Bob. Tovar va tovar siyosati tovar yoki xizmat ehtiyojni qondirish qurolidir
Tovar va xizmatlami taqsimlash jarayoni
Download 357.77 Kb.
|
5 maruza mar
Tovar va xizmatlami taqsimlash jarayoni bu ma lum bir bosqichlar ketma-ketligini, harakat va usullar majmuasini, iste molchini tanlash va ulami jalb qilish, shartnoma shartlariga ко ra yetkazib berishning ratsional yo llarini tanlash, tovarlami saqlash va taxlash kabi vazifalami о z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchidan to iste molchiga tovar va xizmatlami yetkazib berish, bu borada barcha qarorlami qabul qilish bilan bog liq.
Tovarlar harakatlanishi (marketining logistikasi) ni tashkil etish. Savdo (o tkazish, sotish) siyosati tovarlaming harakatlanishi bo yicha qarorlar qabul qilishni ко zda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning yuk sifatida iste molchiga yetib kelishigacha - tashish, saqlash va qo shimcha (qadoqlash, о rash, tamg alash kabi) ishlarini bajarish bilan bog liq bo lgan jarayon tovar harakati, deyiladi. Tovarlar harakatlanishi (marketing logistikasi) iste molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun foyda ко rish maqsadida materiallami va tayyor mahsulotlami ishlab chiqarilgan joylaridan iste mol joyiga yetkazish faoliyatini rejalashtirish, hayotga tatbiq etish va jismoniy joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir. Tovarlar harakatining maqsadi minimal imkoniyatli xarajat bilan zarur tovarlami zarur joy ga yetkazib berish hisoblanadi. Tovarlami harakatlantirishning asosiy chiqimlari tovarlami transportlarga yuklash tushirish, omborlarga joylashtirish, tovar moddiy zaxiralami saqlash, tovarlami olish, tushirish, qadoqlash, ma muriy xarajatlar va buyurtmachilar bilan ishlash bo yicha xarajatlardan yig iladi. Tovarlar harakati bu nafaqat xarajatlar manbasi, shuningdek, talabni yaratishning potensial ко rinishi ham. Tovarlar harakati tizimini mukammallashtirish hisobiga qo shimcha mijozlami jalb etish, yaxshi xizmat ко rsatish va narxlami tushirishni taklif qilish mumkin. Tovarlar harakati tizimlaridan birortasi ham bir vaqtning о zida mijozlar uchun maksimal servis bilan bir vaqtda tovarlami taqsimlash sarfini minimumga tushirishga qodir emas. Mijozlar uchun maksimal servis katta tovar moddiy zaxiralarining saqlashni, nuqsonsiz transportirovka xizmatini va ко plab omborlar bo lishini ко zda tutadi, bu esa xarajatlar ortishiga olib keladi. Sotuv tizimi raqobatdoshligini aniqlovchi omillardan biri marketing logistikasi bo lib, marketing kommunikatsiyasi samaradorligi vositasi hisoblanadi. Logistika fani sohasi bozor sharoitida tovar hamda xizmat oqimini optimallashtirish bo yicha uslublar, nazariyalar majmuasi bo lib, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va kommunikativ jarayonda tovar oqimini tashkil etish, aylantirish, iste molni samarali tashkil etish bilan shug ullanadi. 1970-yillarda logistika sanoat tarmoqlariga kirib kelib, kompleks ta minot, ishlab chiqarish omborxonalarida saqlash, iste molchilarga yetkazib berishni nazarda tutdi. 1980-yillarga kelib logistikaning ahamiyati shunchalik ortdiki, ishlab chiqarish korxonalarida logistika bo limi tashkil etildi. AQSh va Yevropa oliygohlari logistika bo yicha mutaxasislar tayyorlay boshladi. yillarda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda logistika jarayonlari qo llanib, savdo-sotiq, iqtisodiy erkin savdo zonalarida logistika xizmat- lari joriy etildi. Ketma-ket bajariladigan jarayonning samarali bajarilishi logistikaning asosiy maqsadidir. Logistika obyekti bo lib tovarlar, shaxslar, axborotlar, texnolo- giyalar, energiya, moliyaviy resurslar hisoblanadi. Tarmoqlar oziq ovqat sanoati, metall ishlab chiqarish va qayta ishlash, kimyo sanoati, qog oz-selluloza sanoati, qog oz ishlab chiqarish, elektron sanoat, tekstil sanoati, mashinasozlik bo yicha xarajatlar ulushi turlicha. rasm. Ishlab chiqarish jarayonida logistika integratsiyasi yilda Butunittifoq logistika Assotsiatsiyasi tashkil etilgan bo lib, u 1993-yil Logistika ishlanmalar Fondi ga о zgartirildi. Yevropa va AQShda Logistik injenerlar jamiyati va assotsatsiyasi mav- jud. 11.3-jadval Logistika tavsifi
Download 357.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling