Bob. Korporativ nizolar


Download 135.96 Kb.
bet8/12
Sana17.02.2023
Hajmi135.96 Kb.
#1205353
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
11-mavzu korporativ

Strategiya bozorlarning va huquqiy tizimning holati, ichki va tashqi
korxonalar bilan raqobatchilik kabi korxonaning hozirdagi va kelajakda tushib qolishi mumkin bo’lgan turli vaziyatlarni hisobga olgan holda korxonaning boshqaruvchilik, texnik, moliyaviy va boshqa resurslarini ishlatish haqida qaror qabul qilishdir. Strategiya mahsulot nomenklaturasi va ishlab-chiqarish hajmlari, sotish bozorlari, xom-ashyo va investistiya manbalarini o’z ichiga oluvchi restrukturizastiyaning turli bosqichlarida korxona rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini belgilab berishi lozim.

Strategiyaning muqobil variantlari:


  • qisqartirish - ishlab-chiqarishni restrukturizastiyasi hisobiga faoliyatni yaxshilash yoki yo’nalishini o’zgartirish uchun korxona o’zi intiladigan

ko’rsatkichlarni oldin erishganga nisbatan pasaytiradi;

  • turg’unlik korxonaning ichki va tashqi faoliyatini qisman qayta qurish davomida bozorda va tarmoqda egallangan pozistiyalarning saqlab qolinishidir. Odatda cheklangan hajmda bir sohalarda o’sish va boshqa (asosiy bo’lmagan) sohalarda qisqartirishdek o’zaro raqobatda bo’lgan strategiyalarni qo’shib olib borish bilan ta’minlanadi;

  • cheklangan o’sish - raqobatchilik asosida rivojlanish varianti bo’lib, inflyastiya va boshqa tashqi omillarni hisobga olib to’g’rilangan natijalarga tayanadi. Odatda o’zgarmas ishlab-chiqarish hajmiga ega bo’lgan va murakkab texnologik jarayonlarni qo’llaydigan tarmoqqa mansub bo’lgan, uzoq hayot stikliga ega an’anaviy mahsulot bilan bozorda mustahkam o’rin egallagan va barqaror foydalilik darajasiga erishgan korxonalar tomonidan ishlatiladi;

  • o’sish - birinchi navbatda tovarlari tez-tez o’zgarib turadigan va yangilanib turadigan tez rivojlanuvchi tarmoqlarda ishlatiladi. O’sishning yuqori ko’rsatkichlari ichki omillar hisobiga ta’minlangan bo’lishi mumkin. (nomenklaturaning kengayishi, an’anaviy nomenklaturali bozorda faol ish olib borish). Mazkur strategiya yuqori natijalarga erishishga imkon beradi, biroq to’lov qobiliyati yo’qotilishining katta ehtimolligi bilan bog’liqdir. Shuning uchun, korxona maqsadlariga erishilishini, kerak bo’lgan resurslarni baholashni aniq nazoratining o’rnatilishini, zaruriyat bo’lganda esa butun xo’jalik faoliyatini tezkorlik bilan qarab chiqishni talab qiladi.

Tanlangan strategiya asosida quyidagilar ishlab chiqiladi:

    1. Yaqin 1-2 yil ichida korxonalarning yashovchanligini ta’minlashga qaratilgan qisqa muddatli chora-tadbirlar dasturi.

    2. Korxonani restrukturizastiyalash kompleks dasturi. Dastur uni amalga oshirishning har bir yo’nalishi masalalarini hal qilish kichik dasturlaridan iborat (mulkiy majmuaning restrukturizastiyasi, korxona majburiyatlari bo’yicha qarzdorlikning res trukturizastiyasi, boshqaruvchilik tuzilmasini takomillashtirish va boshqalar).

Har bir kichik dasturda restrukturizastiyalashning aniq yo’nalishi bo’yicha
maqsadlarga erishishga qaratilgan tadbirlar ro’yhati, ularni bajarish muddatlari va olinadigan natijalar, mas’ul shaxslar, har bir tadbirni o’tkazish uchun talab qilinadigan mablag’ miqdori va manbai ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Tanlangan strategiya va restrukturizastiya asosida joriy va istiqbolli biznes- rejalar ishlab chiqiladiki, ularda rejalashtirish muddatlariga mutanosib bo’lgan aniqlik bilan mahsulotni ishlab-chiqarish va sotishning prognoz hajmlari, asosiy fondlarga, xom-ashyo, materiallar va sotib olinadigan butlovchi qismlarga bo’lgan ehtiyoj, kutiladigan moliyaviy natijalar va korxona faoliyatining boshqa asosiy ko’rsatkichlar akslantiriladi.
Restrukturizastiya korxona tomonidan mustaqil ravishda yoki o’zi tarkibiga kirgan tarmoqiy (hududiy) xo’jalik birlashmasi (uyushma, xolding kompaniyasi va boshqalar) yordami bilan amalga oshiriladi.
Ko’p korxonalar restrukturizastiyani amalga oshirishda davlat ko’magiga muhtoj bo’lib, ular quyidagi shaklda bo’lishi mumkin:

  • korxonalarni restrukturizastiyalash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha uslubiy materiallar bilan ta’minlash;

  • korxonalarni moliyaviy qo’llash, (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga

to’lovlarni hisobdan chiqarish yoki muddatini kechiktirish, foydaning restrukturizastiyaga yo’naltirilgan qismi bo’yicha soliqlarni kamaytirish va boshqalar);

  • ijtimoiy ahamiyatdagi ob’ektlarni mahalliy hokimiyat organlari balansiga o’tkazishda ko’maklashish;

  • davlat investistiyalarini taqsimlashda va mahsulot etkazib berish bo’yicha davlat buyurtmalarini joylashtirishda restrukturizastiya qilinayotgan korxonalarga ustunlik berish;

  • auditning, buxgalterlik hisobining va davlat hisobotining halqaro andozalarini tatbiq etish;

  • korxonalar rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish va xokazo.

Restrukturizastiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda
korxonalarga yordam berish vazifasi. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va korxonalarni restrukturizastiya qilish fondiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi, raqobatchilik va tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash davlat qo’mitasi zimmasiga yuklatilgan. Biroq tajriba shuni ko’rsatadiki, korxonalarni restrukturizastiya qilishga yordam berishda boshqa davlat organlari, ayniqsa Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ham faol qatnashishi kerak.



    1. Download 135.96 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling