Bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan d…
www.ziyouz.com kutubxonasi
98 bermasanglar, uni aytmayman», dedi. Ular bir to’da qo’y berishga kelishib olishdi. Shunda u sahoba «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn»ni (ya’ni, Fotiha surasini) o’qib sufladi. Oqsoqol go’yo arqondan chiqqandek harakatga keldi. Unda biror og’riq qolmay yurib ketdi. Keyin ular kelishilgan narsani berishdi. Sahobalar: «Uni taqsimlanglar», deyishgan edi, dam solgan kishi: «Rasulullohdan bu to’g’rida so’rab, bizga biror narsani buyurmagunlaricha taqsimlamanglar», dedi. Sahobalar Rasululloh huzurlariga borib, bu voqeani aytib berishdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sen uning (Fotiha surasining) shifo ekanini qaerdan bilding? - dedilar, so’ngra, to’g’ri qilibsizlar, ularni taqsimlanglar. Menga ham ulush ajratinglar», deb kulib qo’ydilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari Boshqa rivoyatda esa: «Fotihani o’qib, suflab qo’ydi. So’ng haligi kishi tuzalib ketdi», deyiladi. 338/2. Abdurahmon ibn Abu Laylodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Mening inim kasal», dedi. Rasululloh: «Uning kasali nima?» deb so’radilar. U kishi: «Bir oz jununligi bor», dedi. Nabiy: «Uni menga olib kel», dedilar. U kishini olib kelishdi. Nabiy bemorni oldilariga o’tqizib, unga Fotiha surasini, Baqaraning avvalgi to’rt oyatini va o’rtadagi ikki oyatini (ya’ni, 163-164- oyatlarini), Oyatul kursiyni, yana Baqaraning oxirgi uch oyatini, Oli Imronning ilk va 18- oyatini, A’rofning 54-oyatini, Mo’minunning 116- oyatini, Jin surasining 3-oyatini, Soffat surasining avvalgi o’n oyatini, Hashrning oxirgi uch oyatini, «Qul huvallohu ahad»ni, «Qul a’uzu birobbil falaq»ni, «Qul a’uzu birobbin nas»ni o’qidilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 339/3. Xorija ibn Salt amakilaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bordim va musulmon bo’ldim. Qaytishda bir qavmning yonidan o’tib ketayotganimda, ularning oldida bir jinni odamni ko’rdim. U zanjir bilan bog’langan edi. Shunda uning ahli: «Biz eshitdikki, sizning do’stingiz yaxshi narsa keltirgan emish (ya’ni, Rasulullohning risolatlarini nazarda tutyapti). Senda davolaydigan biror narsa bormi?» deb so’rashdi. Men Fotiha surasini o’qib dam soldim. Ular menga yuzta qo’y berishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga borib, buning xabarini berdim. Rasululloh: «Bundan boshqasini ham aytdingmi?» dedilar. Men: «Yo’q», dedim. «Uni ol, umrim haqqi, kimdir botil bilan dam solib rizqlanadi. Sen xaq bilan dam solib, uning orqasidan rizqlanding», dedilar». Abu Dovud rivoyatlari 340/4. Xorija (r.a.) amakilaridan rivoyat qiladilar: «Rasululloh huzurlaridan kelaturib, arab mahallalaridan biriga yetganimizda: «Sizlarda davo (bo’ladigan biror narsa) bormi?» deyishdi. Ular mahkam qilib bog’langan, esi ketib qolgan kishini olib kelishdi. Men unga uch kun ertalab va kechqurun Fotiha surasini o’qib suflab qo’ydim. Uning kasali tuzaldi. Buning evaziga menga narsa berishdi. Men olmay turib oldim. «Undoq bo’lsa, Rasulullohdan so’ra», deyishdi. Rasululloh alayhissalomdan so’ragan edim, u zot: «Umrim haqqi, kimdir botil bilan yeydi. Sen esa, haq bilan yeding», dedilar». Abu Dovud va Ibn Sunniy rivoyatlar 341/5. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) dardga chalingan bir kishining qulog’iga nimanidir o’qidilar. U sog’ayib ketdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uning qulog’iga nima deb aytding?» deganlarida, «Mo’minun» surasining 115-oyatidan to oxirigacha o’qiganlarining xabarini berdilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling