Bob. Korporativ nizolar
Download 135.96 Kb.
|
11-mavzu korporativ
Bankrotlik taomillari orqali
Махsus dasturlar orqali Rasm 17. Restrukturizastiya jarayonlari Korxona va tashkilotlar faoliyatlariga yuqori tashkilotlarning va hududiy boshqaruvlarning bevosita aralashuvi va xalaqit berishlari. Bu fikrimizni tasdig’i sifatida 2007 - 2008 yillarda bankrotlik holatlariga tushgan korxonalarni tahlil qilganimizdan ko’rinib turibdiki, bu holatlarga tushgan korxonalarning ko’pchilik qismini qurilish tashkilotlari tashkil qilgan. Buning sababi, hokimning topshirig’i (shartnoma tuzilmagan holda) bilan shaharlarni obodonlashtirish, binolar qurish va boshqa xizmatlar qilishdir. Soliqqa tortish mexanizmlaridagi ayrim nuqsonlar: O’zbekiston Respublikasi aholisining sotib olish qobiliyatining pastligi. Mahsulot va xizmatlar narxlari va aniq talab darajalari haqida to’g’ri axborotlarning yo’qligi, axborotlarni yig’ish qiyinligi, ya’ni to’g’ri axborotlarni yig’ish imkoniyatlari juda kamligi. Bu holat ayniqsa hozirgi kunda iqtisodiyotimizga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmokda. Korxonalar ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasining pastligi. Bunga sabablar: korxona rahbariyati tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha aniq strategiyalar ishlab chiqilmaganligi, korxona rahbarlarining bozor iqtisodiyoti mexanizmlari, talablari va korxonaning raqobat bozorida o’z o’rnini ushlab turishiga yoki oshirishga yo’nalgan harakatlarni ishlab chiqishlari uchun bilim darajasining etmasligi; korxona marketologlari tomonidan xom - ashyo va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish bozorlarining o’rganilmaganligi; korxonalar ishlab chiqayotgan mahsuloti narxining yuqoriligi va sifatining pastligi natijasida korxonaning raqobat bozoridagi ulishining kamayib borayotganligi. Korxona mahsuloti narxi oshib ketishining sababi korxona o’z mulki va er maydonlaridan norastional foydalayotganligi; korxonalarda sotilgan mahsulotga pul tushumining o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli korxona keyingi ishlab chiqarishini tarkiblashi uchun mablag’larning etishmasligi; korxonalarning davlat tasarrufidan chiqarilmaganligi, yoki xususiylashtirilgan bo’lsada, korxonalar haqiqiy mulkdorlarga berilmaganligi; korxona asosiy vositalarining eskirish darajasining yuqoriligi va asosiy fondlardan foydalanish darajasi pastligi natijasida korxona tayyor mahsulotining tannarxi yuqori bo’lishiga olib kelgan va korxona raqobat bozoridan chiqib ketganligi; korxonalar tarafidan to’liq tahlil qilinmagan holda uzoq muddatli kreditlar olish orqali korxonalarga kiritilgan investistiyalar; korxonalar tomonidan 2004 - 2009 yillarda chet el valyutalarida olingan uzoq muddatli kreditning kurs farqi hisobiga zarar olishlari natijasida yildan - yilga korxona aylanma mablag’larining kamayib borishi; Respublikamizda faoliyat olib borayotgan juda ko’p yirik korxonalar sobiq sostialistik tuzum davrida o’z faoliyatini boshlagani, ya’ni yirik korxonalarda eskirish darajasining yuqoriligi, hamda juda yirik maydonlarda joylashganligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlari tannarxining yuqoriligi natijasida tashqi bozorda raqobat darajasining pastligi. jadval 2008 yilda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o’zgartirish dasturlarining bajarilishi to’g’risida ma’lumot
Download 135.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling