Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish­ning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari


teng miqdordagi krediti belgilangan. Loyiha bir qator viloyatlarning tumanlarida


Download 465.62 Kb.
bet21/36
Sana25.12.2022
Hajmi465.62 Kb.
#1066351
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari

teng miqdordagi krediti belgilangan. Loyiha bir qator viloyatlarning tumanlarida
57
qishloq vrachlik punktlarini texnik jihozlash, shuningdek, bozor sharoitlarini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va boshqarish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Loyihani amalga oshirish natijasida, xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soniga ko‘ra samarali moliyalashtirish tizimiga o‘tish uchun me’yoriy asoslar yaratildi.
Hozirgi vaqtda JBning kreditlari evaziga “Salomatlik-3” loyihasi amalga oshirilmoqda. 60,6 mln AQSh dollari miqdorida kreditni 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olib, qaytarish muddati 25 yil etib belgilangan54. Ushbu loyihani amalga oshirish davri 2018 yilgacha uzaytirilganligi va sakkiz yilni (2011 — 2018 yillar) tashkil etishi belgilangan. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditini qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar hamda kredit bo‘yicha foiz va vositachilik to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokida umumiy qiymati 70 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan loyiha55amalga oshirilmoqda, shundan, OTB tomonidan ajratilgan 40 mln AQSh dollariga teng imtiyozli kredit onalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish, tug‘ruqqa ko‘maklashish muassasalari va gematologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Loyiha 6 ta tanlab olingan mintaqada, shuningdek, gematologiya markazlari va milliy miqyosda qon quyish stantsiyalarida amalga oshirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirish, Respublika birinchi tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ushbu muassasalarni asbob- uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha 23,8 mln AQSh dollari hajmida Islom taraqqiyot banki56 (ITB) bilan bitim imzolandi. ITB bilan 171 ta yirik markaziy tumanlar shoshilinch tibbiy yordam bo‘linmalari va shahar shifoxonalarini asbob- uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha bitim imzolandi.
XXR bilan respublika onkologiya dispanserlariga diagnostika uskunalarini etkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzildi, MFI bilan viloyatlardagi bolalar kasalxonalarini asbob-uskunalar bilan jihozlash, viloyat maslahat-diagnostika markazlarini tashkil qilish va jihozlash masalalari kelishib olinmoqda. Respublika Hukumati va Xalqaro taraqqiyot banki o‘rtasida temir tanqisligi anemiyasi bilan kasallanishni kamaytirish borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “Unni fortifikatsiyalash milliy dasturi” loyiha granti, Global Fond bilan esa OITSga qarshi kurashish uchun-24,6 mln. AQSh dollari,57 silga qarshi kurash uchun-12,6 mln. AQSh dollari, malyariyaga qarshi kurashish uchun- 2,5 mln. AQSh dollari miqdorida grantlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasida moliyalashtirish tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2013-yil 13-fevraldagi 37-sonli Qarorining 2-bandiga muvofiq:

  • respublikaning qolgan 155 ta shahar oilaviy poliklinikalarini bir nafar yashovchi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish shartlariga: Toshkent shahrida, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida — 2013 yildan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Andijon, Namangan, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida — 2014-yildan boshlab, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 2015-yildan boshlab bosqichma-bosqich o‘tkazish;

  • Farg‘ona viloyatining 15 ta tuman markaziy kasalxonalarini ikki turdagi kontraktlar tuzish asosida moliyalashtirish: 3 ta kasalxonada davolab yuborilgan bir nafar bemor hisobiga xizmatlar qiymati va hajmidan kelib chiqib hamda 12 ta kasalxonada — tasdiqlangan normativ ko‘rsatkichlarga muvofiq xarajatlar smetasi bo‘yicha haq to‘lash yuzasidan eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining takliflari ma’qullandi.

Albatta bu qadar ishlarni amalga oshirishda davlat dasturlarining o‘rni kattadir. Ushbu davlat dasturlari har bir moliya yili uchun o‘tgan yilgi davlat dasturining davomi hisoblanib, aksariyat davlat dasturlari mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgandir. Jumladan oxirgi ikki yil “Obod turmush yili”, “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinib, tegishli davlat dasturlari ishlab chiqilgan. Ushbu davlat dasturlarida ijtimoiy sohani rivojlantirish, xususan sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish ishlari muhim o‘rin tutgan. Xususan, “Sog‘lom bola yili” davlat dasturini58 amalga oshirishning ustuvor vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
o sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirish uchun qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu borada qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish;
o sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oilaning mevasi sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, yosh oilalarning oyoqqa turib olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalik muhofazasini ta’minlash, ona va bolaning salomatligini mustahkamlash, ayollarning o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ro‘zg‘or tashvishlarini

Download 465.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling