Bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo


-bob. Ofatni daf qilish uchun aytiladigan duo


Download 2.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana24.07.2023
Hajmi2.04 Mb.
#1662247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan d…

89-bob. Ofatni daf qilish uchun aytiladigan duo
328/1. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo bir bandaga ahli ayoli, moli va farzandida
bir ne’mat bersa va u:
«Ma sha`allohu la quvvata illa billahi» deb aytsa, shu
ne’matlarda o’limdan boshqa ofat
ko’rmaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning xohlagani
bo’ladi. Allohdan boshqada quvvat
yo’q.) Ibn Sunniy rivoyatlari
90-bob. Katta-kichik musibat yetganida
aytiladigan duo
Alloh taolo Baqara surasining 155 - 156-oyatlarida:
«Biror musibat yetsa: «Albatta, biz Allohning
(bandalarimiz) va albatta, biz U  
zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga
xushxabar bering. Ana  
o’shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot
(mag’firat) va rahmat bordir. Ana  
o’shalar haq yo’lni topguvchilardir», deb aytgan.
329/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir narsada istirjo’ (ya’ni, «inna lillahi va inna
ilayhi roji’un», deb) ayting, hatto
oyoq kiyimingizning ipi (uzilgani) uchun ham, chunki u
ham musibatdir», dedilar». Ibn
Sunniy rivoyatlari
91-bob. Qarzini to’lashga qurbi yetmaganida
aytiladigan duo
330/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo’lish
uchun shartlashilgan bahodagi
mablag’ni topolmay, Hazrati Alidan (r.a.) yordam
so’radi. Shunda u zot: «Senga
Rasululloh o’rgatgan kalimalarni o’rgataymi? Agar
«Allohumma akfiniy bihalalika ‘an haromika
va ag’niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini
o’qib yursang, qarzing tog’ning bir taraficha bo’lsa
ham, xalos bo’lasan», dedilar.
(Ma’nosi: Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling
bilan menga kifoya et. Fazling ila
o’zingdan boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy
rivoyatlari
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy

Download 2.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling