Bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan d…
- Bu sahifa navigatsiya:
- 93-bob. Vasvasaga yo’liqqanda aytiladigan zikrlar Alloh taolo Fussilat surasining 36-oyatida: «Agar sizni shayton tomonidan biror vasvasa
- «Agar Biz sizga tushirgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
96 92-bob. Qo’rqqanda aytiladigan duolar 331/1. Valid ibn Valid (r.a.) Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Rasululloh, men qo’rqyapman», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To’shagingga yotganingda: «A’uzu bikalimatillahit tammati min g’ozobihi va ‘iqobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni», deb ayt, shunda senga biror narsa zarar bermaydi va yaqinlasha olmaydi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan Uning g’azabidan, azobidan, bandalarining yomonligidan, shayton vasvasa qilib, mening huzurimda hozir bo’lishidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 332/2. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bir kishi kelib, bezovtalikdan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanal malikil quddus, robbil malaikati varruh, jallaltas samavati val arza bil ‘izzati val jabarut», deb aytishni ko’paytir», dedilar. (Ma’nosi: Farishtalar va Jabroil alayhissalomning rabbi va quddus, malik sifatli Allohni poklab yod eturman. Yeru osmonlarni izzating va jabarut sifating ila ulug’ qilding.) Ibn Sunniy rivoyatlari 93-bob. Vasvasaga yo’liqqanda aytiladigan zikrlar Alloh taolo Fussilat surasining 36-oyatida: «Agar sizni shayton tomonidan biror vasvasa yo’ldan ozdirsa, Allohdan panoh so’rang. Albatta, U eshituvchi va biluvchi zotdir», dedi. 333/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangizga shayton kelib: «Uni kim yaratdi?» «Buni kim yaratdi?» deb savol beradi, hatto, «Rabbingni kim yaratdi?» deyishgacha boradi. Ana shunda u Allohdan panoh so’rasin va (fikriga) barham bersin», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari Boshqa sahih rivoyatda aytiladi: «Insonlar so’rashda davom etishadi, hatto: «Alloh butun maxluqotni yaratdi. Unda Allohni kim yaratdi?» deyishadi. Kimning qalbida shu savol paydo bo’lsa, «amantu billahi va rusulihi» (Allohga va Uning rasullariga iymon keltirdim), deb aytsin». 334/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning fikriga vasvasa kelsa, «Amanna billahi va birosulih», deb uch marta aytsin. Shu duoni aytsa, undan vasvasa ketadi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 335/3. Usmon ibn Abul Osiy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ey Rasululloh, shayton men bilan namozim va qiroatim orasida xalaqit qilib, chalkashtirib yuboryapti», dedim. Shunda Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 97 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ana shu shaytondir. U «Xinzab», deyiladi. Agar sen uni his qilsang, Alloh nomi ila undan panoh tila va chap tomoningga uch marta tuflab qo’y», dedilar. Men u zotning aytganlarini qilgan edim, Alloh taolo mendan uni ketkazdi». Imom Muslim rivoyatlari 336/4. Abu Zumayl (r.a.) aytadilar: «Ibn Abbosga (r.a.): «Qalbimda nimanidir his qilyapman», dedim. U zot: «Nima u?» dedilar. «Allohga qasamki, uni biror kishiga aytmayman», dedim. U zot: «Biror shak bo’lyaptimi?» deb kuldilar. So’ng: «Biror kishi shak-shubhadan omonda bo’lmagan. Hatto, Alloh taolo: «Agar Biz sizga tushirgan Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling