Bob. Korporativ nizolar


Korporativ nizolarni tartibga solish


Download 135.96 Kb.
bet3/12
Sana17.02.2023
Hajmi135.96 Kb.
#1205353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-mavzu korporativ

11.3. Korporativ nizolarni tartibga solish


Turli aktsiyadorlar guruhlari o’rtasidagi nizolar moha ko’ra iqtisodiy nizolar hisoblanadi, chunki bu avvalo jamiyat chiqargan aktsiyalarni o’zlashtirish va sotib yuborish bo’yicha yuzaga keladigan nizolardir. Korporativ nizolarni hal qilish usuli bo’yicha u, shubhasiz, huquqiy nizolar sirasiga kiradi. Buni shu bilan asoslash mumkinki, nizo qatnashchilari murosaga kela olmagan va bitim tuzish yo’li bilan yoki yig’ilish qarorida o’z xohishini bildirmagan bo’lsa, nizoni hal qilish sud tomonidan fuqarolik va hatto jinoiy ishlarni ko’rib chiqish vositasida ro’y beradi.
Hozirgi paytda mavjud bo’lgan empirik va huquqiy ma’lumotlar shakllanayotgan aktsiyadorlar huquqini himoya qilish tizimida barqaror va asosiy ziddiyatlarni aniqlashga imkon bermoqda.
Qarama-qarshilikning mohiyati shundaki, mavjud aktsiyadorlar huquqini himoya qilish tizimida ikkita qarama-qarshi yondashuv mavjud.
Birinchi yondashuv. Aktsiyadorlik kapitalining bir qo’lda to’planishi (konstentratsiya) - aktsiyadorlarni himoya qilish huquqiy vositalari minimal va minoritar aktsiyadorlarni himoya qilish huquqiy vositalari maksimal bo’lishini ko’zda tutadi, o’ziga xos o’zaro neytrallash vaziyatini yaratadi: asta-sekinlik bilan mayda aktsiyadorlarni chiqarib yuborish korporativ sektor nuqtai nazaridan minoritariylarni himoya qilish keng vositalari ahamiyatini pasaytiradi, mayda aktsiyadorlarni himoyalash vositalarining o’zi esa korporativ shantaj vositalariga aylanadi.
Ikkinchi yondashuv. Aktsiyadorlarni himoya qilish huquqiy vositalarining yoyiq tizimini yaratish, o’z navbatida, bir qo’lda to’planish (konstentratsiya) jarayonining davom etishini to’xtatib turadi (iqtisodiy jarayonlarga teskari ta’sir omili sifatida). Bunda esdan chiqarmaslik kerakki, konstentratsiyani davom ettirish yo’li bilan o’z manfaatlarini himoya qilish bu – yirik aktsiyadorlarning alohida huquqlari, ular himoya qilishning huquqiy vositalari yo’qligiga emas, balki buyurtma asosida qo’llanishga javob beradi, chunki minoritar aktsiyadorlar na konsolidastiya sharoitlariga, na mustaqil sud imkoniyatlariga ega emas.
Bunday vaziyatda korporativ munosabatlarning barcha qatnashchilari manfaatlari muvozanatini qo’llab-quvvatlash uchun aniq huquqiy maydon shakllantirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Davlat nuqtai nazaridan fundamental vazifa bu – korporativ boshqaruvni mulk huquqini (investorlar huquqlari, aktsiyadorlar huquqlari) himoya qilish va kafolatlash nuqtai nazaridan ko’rib chiqishdir.
Lekin shunga qaramay, O’zbekistonda korporativ boshqaruvning rivojlanishida ayrim umid uyg’otuvchi tendenstiyalar kuzatilmoqda.

      1. Korporativ boshqaruv sohasida umumiy siyosatni amalga oshirish bo’yicha davlat organi – Davlat Mulk Qo’mitasi mavjud.

      2. Qator korxonalar o’z korporativ boshqaruv kodekslarini ishlab chiqdi va qabul qildi, shuningdek, direktorlar Kengashiga tashqi aktsiyadorlar vakillarini kiritdi.

      3. Kompaniyalar dividend siyosatining yaxshilanishi korporativ munosabatlar etukligidan dalolat beradi. Ko’pchilik kompaniyalar foydani qayta taqsimlashga diqqat bilan e’tibor qarata boshladi.

      4. Menejerlarning mulk egalari nazorati ostida bo’lishi bilan bog’liq vaziyatlarda ham ijobiy o’zgarishlar kuzatilmoqda. Yaxshi ishlamayotgan rahbarlarni ishdan bo’shatish xavfi korporativ boshqaruvda faoliyat ko’rsatayotgan mexanizmlardan biriga aylanmoqda.

      5. Kompaniyalar haqida korporativ boshqaruv bilan bog’liq risklar nuqtai nazaridan axborotga talab o’smoqda.


Download 135.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling