Bob. Korporativ nizolar


Download 135.96 Kb.
bet6/12
Sana17.02.2023
Hajmi135.96 Kb.
#1205353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-mavzu korporativ

Ikkinchi bosqich. Korxona faoliyati bilan bog’liq omillar, kuchli va kuchsiz tomonlari, biznes – jarayonlar, imkoniyatlar va xavfni, bozor segmenti,
bozor potenstiali (talab va taklif, iste’molchilar va ta’minlovchilar, strategik hamkorlar), ixtisoslik, raqobatchilar, joriy strategiya va o’z faoliyatini saqlab qolish strategiyasi tahlil qilinadi.
Uchinchi bosqich. Restrukturizastiya qilish dasturini ishlab chiqish, u quyidagilarni: biznes – reja, biznes – birlikning yangi funktsiyasiga tavsif, biznes

  • jarayonlarga tavsif, hisob tizimi, xodimlar rejasi, turli strategiya va modellar o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Restrukturizastiya qilish dasturi va konstepstiyasini ishlab chiqish bozor segmentiga asosan olib borilib, muhim segmentlar tahlil qilinadi, foydasiz bozor segmentlari va foydali bo’lgan yangi segmentlar aniqlanadi, so’ng tarkibida eng optimal asosiy bo’limlarga ega bo’lgan korxona tuzilmasini tashkil etish uchun biznes – birliklarni strategik guruhlash amalga oshiriladi va oxirida istiqbolli bo’limlarning biznes – rejalari taklif etiladi.

To’rtinchi bosqich. Batafsil yoritilgan rejalar, xodimlarni xabardor qilish, ishlab chiqarish va moliyalashni restrukturizastiya qilish bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilishi, muddatlarini nazorat qilishni o’z ichiga olgan restrukturizastiya qilish dasturi amalga oshirish.
Restrukturizastiya qilish jarayonining murakkabligi izlanish ob’ektining konsteptual murakkabligidan kelib chiqadi. Hatto uncha katta bo’lmagan korxonalar uchun ham barcha tafsilotlarni ko’rish qiyin, yirik kompaniyalar uchun esa ishonch bilan aytish mumkinki, rahbariyatdan hech kim barcha tafsilotlarni qamrab oluvchi aniq tasavvurga ega emas. Ehtimol aynan ushbu omil natijasida ko’pincha restrukturizastiya qilish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanmaydi. Taklif etilayotgan restrukturizastiya qilish dasturi biznes mulkdorlari manfaatlarini aks ettirishga yo’naltirilgan, haqiqatda ham u yoki bu korxonaning o’z kapitaliga investistiya qilishga qaror qabul qilganda korxonaning investistion jozibadorligini belgilaydilar va birinchilardan bo’lib investistiya qilingan mablag’larini yo’qotishlari mumkin. Nol qiymat strategiyasi (tashqi boshqaruvning turlaridan biri) va qiymatni maksimallashtirish (mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish sharti bilan) korxonaning investistion jozibadorligi oshirish va tang holatdan chiqib ketishning alternativ konstepstiyasi sifatida qaralishi kerak, bunda
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy mezon sifatida risk va restrukturizastiya qilishning moliyaviy imkoniyatlari qaralishi kerak.



    1. Download 135.96 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling