, bir abzats mazmunini tasvirlovchi. Bu abzatsni o’qishda ketma-ket 3 rasmli 

kadr  chiqariladi.  O’quv  materialni  o’rganish  jarayonida  tasvir  sifatida  animatsiya 

kadrlardan  muammoli  savollar  uzatib,  solishtirish  jad-vallari  tuziladi.  Tasvirlar 

sharxlar bilan ko’zatiladi. 

Ta'lim jarayoni uchun elektron darsliklar yaratishning nazariy asoslari. 

Respublikada  elektron  o’quv  adabiyotlaridan  foydalanishga  mo’ljallangan 

axborot  texnologiyalari  vositalarini  rivojlantirish,  shuningdek,  masofadan  turib 

o’qitishni  tashkil  etish  bo’yicha  salmoqli  ishlar  olib  borilmoqda.  Elektron 



50 

adabiyotlar  yaratishning  ilmiy-uslubiy  tomonlari  ko’pgina  olimlar  tomonidan 

tadqiq etilmoqda. 

2006  yildan  e'tiboran,  elektron  o’quv  adabiyotlaridan  foydalanishning 

uchinchi  bosqichi  boshlanganiga  qaramay  ta'lim  muassasalari  uchun  elektron 

darslikni yaratish va ularni o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash bo’yicha ishlar ancha 

sust  ketmoqda.  Bu  esa,  elektron  darslik  yaratish  uslubiyoti,  uning  tuzilishi,  o’z 

ichiga oladigan komponentlariniig aniq bir tizimga solinmaganligi bilan bog’liq. 

Elektron  o’quv  adabiyotlarining  uchinchi  ya'ni  o’quv  jarayonida  keng 

foydalanish  bosqichiga  o’tishda,  o’quv  adabiyotlarining  yangi  avlodini  ishlab 

chiqish  va  ta'lim  muassasalarini  ta'minlashni  jadallashtirish  hozirgi  kunning 

dolzarb  vazifalaridandir.  Bu  borada  fanlardan  elektron  darslikni  yaratish  muhim 

masala  hisoblanadi.  Shu  o’rinda,  darslik  atamasiga  ta'rif  berib  o’tsak  maqsadga 

muvofiq bo’lar edi. 

Darslik  -  Davlat  ta'lim  standarti,  o’quv  dasturi,  uslubiyati  va  didaktik 

talablari  asosida  belgilangan,  milliy  istiqol  qoyasi  singdirilgai,  muayyan  o’quv 

fanining  mavzulari  to’liq  yoritilgan,  tegishli  fan  asoslarini  mukammal 

o’zlashtirilishiga  qaratilgan  hamda  turdosh  ta'lim  yo’nalishdarida  foydalanish 

imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta'kidlaymiz. 

Elektron  darslik  esa,  kompyuter  texnologiyasiga  asoslangin  o’quv  uslubini 

qo’llashga,  mustaqil  ta'lim  olishga  hamda  fanga  oid  o’quv  materiallar,  ilmiy 

ma'lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib, 

quyidgi shakllarda ifodalanadi: 

-  o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida; 

-  o’quv materiallari verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida; 

-  multimedia (multimedia —turli xil aborot) qo’llanmalar, yani ma'lumot uch 

o’lchamli  grafik  ko’rinishida,  ovozli,  video,  animatsiya  va  qisman  verbal 

(matn) shaklida; 

-  taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o’quvchi (talaba, tinglovchi)ni 

«ekran  olamida»  stereonusxasi  tasvirlangan  qaqiqiy  olamga  kirishi  va 

undagi ob'ektlarga nisbatan qarakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda. 


51 

Yangi  asr  ta'limini  rivojlanish  tendentsiyasi  -  axborot  texnologiyalarini 

o’quv-tarbiya  jarayoniga  keng  qo’llash  va  tarqatishdan  iborat.  Bu  yo’nalishda 

asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o’z ichiga olgan bilimlar omborini 

yaratish bilan belgilanadi. Yangi axborot texnologiyalarining ta'lim tizimiga tatbiq 

etilishi  an'anaviy  o’qitish  jarayonidan  o’quvchining  o’zi  ta'lim  jarayonining 

borishini aniqlaydigan yangi jarayonga o’tishini ta'minlaydi. 

Elektron  darsliklardan  foydalangan  holda  tashkil  etilgan  o’qitish 

texnologiyasi kelajakda ta'lim tizimida keskin o’zgarish qilishga qodir. Ko’pchilik 

iqtidorli  o’quvchilar  o’zlarining  qobiliyati  va  qiziqishiga  mos  ravishda  mustaqil 

bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ta'limning bunday tizimida maktab va oliy 

ta'lim o’qituvchilari bilimlarini o’quvchilarga etkazishda anchagina qiyinchiliklarni 

engishga  to’qri  keladi.  Hozirgi  kunda  ta'lim  muassasalarining  hammasida  ham 

kompyuterli ta'lim etarlicha yo’lga qo’yilmagan. 

Elektron darslikni yaratish borasida anchagina ishlar qilinayotgan bo’lsa-da, 

hali  darsliklarga  oddiy  kutubxonaning  kitoblariga  ega  bo’lishdek  ochiq  tizim 

mavjud  emas.  Ta'lim  tizimining  rivojlanishi  bilan  bunday  kamchiliklar  asta-sekin 

yo’qolib  boradi.  Elektron  darsliklarni  yaratish  juda  murakkab  jarayondir.  Ta'lim 

texnologiyasi  qo’llaniladigan  o’quv  jarayoni  markazida  o’quvchi,  texnologiya 

qo’llanish  mazmunida  o’quvchilarning  mustaqil  ta'lim  olish  qobiliyatini 

rivojlantirish  hamda  o’quv  faoliyati  asosida  o’qituvchi  bilan  o’quvchining 

hamkorligi yotadi. 

Elektron  darslik  abstrakt  mavjudotlar  uchun  emas,  balki  shaxs  bilan 

ishlashga  mo’ljallangan.  O’quvchi  o’zining  qobiliyati,  fanga  qiziqishi  va  uning 

tayyorgarlik  darajasiga  qarab  ta'lim  usulini  tanlashi  kerak.  Elektron  darslik 

o’quvchining  bilim  olishini  vaqt  bo’yicha  chegaralamaydi.  Shuning  uchun  ham 

o’quv materialini o’zlashtirish vaqti o’quvchining hoxishiga ko’ra qisqarishi yoki 

uzayishi mumkin. 

Elektron  darslik  o’quvchilarga  axborotni  o’qish,  ma'ruzalarni  eshitish, 

amaliy  va  laboratoriya  mashg’ulotlariga  mo’ljallangan  vazifalarii  bajarish,  o’z 

bilimlarini tekshirish va, zarur hollarda, ularni to’ldirish, o’z-o’zini nazorat qilish 


52 

kabi  bilim  shakllarini  tavsiya  etishi  mumkin.  Elektron  darslik  o’z  ichiga 

trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun vazifalar, testlarni olishi 

va  bir  vaqtda  o’zida  bilim  berish  va  o’quvchilarning  o’zlashtirish  darajalarini 

aniqlash dasturiy ta'minotiga ega bo’lishi kerak. 

Boshqacha qilib aytganda, u kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi 

taqdimot  qilishni  tashkil  etuvchi,  olingan  bilimlarni  mustahkamlashga 

mo’ljallangan mashqlar, o’quvchilarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini 

beradigan  testlar  kabi  uchta  komponent  bo’lishini  talab  etadi.  Kompyuterga 

mo’ljallangan darslik: 

-  bir zumda teskari aloqani ta'minlashi; 

-  zarur 

axborotni 

tezlikda 

topishga 

yordam 


berishi; 

gipermatnli 

tushuntirishlarga ko’p marta murojaat qilishda vaqtni tejashi; 

-  ekranga  matnni  to’g’ridan-to’g’ri  chiqaribgina  qolmay,  balki  multimedia 

texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilishi va modellashtirishi; 

-  aniq  bir  bo’lim  bo’yicha  o’quvchilarning  o’zlashtirish  darajalariga  mos 

ravishda bilimni baholay olish imkoniyatini yaratish; 

-  zarur  o’quv  axborotlarini  yangilash  imkoniyatining  mavjudligi  bilan 

an'anaviy darsliklardan tubdan farq qiladi; 

-  elektron darslik, shuningdek, o’quv materiallarini ilmiy va ko’rgazmali qilib 

tasvirlash; 

-  tahliliy-sintetik imkoniyati; 

-  axborotni  to’la,  tizimli  va  mantiqiy  ketma-ketlikda  tasvirlash,  o’quv 

materialini bir tizimda berish va faollashtirish kabi muammoli

-  o’quv materialini o’zlashtirilishining mustahkamligi; 

-  ta'limni differentsiallashgan va individuallashtirilganligi; 

-  moslanuvchanligi va emotsional ta'sirchanligi kabi psihologo- pedagogik; 

-  to’la  didaktik  ta'lim  davriyliligi,  ta'limning  interfaolligi,  teskari  aloqa,  o’z-

o’zini boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek, 

auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil faoliyat jarayonida darslik 

bilan ishlash imkoniyati; ishlashda qulaylik


53 

-  katta  xajmdagi  axborotni  saqlashning  osonligi  va  o’quv  adabiyoti  bilan 

ishlash uchun zarur maxsus texnik jixozlarning (masalan, kompyuterlarning) 

mavjudligi kabi tashkiliy- texnologiik imkoniyatlar bo’lishini taqozo etadi. 

Nashr  etilgan  o’quv  materiallarining  yuqorida  sanalgan  didaktik 

imkoniyatlari an'anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va o’quv 

qo’llanmalar tajribada qiuoslab ko’ilganda, eng ko’zga ko’ringan belgilarni oxirgi 

tur (multimediali) o’quv qo’llanmalarida mavjud ekanligi tasdiqlangan. 

Xulosa  qilib  aytganda,  ta'lim  muassasalarining  o’quv-tarbiya  jarayonida 

foydalanish  uchun  mo’ljallangan  elektron  darsliklar  quyidagi  xususiyatlarga  ega 

bo’lmog’i lozim: 

-  predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga egaligi; 

-  o’quv  predmetining  tuzilishidagi  elementlariga  gipermatnli,  namoyishli, 

audio- va videoizoxdarga asosiy mavzularning mos kelishi; 

-  matn  va  namoyish  qilish  bilan  bir  qatorda,  darslikning  asosiy  bo’limlari 

bo’yicha  o’qituvchilarning  o’quv  materiallarining  video-yoki  audioyozuvli 

bayonlarini berilishi; 

-  rasm,  model  va  sxemalarni  tezlikda  tushuntirish  tizimiga  ega  bo’lishi  va 

bunda gipergrafikadan foydalanilishi; 

-  ko’p oynalik interfeysning qo’llanilishi; 

-  matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga mo’ljallangan gipermatn 

tizimining mavjudligi; 

-  matn  bilan  tushuntirish  kiyin  bo’lgan  predmetning  boblari  kushimcha 

videoaxborot va animatsiyali kliplar bilan ta'minlanishi; 

-  audioaxborotlar musika bilan olib borilishi

-  o’quvchilar  sinf  va  sinfdan  tashqarida  bajarishi  kerak  bo’lgan  vazifa  va 

mashqlarning, shuningdek, ularning javoblarining berilishi; 

-  asosiy  tushuncha  va  modullarning  izoxli  lug’atining  mavjudligi  bilan 

an'anaviy darsliklardan farq qilishi kerak. 

Elektron darslikning har bir bo’limidan so’ng o’quv materialini mustahkamlash 

uchun savollar berilishi maqsadga muvofiq. 


54 

Ta'lim  muassasalari  ta’lim  jarayonida  elektron  darsliklardan  foydalanish 

orqali o’quv-tarbiya jarayoni jadallashadi. 

O’quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari qatoriga: 

-  bir maqsadga yo’naltirilganlikni ko’tarish; 

-  o’quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish; 

-  o’quv mazmunining axborot xajmini kengaytirish; 

-  o’quvchilarning o’quv-bilish xarakatini faollashtirish; 

-  o’quvchilarning o’quv-amaliy darajasini tezlashtirishlarni kiritish mumkin. 

Yuqorida bayon qilinganlar asosida elektron darsliklarni yaratish jarayonida 

quyidagi  jihatlarga  e’tiborni  qaratish  lozim:  o’quv  axborotlarini  notekis  va  ko’p 

darajali tarzda taqdim etish; o’quvchining mustaqil va yakka tartibda bilim olishiga 

yo’naltirilganligi;  o’quvchining  ruhiy  faoliyatini  hisobga  olish:  kuzatish,  fikrlash 

va amaliy faoliyatlarini rivojlanish xususiyatlarini integratsiyalashdir. 

Elektron  darslik  -  kompyuter  texnologiyalariga  asoslangan  ta'lim 

metodlaridan foydalanishga mo’ljallangan o’qitish vositasi bo’lib, undan mustaqil 

ta'lim  olishda  va  o’quv  materiallarini  har  tomonlama  samarali  o’zlashtirishda 

foydalanish  mumkin.  Elektron  darslikda  fanning  o’quv  materiallari  o’quvchiga 

interfaol  usullar  bilan  etkazilib,  psihologik  va  pedagogik  jihatlar,  zamonaviy 

axborot  texnologiyalari,  audio  va  videoanimatsiyalar  imkoniyatlaridan  o’rinli 

foydalaniladi. 

Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo’lishi zarur: 

1. O’rgatuvchi qism - gipermatnga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan 

iborat. 


2. Mashq qildiruvchi  -  xatolarni  ko’rsatib  beruvchi va  to’g’ri  xulosaga  olib 

keluvchi kism. 

3. Nazorat qiluvchi - testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi. 

Bundan  ko’rinib  turibdiki,  elektron  darsliklarning  imkoniyatlari  an'anaviy 

darsliklarga  nisbatan  ancha  keng.  Shuningdek,  elektron  darslik  quyidagi  asosiy 

xususiyatlarga ega: 



55 

-  ta'limni,  o’quv  mashg’ulotlarini  yuqori  sifatli  darajada  olib  borilishi 

ta'minlanadi; 

-  mustaqil ta'lim olish va egallangan bilimlarni  mustaqil baholash imkoniyati 

yaratiladi; 

-  ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarning xamoxangligi ta'minlanadi; 

-  axborot-ta'lim  ashyolarini  rivojlantirish  xususiyatining  xamoxangligi 

ta'minlanadi; 

-  matn  va  boshqa  axborot  materiallarini  maxsus  navigatsiya  (gipermatn)  va 

illyustratsiya  (multimedia  vositalari,  rasmlar,  diagrammalar  va  jadvallar) 

yo’li bilan taqdim etiladi. 

Elektron  darsliklar,  kompyuter  texnologiyalaridan  foydalaigan  holda  eng 

muhim  tushuncha  va  qonuniyatlarni  tushunish  hamda  yodda  saqlashni  maksimal 

darajada engillashtiradi. Elektron darsliklarning quyidagi ko’rinishlari mavjud: 

Foydalanish maqsadlariga ko’ra: jamoa bo’lib va yakkama-yakka foydalaniladigan 

elektron  darsliklar.  Jamoa  bo’lib  foydalaniladigan  elektron  darsliklar 

kompyuterning  katta  tizim  ashyolarini  talab  qilmaydigan  bo’lishi  kerak,  chunki 

ular  server  kompyuterga  joylashtiriladi,  ulardan  kompyuter  tarmoqlari 

(INTERNET  yoki  INTRANET)  orqali  foydalanish  mumkin.  Yakkama-yakka 

foydalaniladigan elektron darsliklar o’quv materiallarini o’qituvchining ishtirokisiz 

o’rganishga  mo’ljallangan.  Elektron  darsliklarning  bu  ikki  turidan  auditoriya 

mashg’ulotlarida ham foydalanish mumkin. 

O’quv  materiallarini  taqdim  etish  bo’yicha:  tartibli  va  ixtiyoriy.  Tartibli 

elektron  darsliklar  ma'lum  bir  bo’limga  oid  bo’lgan  o’quv  materiallarini 

o’zlashtirmasdan keyingi bo’limga o’tishga imkoniyat bermaydi. 

O’quv materiallarini va axborotlarni yangilash bo’yicha: uzluksiz va davriy 

yangilanuvchi.  Uzluksiz  ravishda  yangilanadigan  elektron  darsliklar  odatda, 

elektron  o’quv  bazalariga  (portallar,  Web-saytlar  va  boshqalar)  va  elektron 

kutubxonalarga  joylashtiriladi.  Davriy  yangilanadigan  elektron  darsliklar  asosan 

elektron axborot tashuvchi (disketa, CD-disk va boshqa)lar bilan taqdim etiladi. 

Elektron darsliklar quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak: 


56 

To’liqlik  tamoyili:  o’quv  materiallarining  asosiy  mazmunini  qamrab  olgan 

har  bir  modul  o’zida  quyidagilarni  mujassamlashtirgan  bo’lishi  kerak: 

gipermurojaatga  ega  kalit  so’zlar;  nazariy  yadro;  nazariya  bo’yicha  nazorat 

savollari;  namunalar;  mustaqil  echish  uchun  masalalar;  modul  bo’yicha  nazorat 

savollari (javoblari bilan). 

Birinchi  bosqich  modulida  quyidagilar  bo’lishi  maqsadga  muvofiq 

hisoblanadi: testlar; nazorat ishi; yordamchi ma'lumotnoma (Help); tahlillar. 

Ko’rgazmalilik  tamoyili:  elektron  darsliklar  modullari,  matn  va 

vizuallashtirilgan 

materiallarning 

ma'lum 


nisbatini 

sachragan 

holda, 

illyustratsiyalar va kadrlar jamlanmasidan iborat bo’lishi zarur. 



Tarmoqlanish  tamoyili:  har  bir  modul  boshqa  modullar  bilan  gipermatnli 

murojaatlar  orqali  shunday  bog’langan  bo’lishi  kerakki,  foydalanuvchi  ixtiyoriy 

paytda  bir  moduldan  boshqasiga  o’ta  olishi  mumkin  bo’lsin.  Tarmoqlanish 

tamoyili  predmetni  ketma-ket  o’rganishni  amalga  oshirishni  rad  qilmay,  balki 

uning tavsiya qilingan o’tishlarini mavjud, deb hisoblaydi. 

Erkin  boshqarish  tamoyili:  o’quvchilar  kompyuter  ekranidagi  kadrlar 

almashishini  mustaqil  boshqarishlari,  zarur  materiallarni  istalgan  miqdorda 

ekranga chiqarishlari va nazorat topshiriqlarini bajarish orqali bilimlarini mustaqil 

sinash imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak. 

Moslashuvchanlik tamoyili: elektron darsliklar o’quv jarayonida ma'lum bir 

foydalanuvchining  ehxtiyojlariga  moslashuvini  ta'minlashi,  o’rganilayotgan 

materialning  murakkabligini  va  chuqurligini,  uning  amaliy  yo’naltirilganligini 

o’zgartirish, foydalanuvchining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qo’shimcha illyustrativ 

materiallarni  shakllantirish  imkoniyatlarini  ko’zda  tutishi  maqsadga  muvofiq 

bo’ladi. 

Kompyuterni  qo’llash  tamoyili:  o’quv  materiallarining  moxiyatidan  kelib 

chikib,  o’quvchi  istalgan  vaqtda  kompyuterdan  foydalanish  imkoniyatiga  ega 

bo’lishi  kerak.  Bunday  foydalanish  uzundan-uzok  hisoblashlarni  amalga 

oshirishda,  turli  grafiklarni  chizishda  va  olingan  natijalarni  istalgan  bosqichda 

tekshirishda ayniqsa muhimdir. 



57 

Egiluvchailik  tamoyili:  elektron  darsliklarni  shunday  dasturlashtirish 

kerakki, ularni umumiy elektron majmualarga yig’ish (joylashtirish), kengaytirish 

va yangi bo’lim hamda mavzular bilan to’ldirish, shuningdek, alohida predmetlar 

bo’yicha  elektron  kutubxona  (masalan,  OTM  kafedralarida)  yoki  talaba  (yoki 

o’qituvchi, ilmiy tadqiqotchi)ning shahsiy elektron kutubxonasini shakllantirishda 

ulardan  osongina  foydalanish  mumkin  bo’lsin,  boshqacha  qilib  aytganda, 

yuqoridagilarni bajarish imkoniyatini beradigan formatda bo’lishi kerak. 

Elektron darslik ishlab chiqishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 

manbalarni tanlash, mualliflar bilan qayta ishlash xuquqi bo’yicha shartnomalarni 

tuzish, mundarija va tushuncha (indeks)larning ro’yxatini ishlab chiqish,  modulda 

matnlarni  bo’limlar  bo’yicha  qayta  ishlash  va  Help  (yordam)  yaratish,  elektron 

shaklda  gipermatnni  loyihalash,  kompyuterli  qo’llab-quvvatlashini  ishlab  chiqish, 

materialni  multimediaga  singdirish  uchun  saralash,  materialni  multimediali  ishlab 

chiqish, ovozni ta'minlashni amalga oshirish, materialni ko’rinish (illyustratsiyalar, 

rasmlar  va  boshqalarni  quyishga)ga  tayyorlash,  materialning  ko’rinishini  amalga 

oshirish. 

Elektron  darsliklarni  ishlab  chiqish  bosqichlarida  quyidagi  uslubiy 

maslahatlardan foydalanish foydadan holi bo’lmaydi: 

Elektron  darslik  ishlab  chiqishning  birinchi  bosqichida  manba  sifatida 

standart dasturga mos keladigan, gipermatnlar yaratish uchun qulay bo’lgan, katta 

sondagi misol va masalalarga ega, shuningdek, qulay format (yig’ilish tamoyili)da 

chop etilgan va elektron nashrlardan tanlangani maqsadga muvofiq. 

Shartnoma  tuzishning  ikkinchi  bosqichida  olingan  manbalar  yig’indisidan 

narxi va sifati maqbul (optimal) munosabatda bo’lganlari tanlanadi. 

Uchinchi  bosqichda  mundarija  ishlab  chiqiladi,  ya'ni  materialning  minimal 

xajmi  bo’yicha  mazmuni  eng  to’la  bo’lgan  bo’limlarga  ajratiladi,  predmetni 

o’zlashtirish uchun zarur va etarli bo’lgan tushunchalar ro’yxati tuziladi (ikki yoki 

uch darajali indeks). 

To’rtinchi bosqichda manbalarning  matnlari mundarija, indeks va modullar 

tuzilishiga  mos  ravishda  ishlab  chiqiladi;  ro’yxatga  kirmagan  matnlar  olib 


58 

tashlanadi va manbalarda yo’qlari yoziladi; matn ichidagi ma'lumotnomalar tizimi 

(Help)  ishlab  chiqiladi;  modullar  va  boshqa  gipermatnli  aloqalar  orasidagi 

bog’liqliklar  aniqlanadi,  kompyuterga  kiritiladigan  gipermatnlar  loyihasi 

tayyorlanadi. 

Beshinchi bosqichda gipermatn elektron shaklga o’tkaziladi. Natijada o’quv 

maqsadlarida  foydalanish  mumkin  bo’lgan  eng  sodda  elektron  nashr  yaratiladi 

(afsuski,  ko’pchilik  ana  shunday  sodda  elektron  nashrni  elektron  darslik,  deb 

hisoblaydi). 

Oltinchi  bosqichda  kompyuterli  qo’llab-quvvatlash  ishlab  chiqiladi:  aniq 

holda  kompyuterga  qanday  matematik  amal  bajarish  va  kompyuterning  javobi 

qanday  shaklda  tasvirlanishi  topshiriladi;  intellektual  yadro  (IY)  loyihalanadi  va 

amalga  oshiriladi;  matematik  masalani  echish  uchun  (matematik  ifodalar  va  IY 

bilan o’zaro ta'sirlar yig’indisining qoidalari) intellektual yadroni qo’llash bo’yicha 

foydalanuvchilar uchun ko’rsatmalarni ishlab chiqiladi. Natijada, talabalarga zarur, 

auditoriya  mashg’ulotlari  uchun  foydali  va  o’qituvchilar  uchun  qulay 

imkoniyatlarga  ega bo’lgan  elektron darslik  yaratiladi. Bunday  ED  tijorat  asosida 

tarqatilishi mumkin. IY shunday bo’lishi kerakki, uni DERIVE, Reduce, MuPAD, 

Maple  va  boshqa  turdagi  quvvatlirok  kompyuter  paketiga  almashtirish  mumkin 

bo’lsin.  Endi  elektron  darslik  multimedia  vositalari  yordamida  keyingi 

takomillashtirish (ovoz va ko’rinish berish)ga tayyor. 

Ettinchi  bosqichda  alohida  tushuicha  va  ta'kidlarni  tushuntirish  usullari 

o’zgartiriladi  va  matnlar  multimedia  materiallari  bilan  almashtirish  uchun 

ajratiladi. 

Sakkizinchi  bosqichda  ekranni  ortiqcha  matnlardan  xalos  qilish  va 

o’rganilayotgan  materiallar  talabaparning  tushunishi  va  xotiraga  olishlarini 

osonlashtirish  hamda  ularning  eshitish  qobiliyatlaridan  foydalanish  maqsadida 

alohida modullarni ovozli qilishga mo’ljallangan matnlar ishlab chiqiladi. 

To’qqizinchi bosqichda ovoz berish uchun mo’ljallangan matnlar diktofonga 

yoziladi va kompyuterga joylashtiriladi. 



59 

O’ninchi  bosqichda  yuqori  ko’rgazmalilykka,  ekranni  matnli  axborotlardan 

maksimal ozod qilish va o’rganilayotgan materialni xotiraga olishga erishish uchun 

modullar ko’rinishlarining stsenariysi ishlab chiqiladi. 

O’n  birinchi  bosqichda  materiallar  kompyuter  ekranida  ko’rinadigan  va 

xarakatlanadigan  amallar  bajariladi,  ya'ni  ishlab  chiqilgan  stsenariylarni  mos 

rasmlar,  grafiklar  va  animatsiyalar  (animatsiya  juda  qimmatga  tushishi  yoddan 

ko’tarilmasligi kerak) kompyuterga joylashtiriladi. 

Shu  bilan  elektron  darslikni  ishlab  chiqish  tugaydi  va  undan  foydalanishga 

tayyorgarlik 

boshlanadi. 

Shuni 


ta'kidlash 

kerakki, 

elektron 

darslikdan 

foydalanishga  tayyorgarlik  ko’rishda  uni  va  multimedia  komponentalarini 

mazmunli tahrir qilish taqozo etiladi. 

Har qanday predmetdan to’laqonli elektron darslikni yaratish juda mushkul 

ish  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  yaratilgan  va  yaratilayotgan  elektron  o’quv 

adabiyotlari soni uncha ko’p emas. Ushbu ishni jadal odimlar bilan amalga oshirish 

va ta'lim muassasalarining o’quv jarayoniga joriy etish hozirgi kunning zaruratiga 

aylandi.  Qo’yilgan  vazifani  amalga  oshirish  uchun  respublikadagi  salohiyatli  va 

tajribali  o’qituvchi,  uslubchi,  olim  va  tizimli  dasturchilarni  birlashtirib,  maxsus 

elektron  darslik  yaratuvchi  guruxdar,  imkoniyatdan  kelib  chiqqan  holda,  xatto, 

markazlar  tashkil  etish  zarur.  Shunda  mustaqil  respublikamiz  kelajagini 

ta'minlaydigan  yosh  avlodni  yangi  axborot  texnologiyalardan  foydalangan  holda 

o’qitib, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va rivojlangan xorijiy davlatlarining yoshlari 

bilan raqobatdosh kadrlar tayyorlashga zamin yaratgan bo’lamiz. 


60 


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling