Bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo
narsaga shubhada bo’lsangiz...»
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan d…
- Bu sahifa navigatsiya:
- 94-bob. Esi og’ganda va biror narsa chaqqanda o’qiladigan duolar
narsaga shubhada bo’lsangiz...» (Yunus surasi, 94)
oyatini nozil qilgan. Nafsingda biror narsa topsang, «Huval avvalu val axiru vaz zohiru val batinu va huva bikulli shay`in ‘aliym», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: U avval va oxirdir, U zohir va botindir. U har bir narsani biluvchidir.) Abu Dovud rivoyatlari Ustoz Abulqosim Qushayriyning risolalarida Ahmad ibn Ato Ruzboriydan rivoyat keltirilgan. U zot aytadilar: «Tahorat qilganimda, suvni ko’p ishlatib yuborganday bo’ldim, ichimda g’ashlik paydo bo’ldi. Keyin: «Ey Rabbim, afv et, afv et», dedim. Shunda: «Afv ilmdadir», degan nido eshitildi. So’ngra mendan haligi g’ashlik ketdi». Ba’zi ulamolar: «Namoz, tahorat va shularga o’xshash narsada vasvasaga tushgan kishi: «La ilaha illalloh» kalimasini aytishi mustahabdir. Chunki shu kalimani shayton eshitsa, uzoqlashadi», deyishgan. «La ilaha illallohu» kalimasi zikrning boshidir. Shuning uchun ummatning ulug’lari, solihlarning tarbiyachilari, muridlarga odob beruvchilar shu kalimani doimo aytib yurishni buyurishgan. Sayyid Ahmad ibn Abul Havoriy aytadilar: «Abu Sulaymon Doroniyga vasvasa oralagani to’g’risida shikoyat qildim. U zot: «Agar sendan vasvasa ketishini xohlasang, qay vaqt bo’lsa ham, xursand bo’l. Chunki mo’minning xursandchiligidan ko’ra shaytonni g’azablantiradigan narsa yo’qdir», dedilar». Ba’zi ulamolar: «Iymoni komil kishi vasvasa bilan sinaladi. Chunki o’g’ri hech qachon xaroba uyni o’marishni qasd qilmaydi. Shuning singari shayton ham iymoni zaifni emas, balki iymoni komilni qasd qiladi». deb aytishdi. 94-bob. Esi og’ganda va biror narsa chaqqanda o’qiladigan duolar 337/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir nechtasi safarga chiqishdi. Ular arab mahallalaridan biriga tushib, mehmon qilishini so’rashdi. Mahalladagilar esa, ularni mehmon qilishdan bosh tortishdi. Nogahon, ana shu mahalla oqsoqolini bir narsa chaqib oldi. Unga hamma narsani qilib ko’rishdi, ammo foyda bermadi. Ba’zilar: «Ana u mehmonlarga boringlar- chi, shoyad, ularda biror narsa bo’lsa?» deyishdi. Ular borib: «Ey mehmonlar jamoasi, bizning boshlig’imizni bir narsa chaqib oldi. Hamma harakatni qilib ko’rdik, ammo foyda bermadi. Sizlarda biror narsa bormi?» deb so’rashdi. Mehmonlardan bittasi: «Allohga qasamki, men dam solinadigan bir duoni bilaman. Lekin sizlardan bizni mehmon qilishingizni so’raganimizda, rad etdinglar. Bizga bu duoning evaziga biror narsa Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling