Bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan d…
- Bu sahifa navigatsiya:
- 87-bob. Bir ish og’irlik qilganida aytiladigan duo
86-bob. Biror ish og’ir
kelganida aytiladigan duolar 324/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kuchli mo’min Alloh taologa kuchsiz mo’mindan yaxshiroq va mahbubroqdir. Har ikkalasida yaxshilik bor. Senga foyda beradigan narsaga haris bo’l. Allohdan yordam talab qil. Ojizlik qilma. Agar senga biror musibat yetsa, agar undoq qilganimda, bundoq bo’lardi, deb aytma. Balki, Allohning taqdiri, U xohlagan narsa bo’ladi, de. Chunki «agar» kalimasi shayton amalini ochadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 325/2. Avf ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki kishi o’rtasida hukm qildilar. Zarariga hukm qilingan kishi: «Hasbiyallohu va ni’mal vakiyl» deb aytdi. Shunda «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo ojizni malomat qiladi. Sen kuchlilikni mahkam tut. Agar sen yoqtirmaydigan biror ish sodir bo’lsa, «Hasbiyallohu va ni’mal vakiyl», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Allohning o’zi menga kifoya qiladi. U qanday yaxshi vakil.) Abu Dovud rivoyatlari 87-bob. Bir ish og’irlik qilganida aytiladigan duo 326/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma la sahla illa ma ja’altahu sahlan va anta taj’alul hazna iza shi`ta sahla», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen yengil etgan narsagina yengildir. Agar Sen xohlasang, qattiq yerni ham tekis qiluvchisan.) Ibn Sunniy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 95 88-bob. Yashash qiyinlashganda aytiladigan zikr 327/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangizning yashashi qiyinlashib qolsa, uyidan ko’chaga chiqayotib, quyidagi duolarni aytishdan nima man’ qiladi? «Bismillahi ‘ala nafsiy va maliy va diniy. Allohumma rozziniy biqozoika va barik liy fiyma quddiro liy hatta la uhibba ta’jiyla ma axxorta va la ta`xiyro ma ‘ajjalta». (Ma’nosi: Nafsim, molim va dinimga Allohning ismini aytaman. Ey Rabbim, qazoi qadaringdan meni rozi et. Va taqdir qilgan narsangni men uchun barakali qil. Toki, kechiktirgan narsangni shoshiltirishni va shoshiltirgan narsangni kechiktirishni yaxshi ko’rmayin.) Ibn Sunniy rivoyatlari Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling