Bob. Korporativ nizolar


Download 135.96 Kb.
bet1/12
Sana17.02.2023
Hajmi135.96 Kb.
#1205353
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-mavzu korporativ

    1. Bob. Korporativ nizolar

11.1. Korporativ nizo tushunchasi, nizolar sabablari va qatnashchilari


Har qanday nizoning mohiyatini tomonlar o’rtasida kelishuvning yo’qligi sifatida ta’riflash mumkin. Korporativ munosabatlar sub’ektlari o’rtasida manfaatlar muvozanatining yo’qligi korporativ nizolarga sabab bo’lishi mumkin.
Korporativ nizolar deganda jamiyat aktsiyadorlari o’ratasida, jamiyat aktsiyadorlari va menejerlari o’rtasida, investorlar (potenstial aktsiyadorlar) va jamiyat o’rtasida vujudga keladigan, quyidagi oqibatlardan biriga olib keladigan kelishmovchiliklar va tortishuvlar tushuniladi:

    • amaldagi qonunchilik me’yorlari, jamiyat nizomi yoki ichki hujjatlari, aktsiyadorlar yoki ularning guruhlari huquqlarining buzilishi;

    • jamiyat va uning boshqaruv organlariga qabul qilingan qarorlar bo’yicha

da’volar;

    • amaldagi boshqaruv organlari vakolatlarini muddatidan oldin to’xtatish;

    • aktsiyadorlar tarkibida jiddiy o’zgarishlar.

Korporatsiyalar faoliyatining o’ziga xosliklari tufayli nizolar vujudga kelishi uchun quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin.
Aktsiyadorlik mulkida ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar kapitallarning murakkab tarzda chigallashib ketishi va mos ravishda, manfaatdor tomonlar doirasining doimiy bo’lmasligini nazarda tutadi.
Mulkni boshqaruvdan ajratish (qaror qabul qilish va riskni qabul qilish funktsiyalarining taqsimlanishi) va nazorat funktsiyasining riskni qabul qilmaydigan va boshqaruvda ishtirok etmaydigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan alohida bir funktsiyaga ajratilishi korporatsiya faoliyati natijalaridan manfaatdor turli shaxslar o’tasida manfaatlar mojarosining yuzaga kelishini belgilab berdi.
Korporatsiya menejmenti, aktsiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasida belgilanadigan munosabatlar tizimiga turli iqtisodiy sub’ektlar guruhlari tomonidan ijozat beriladi:

  1. Davlat va korporatsiya o’tasidagi munosabatlarga davlat tomonidan ijozat beriladi va u davlat-hukumat xarakteriga ega bo’ladi.

  2. Menejment va aktsiyadorlar o’rtasidagi aloqalarning muayyan jihatlari korporatsiya boshqaruv organlari tomonidan amaldagi qonunchilik doirasida qabul qilingan qo’shimcha bitim va kelishuvlar bilan tartibga solinishi mumkin.

  3. Menejment va boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasidagi munosabatlar turli yo’nalishdagi xarakterga ega bo’lib, manfaatdor shaxslarning korporatsiya uchun ichki yoki tashqi muhitga mansubligiga bog’liq bo’ladi. Ular qonun hujjatlari va jamiyatning ichki reglamenti bilan tartibga solinadi.

Zamonaviy iqtisodiyotda korporativ munosabatlar sub’ektlari o’rtasida vujudga kelayotgan jiddiy qarama-qarshiliklar va ixtiloflar mamlakatda ishlab chiqarishning rivojlanishiga investistiyalar oqimining kirib kelishiga to’sqinlik qilmoqda.
Barcha nizolar xilma-xilligini quyidagi to’rt turga ajratish mumkin:

    1. Yirik (majoritar) va mayda (minoritar) aktsiyadorlar munosabatlari nizosi.

    2. Ichki aktsiyadorlar (insayder) va tashqi aktsiyadorlar (autsayder) nizosi.

    3. Menejment (aktsiyalarsiz yoki aktsiyalar kichik paketiga ega) va aktsiyadorlar nizosi.

    4. Chetdan «nodo’stona qo’shib olish tashabbuskorlari» tarafdorlari va aktsiyadorlar nizosi.

Ko’rib chiqilgan korporativ nizolar turlari ichida quyidagi xillarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Qonunchilik me’yorlarining buzilishi korporativ huquq me’yorlari va

jarayonlarini tasodifan buzish bilan bog’liq bo’lib, aktsiyadorlar tomonidan ularning manfaatlariga tajovuz sifatida qabul qilinadi.

  1. Qo’shib olish – aktsiyadorlar guruhining (chetdan investorning) korxona ustidan nazorat o’rnatish jarayonida yuzaga keladigan nizolar.

  2. Dividendlar bo’yicha nizolar – yirik va mayda aktsiyadorlar o’tasida

korxona foydasidan foydalanish borasida yuzaga keladigan nizolar.

  1. Menejerlar bilan nizolar – aktsiyadorlik jamiyatining menejerlari va aktsiyadorlar o’rtasida kompaniyani boshqarish samaradorligi va menejerlar harakatlari vijdonanligi bo’yicha yuzaga keladigan nizolar.

  2. Raqobat – aktsiyadorlik jamiyatining moliyaviy holati va raqobatbardoshligiga putur etkazishga yo’naltirilgan nizolar.

  3. Korporativ shantaj - minoritar aktsiyadorlar ishtirokidagi, aktsiyadorlik jamiyati yoki uning yirik aktsiyadorlarini minoritariylardan ularga tegishli aktsiyalar paketini bozor qiymatidan qimmat narxja sotib olish yoki nizoni to’xtatish uchun voz kechish muzdi to’lashga undashga yo’naltirilgan nizolar.

Shuningdek, korporatsiya tomonidan aktsiyadorlar huquqlarining buzilishiga olib keladigan asosiy harakatlar aniqlandi:

  1. Aktsiyadorlar cheklangan doirasida joylashtiriladigan aktsiyalar

qo’shimcha emissiyasi (ko’pincha bozor narxidan past yoki ushbu kompaniya uchun etarli darajada iste’mol qiymatiga ega bo’lmagan aktivlar bilan to’lash kuzatiladi).

  1. Kompaniyaning startegik aktivlarini aktsiyadorlar nazorati ostida bo’lmagan firmalarga o’tkazish yo’li bilan ajratib qo’yish (ko’pincha qayta tashkil qilingan muassasalar yordamida).

  2. Affilyastiyalangan shaxslar guruhi tomonidan nazorat paketini qo’lga kiritish maqsadida aktsiyalar paketini «maydalash».

  3. Aktsiyadorlarga qaytarib sotib olishda imtiyozli huquqlar bermagan holda nizom kapitalidan ancha katta bo’lgan miqdordagi summada qo’shimcha emissiya chiqarish.

  4. Aktsiyadorlar bilan muvofiqlashtirish bo’yicha zarur jarayonlarni o’tkazmagan holda aktsiyalar yirik paketlarini sotib yuborish.

  5. Mayda aktsiyadorlarni chiqarib yuborishga yo’naltirilgan aktsiyalarni konsolidastiyalash jarayonini amalga oshirish.

Sanab o’tilgan harakatlar aktsiyadorlashtirishning u vositasida aktsiyalarni xarid qilishda pul mablag’lari ishlab chiqarishni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri
investistiyalar shaklini oladigan mexanizm sifatidagi asosiy mazmuniga putur etkazadi.
Barcha nizolar xilma-xilligini tahlil qilib xulosa chiqarish mumkinki, korporativ boshqaruv muammolari asosan mulk egalaridan bittasi uning mulkiy huquqlaridan emas, balki boshqaruv funktsiyalaridan kelib chiqadigan ustunliklarni qo’lga kiritishi bilan bog’liq.

  1. Download 135.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling