Boboev L. B., Abduraxmanova N. N. Dasturiy loyihalarni boshqarish fanidan


Download 1.03 Mb.
bet70/79
Sana04.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1077655
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
Bog'liq
Dasturiy loyihalarni boshqarish -типография Мажмуа

5.3.1. Jarayon istisnolari

Dasturlash jarayoni murakkab mazmunga ega. Biror tashkilotda jarayon modellari aniqlanishi mumkin, ammo bu faqat holatni taqdim etadi, ya‘ni yaratish jamoasi kutilmagan muammolarga duch kelishmaydi. Haqiqatda, kutilmagan muammolar loyiha boshqaruvchilari uchun har kungi hayotning asosi.”Ideal” jarayon modeli topilgan muammolarga yechimlarni dinamik o‘zgartirishi kerak. Istisno turlariga misollar, loyiha boshqaruvchisi quyidagilarni taqsimlashi kerak:



  • Kritik loyihalar qayta ko‘rilishidan oldin bir xil vaqtda bir qancha kalit odamlar kasal bo‘lib qolishi.

  • Kompyuter xavfsizligidagi jiddiy uzilish shuni anglatadiki barcha tashqi kommunikatsiyalr bir necha kun mobaynidan harakatdan to‘xtaydi.

  • Kompaniyani qaytadan tuzish shuni anglatadiki, boshqaruvchilar loyihani boshqarishga qaraganda ko‘proq tashkiliy muammolarga ko‘p vaqt sarflashlari kerak.

  • Yangi loyiha uchun takliflarni yozish uchun kutilmagan talablar shuni bildiradiki, natija joriy loyihadan taklifni yozishga o‘tkaziladi.

Muhim jihatdan, istisno ta‘sir ko‘rsatadi va odatda o‘zgartiradi ba‘zi usullarda: resurslar byudjetlar yoki loyiha jadvallari. Barcha istisnolarni aniqlash va ularni formal jarayon modeliga kiritish qiyin. Siz istisnolarni hal qilishingiz va keyin kutilmagan vaziyatlarni yengish uchun “standart” jarayonlarni o‘zgartirishingiz kerak.


5.4. Jarayon o‘zgarishi

Jarayon o‘zgarishi mavjud jarayonga o‘zgartirish kiritish tushuniladi. Taklif qilganimdek siz buni yangi amaliyotlar, metodlar, uskunalarni kiritish,jarayon faoliyatlarini o‘zgartirish yoki jarayondan yetkazib beradiganlarni o‘chirish yoki u yerga kiritish,aloqalarni yaxshilash yoki yangi rol va majburiyatlarni kiritish orqali qilishingiz mumkin.



5.6- rasm. Jarayonni o‘zgartirish

Jarayon o‘zgarishlari mukammallashtirilgan vazifa–maqsadlar: “25% nazoratdan o‘tkazish davomida vujudga kelgan nuqsonlar sonini kamaytirish” tomonidan bajariladi.O‘zgarishlar bajarilgandan so‘ng, siz jarayon o‘lchovlaridan o‘zgarishlar samaradorligini tahlil qilishda foydalanasiz.


Jarayonni o‘zgartirish jarayonida (5.6- rasmda) 5 ta kalit bosqichlar keltirilgan:

  1. Mukammallashtirishni tasdiqlash. Bu bosqich sifatli muammolarga, jarayonni analizlash davomida aniqlangan narx samarasizliklari uchun yo‘nalishni aniqlash uchun jarayon analizlarining natijasidan foydalanish bilan aloqador bo‘ladi.Siz jarayon muammolari uchun yangi jarayonlar,jarayon strukturalari,metodlar, uskunalarni taklif qilishingiz mumkin. Misol uchun biror kompaniya shunga ishonadiki, ko‘plab dasturlash muammolari talablar muammosidan kelib chiqadi. Talablar injiniringidan foydalanishning eng yaxshi amaliyoti boshqaradi (Sommerville and Sawyer, 1997), turli talablar injiniringi amaliyoti kiritiladi yoki o‘zgartiriladi.

  2. Mukammallashtirish afzalligi. Bu bosqich jarayonga mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qilish aloqador. Ko‘plab mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar aniqlanganda, dastlab ularni kiritishni imkoni bo‘lmaydi va siz bunda qaysi biri eng muhimligiga qaror qilishingiz kerak.Siz o‘zgarishlarni kiritsh narxi,tashkilotda o‘zgarishning ta‘siri,mahsus jarayon hududlarini yaxshilash kerakligi va boshqa faktorlarga asoslangan qarorlarni tayyorlashingiz mumkin. Masalan, kompaniya eng yuqori darajali jarayonni o‘z ichiga oluvchi talablarni boshqarishi uchun talablar menejmenti jarayonini tanishtirishni e’tiborga olishi mumkin.

  3. Jarayon o‘zgarishini tanishtirish. Buning ma‘nosi yangi protseduralar,metodlarni, uskunalarni joyiga qo‘yish va ularni boshqa jarayon faoliyati bilan birlashtirish. Siz o‘zgarishlarni kiritish uchun yetarli vaqt berishingiz va bu o‘zgarishlar boshqa jarayon faoliyatlari,tshkiliy protsedura va standartlar bilan taqqoslasa bo‘lishini ta‘minlashingiz shart. Bu o‘z ichiga talabni boshqarish uchun uskunalarni egallash va bu uskunalardan foydalanish uchun jarayonlarni loyihalashni o‘z ichiga oladi.

  4. Jarayon mashg‘uloti. Mashg‘ulotsiz jarayonni o‘zgartirishning to‘liq foydasiga erishishning umkoni yo‘q. Injenerlar taklif qilingan o‘zgarishlarni va yangi va o‘zgargan jarayonlarni qanday bajarishni tushunishi kerak. Jarayon o‘zgarishlari ko‘pincha yetarli mashg‘ulotlarsiz yuklanadi va bu o‘zgarishlarning ta‘siri mahsulot sifatini yaxshilashga qaraganda tezroq yomonlashadi. Talablar menejmenti bo‘lsa, mashg‘ulot talab menejmenti qiymati,jarayon faoliyati izohi va tanlangan uskunalarni kiritish qiymatini muhokamasini o‘z ichiga oladi.

  5. O‘zgarishni sozlash.Taklif qilingan jarayon o‘zgarishlari hech qachon ular kiritilishi bilanoq to‘laliicha samarali bo‘lmaydi. Siz vujudga kelgan katta muammolarda vaqtni sozlashingiz kerak va jarayon uchun o‘zgarishlar taklif qilinadi va kiritiladi. Bu sozlash davri yaratiuvchi injenerlar yangi jarayon bilan xursand bo‘lgunicha bir necha oy davomida o‘tkaziladi.

Bir vaqtda ko‘p o‘zgartirish kiritish yahshi emas. Tajribaviy qiyinchilikdan tashqari bunda hae bir o‘zgartirish jarayonga qanday ta‘sir qilishini aniqlash qiyin bo‘ladi. O‘zgartirish kiritilgandan kegin mukammallashtirish jarayonini tahlil qilish mumkin, texnologik muammolarni yechish uchun o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinadi va hokazo.
O‘zgartirish jarayonlarida ikki turdagi qiyinchiliklar uchrashi mumkin:

  1. O‘zgartirish kiritishga qarshilik. Guruh a‘zolari yoki loyiha boshqaruvchilari jarayonga o‘zgartirish kiritishga qarshilik qalishlari mumkin, o‘zgartirishlar ta‘sir ko‘rsatmasligini sabablarini keltirishlari mumkin va o‘zgartirish kiritishni orqaga surishlari mumkin. Jarayonga taklif etilgan o‘zgartirishni samarasiz ekanligini ko‘rsatish maqsadida ular ma‘lumotlarni o‘zgartirish va interpritasiya qilish jarayonini qastdan qiyinlashtirishlari mumkin.

  2. Qat’iylikni o‘zgartirish. Bu o‘zgartirishlarni jarayonga joriy etish mumkin bo‘lsada, bu yangiliklar qisqa vaqt ichida bekor qilinib jarayon yana o‘z holiga kelib qoladi.

O‘zgartirishga qarshilik o‘zgartirilayaotgan jarayonda qatnashilayotgan loyiha boshqaruvchisi va muhandisidan bildirilishi mumkun. Loyiha boshqaruvchilari ko‘pincha nomalum havf-hatarlarga duch kelishi mumkun bo‘lganligi uchun har qanday yangilikka qarshi chiqadilar. O‘zgartirish dasturiy ta‘minotni ishlab chiqarilishini tezlatish yoki dasturiy ta‘minotdagi defektlarni kamaytirishga qaratilgan bo‘lishi munkun. Lekin jarayonga kiritilgan o‘zgartirishlar samarasiz bo‘lishi yoki o‘zgartirish kiritishga ketgan vaqt tejalishi mumkin bo;lgan vaqtdan oshib keshi mumkin. Loyiha boshqaruvchilari dasturiy ta‘minot liyihasi vaqtida va byudjetdan chiqmagan holda bajarilishini nazorat qiladi. Shuning uchun ular samarasiz bo‘lsa ham o‘ziga ma‘lum bo‘lgan jarayonni qisqa muddatli havf-hatarlar uchraydigan yaxshilangan jarayondan afzal biladilar.
Muhandislar o‘zgartirishlarga shu sabablarga ko‘ra qarshilik ko‘rsatishi mumkin yoki ular bu jarayonlarni o‘zining proffessionallizimiga hatar sifatida qabul qiladi.
Yangi jarayon ularning qobilyat va tajribasini yo‘qqa chiqaradi deb xisoblashadi. Yangi jarayonda kam odam ishlatilishi va ular ishini yo‘qotishi mumkin deb o‘ylashadi. Balki ular yangi usul, vosita va ko‘nikmalarni o‘rganishni hohlashmas.
Boshqaruvchi sifatida siz o‘zgartirilayotgan jarayonda qatnashayotgan odamlarni tuyg‘ulariga etibor berishingiz lozim. Siz jamoani to‘lig‘icha jarayon o‘zgartirishiga chorlashingiz kerak, ularning shubhalarini tushunishingiz kerak. va yangi jarayonni rejalashtirishga tortishingiz lozim. Jarayonni o‘zgartirishga qiziqtira olsangiz ular bu o‘gartirish ishlashini o‘zlari hohlaydilar. 1990 yillarda urufga kirgan jarayonda radikal o‘zgartirishlar kiritgan biznis-jarayonni qayta ishlashlar (Hammer, 1990; Ould, 1995) ko‘p holatlarda muvaffaqiyatsiz bo‘lgan chunki ularda odamlarning tashvishlari inobatga olinmagan.
Loyiha grafik va sarflarga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi o‘zgartirishlar bilan ishlaydigan loyiha boshqaruvchilarini muammolarni yechish uchun siz o‘zgartirishga ketadigan qo‘shimcha sarflarni hisobga olib loyiha byudjetini ko‘paytirishingiz lozim. Shuningdek siz o‘zgartishning samarasi qisqa muddatli bo‘lishiga nisbatan realist bo‘lishingiz kerak. o‘zgartirishlar katta mashtabdagi mukammallashtirishlarga olib kelmaydi. Jarayonni o‘zgartirishni natijasi uzoq muddatda bilinadi shuning uchun siz jarayon o‘zgartirishni bir nechta loyihada quvvatlashingiz lozim.
Kelgusida rad etilgan o‘zgartirishlarni muammosi bitta. Mukammallashtirishga olib keladigan o‘zgartirishlarni ularga qattiq ishongan “evangelist” tomonidan taklif etilgan bo‘lishi mumkin. U o‘zgartirishlar samarali ekanligini kafolatlash uchun qattiq ishlashi mumkin va yangi jarayon qabul qilinadi. Lekin agar ‘evangilist’ biror joyga ketsa uning o‘rniga yangi jarayonga o‘zini kamroq baxshida etadigan shaxs qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun jarayonda qatnashadigan oodamlar oldingi usullarga qaytishi mumkin. Bu ayniqsa kiritilgan o‘zgartirishlar universal bo‘lganda va jarayon o‘zgartirishning to‘liq foydasi bilinmagan hollarda bilinadi.
5.5. bobda ko‘rilgan CMMI modelida doimiylik muammosini jarayon o‘zgartirishini institutsionalizatsiyasi haqida ko‘p baxs brogan. Buda o‘zgartirish jarayoni alohida ko‘rilmaydi balkim butun kompaniya tomonidan qabul qilingan umumiy amalyotga aylanadi.




    1. Download 1.03 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling