Bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan duo


«Agar shaytonning vasvasasi sizni yo’ldan


Download 2.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana24.07.2023
Hajmi2.04 Mb.
#1662247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
-bob. Qiyin ahvolga tushib qolganda aytiladigan d…

«Agar shaytonning vasvasasi sizni yo’ldan
urmoqchi bo’lsa, Allohdan panoh  
so’rang. Albatta, U eshituvchi va biluvchi zotdir»;
Isro surasining 45-oyatida:
«Qachon siz Qur’on qiroat qilganingizda, siz bilan
oxiratga iymon  
keltirmaydigan kimsalar o’rtasida ko’rinmas parda
qilib qo’yamiz (ular Qur’onni  
anglay olmaslar)», deydi.
322/1. Abu Dardo (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam namozga
turdilar va biz u zotning: «A’uzu billahi minka. Al’anuka
bila’natillahi salasa» (Allohning
nomi bilan sendan panoh tilayman va uch marta
Allohning la’nati ila seni la’natlayman),
deganlarini va yana qo’llarini yozib, go’yo bir narsani
olayotganga o’xshash
harakatlarining guvohi bo’ldik. U zot namozdan forig’
bo’lganlaridan keyin: «Ey
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
94 
Rasululloh
, namozda nimadir deganingizni eshitdik,
uni oldin eshitmagan edik va
qo’lingizni yozganingizni ko’rdik, uni oldin ko’rmagan
edik», dedik. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Allohning dushmani iblis bir parcha
o’t bilan yuzimga urish uchun
keldi. «A’uzu billahi minka» (Allohning nomi ila sendan
panoh tilayman), deb uch marta
aytdim, so’ng «Al’anuka bila’natillahi at-tommati»
(Allohning mukammal la’natlari bilan
la’natlayman), dedim, ammo «uch marta» so’zi
orqada qoldi. Shunda men uni olish
uchun qo’limni yozdim. Allohga qasamki, agar
birodarim Sulaymonning duolari
bo’lmaganda, u mahkam bog’lanar va Madina bolalari
uni ermak qilib o’ynab yurar edi»,
dedilar». Imom Muslim rivoyatlari
323/2. Suhayl ibn Abu Solih (r.a.) aytadilar: «Otam
meni Bani Horisaga yubordilar. Men
bilan birga bir do’stim ham bor edi. Devor ortidan
do’stimni bir kishi chaqirdi. Do’stim
devor yoniga bordi, ammo hech kimni topolmadi. Bu
hodisani otamga zikr qilgan edim,
otam: «Agar shundoq bo’lishini bilganimda,
seni yubormas edim. Lekin bundan keyin
biror ovoz eshitsang, namozga azon ayt. Chunki men
Abu Hurayraning (r.a.) Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamdan: «Agar namozga azon
aytilsa, shayton orqa o’girib
ketadi», degan hadisni rivoyat qilganlarini
eshitganman», dedilar». Imom Muslim
rivoyatlari

Download 2.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling