Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

2-topshiriq: Berilgan gaplar tarkibidan sifatlarni toping, ularni asliy va nisbiy 
sifatlarga va ma’no guruhlariga ajrating. 
1.Xalqimiz qadimdan shu zaminga kuchli mehr, yuksak madaniyat ila 
munosabatda bo’ganlar. 2.Kampirning bu so’zlarida cheksiz mehr, allaqanday 
nozik ichki bir dard bor edi. 3.Elchi o’rnidan turib, yuzlari cho’zinchoq, ko’zlari 
katta, novchadan kelgan Siparganizga ta’zim qildi. 4.Kelinga ko’zimiz tushadi: 
yumaloq qip-qizil loladay yuzli, ko’zlari uchqunli, yaxshigina, go’zalgina qiz. 
5.Sadafbibi qoramag’’izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko’zlari qop-qora. 
6.Bobur temuriylar sulolasining so’nggi, qolaversa, yirik va jasur vakili edi. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________  
Sifatlarda daraja shakli. Sifatlar belgini har xil darajada bildirishi mumkin: 
me’yoriy-o’rta darajada, me’yordan kuchli yoki kuchsiz. Bir belgining narsa-
buyumlar orasida ortiq-kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajalari deyiladi. 
Sifatlarda 4 xil daraja bor:
1. Oddiy daraja. 2. Qiyosiy daraja.3. Orttirma (kuchaytirma) daraja.4. Ozaytirma
Oddiy daraja. Belgining ortiq-kamlik munosabati ifodalanmaydigan sifatlar oddiy 
darajadagi sifat deyiladi. Ular belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiradi va 
boshqa darajalar uchun asos bo’ladi. Oddiy darajaning maxsus ko’rsatkichi yo’q: 
ishchan, yaxshi, ulkan, serhosil.
Qiyosiy daraja belgining me’yordan biroz kam yoki ortiqligini qiyosan 
ifodalaydigan sifat shaklidir. Bu –roq qo’shimchasi orqali hosil qilinadi: tozaroq, 
yoxshiroq, kattaroq, semizroq.
Orttirma daraja belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiradi va quyidagicha 
hosil bo’ladi:
1.Fonetik usul: a)sifatning bosh bo’g’ini yoki qismini olib p,m kabi tovushlar 
orttiriladi yoki oddiy daraja shaklidagi sifatning 1-bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan 
takrorlanadi: yam-yashil, sap-sariq, kap-katta, oppoq, bus-butun.
b) unlilar cho’zib talaffuz qilinadi yoki undoshlar qavatlab aytiladi: uuzun, tekkis.
2. Leksik usulda orttirma daraja maxsus so’zlar yoki so’z birikmalari orqali hosil 
qilinadi: eng, juda, g’oyat, bag’oyat, nihoyatda, behad, benihoya, g’irt, tim, jiqqa, 
to’q, biram, haddan ziyod, o’ta, hammasidan. M-n: eng go’zal, nihoyatda katta, 
o’ta mushkul, jiqqa ho’l.
Ozaytirma daraja belgining me’yordan kam ekanligini bildiradi va quyidagicha 
hosil bo’ladi:


56 
1. Morfologik usulda ozaytirma daraja maxsus qo’shimchalar orqali hosil bo’ladi: 
oqish, qoramtir, ko’kimtir, yangigina,
2. Leksik usulda ozaytirma daraja maxsus so’zlar yordamida hosil bo’ladi: sal, 
picha, xiyla, biroz, nim, och, xiyol. M-n; sal pushti, xiyla ayyor, och qizil.
Eslatma: -roq qo’shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so’zlari bilan sinonim 
bo’la oladi. M-n: qizilroq - sal qizil - och qizil
Belgining kuchsizligini ifodalash uchun leksik-morfologik usuldan birdaniga 
foydalanish ham mumkin: sal ko’kish.
3-topshiriq: Gaplarda ishtirok etgan sifatlarning darajalarini aniqlang. 
1.Chakalaakzor qorong’ulikda vahimali va sirli ko’rinar edi. 2.Onamning ismi 
Enaxon, nihoyatda ko’ngilchan, zahmatkash ayol. 3.Bo’yi mendan kattarog’-u, o’zi 
sap-sariq. 4.Uning nazarida bundan suyumliroq, bundan ham zavqliroq va 
shvqliroq ish yo’q edi. 5.Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling