Bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo


Download 2.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana24.07.2023
Hajmi2.04 Mb.
#1662247
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan d…

www.ziyouz.com kutubxonasi
99 
vasallam: «Agar biror kishi mana shu oyatlarni
ishonch bilan o’qisa, tog’ni ham
maydalab yuboradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
95-bob. Bolalarga va boshqalarga panoh
tilanadigan duo
342/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam Hasan
va Husaynlarga
«U’iyzukuma bikalimatillahit tammati min
kulli shaytonin va hammah va min kulli ‘aynin
lammah», duosini o’qib panoh tilar va: «Bu duo
otangiz Ismoil va Ishoq
alayhimossalomlarning panoh tilaydigan duolari edi»,
deb aytar edilar. (Ma’nosi:
Allohning mukammal kalimalari bilan har bir
shaytondan, zararli hasharotlardan va
yomon ko’zdan sizlarga panoh tilayman.) Imom
Buxoriy rivoyatlari
  
96-bob. Yiringlaganda, yallig’langanda
va a’zolarga toshadigan narsalarga  
aytiladigan duo
343/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
ayollaridan biri rivoyat qiladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening
huzurimga kirdilar. Barmog’im
yallig’langan edi. Shunda Rasululloh: «Senda g’arov
qamishi (Hindistondan keltirilgan
o’simlik) bormi?» deb so’radilar. Uni barmog’imga
qo’ydilar va:
«Allohumma musag’g’irol kabiyr va mukabbiros
sog’iyr, sog’g’ir ma biy», deb ayt,
shunda u sendan yo’qoladi», dedilar». (Ma’nosi: Ey
kattani kichik, kichikni katta qiluvchi
Zot, mendagi narsani kichik qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
  
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
100 
KASALLIK VA O’LIM HAMDA U IKKISIGA
TAALLUQLI ZIKRLAR KITOBI
97-bob. O’limni eslashni
ko’paytirishning mustahabligi
344/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh alayhissalom: «Lazzatlarni
ketkazuvchi (o’limni) ko’p zikr qilinglar», dedilar.
Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari

Download 2.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling