Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

qo’shimchali fe’l).
3. Abbreviatsiya usulida qisqartma otlar yasaladi. Qisqartma otlarning orasiga 
nuqta qo’yilmaydi, bo’g’in ko’chirilmaydi. Ular quyidagicha hosil qilinadi:
a)so’zlarning 1-harfidan: DAN, DTM, BMT;
b) 1-so’zning 1-bo’g’ini va boshqa so’zlarning 1-harfini olish bilan: O’zMU, 
SamDU, O’zDJTU;
d)so’zlarning bosh qismidan: ijroqo’m, matfak;
e) aralash yo’l bilan: O’zLiDeP.
Agar qisqartmalarga qo’shimcha qo’shilsa, ular qo’shib yoziladi:JDPIda, 
NATOga. Lekin yonma-yon kelgan qisqartmalar ajratib yoziladi: XDP MK 
(O’zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi).
Eslatma: Akademik litsey darsligida qisqartma so’zlar yasama so’zlarga 
kiritilmaydi. Chunki so’zni qisqartirish faqat so’zning shakliga oid bo’lib, ma’noga 


54 
ta’sir etmaydi.Qisqartma so’zlar murakkab nomning qisqartirilgan ko’rinishidir.
So’z turkumlariga hech qanday yasovchi qo’shimcha qo’shilmasdan ham bir 
turkumdan boshqa bir turkumga o’tib qolishi mumkin: temir(ot) qoshiq, 
kumush(ot) qish, cho’yan(ot) pechka
SIFAT 
Shaxs va narsa-buyumning belgi-xususiyatini bildirib qanday? qanaqa? 
so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar sifat deyiladi: moviy, shirin, ulkan.
Sifatlarning morfologik xususiyatlari:
1.Sifatlar otga bog’langanda ot egalik va kelishik qo’shimchalarini oladi. Lekin 
sifat o’zgarmaydi: hayotiy tajribalaridan.
2.Sifatlarda daraja shakli mavjud: ko’k-ko’kish-ko’kimtir.
3. Sifatlar yasalish xususiyatiga ega: topqir, tortinchoq, uyli.
Sifatlarning sintaktik xususiyatlari.
1.Sifat, asosan, otga bog’lanib, gapda aniqlovchi vazifasida keladi: jo’shqin qalb, 
mohir usta.
2.Ba’zan sifatlar fe’lga bog’lanib, gapda hol vazifasida ham keladi: qattiq 
ta’sirlandi, chiroyli kuldi.
3.Sifatlar kesim vazifasida ham keladi: Ishlarim yaxsh. Suv mo’l.
4. Sifatlar otlashib ega, qaratqichli aniqlovchi va to’ldiruvchi vazifasida keladi. 
M:Musobaqani kattalar boshlab berdi. Xalq zolimning gapiga ishondi. 
Mug’ombirlarni hech kim hurmat qilmaydi. 
1-topshiriq:Sifatlar ishtirokida gaplar tuzing va ularning gapdagi vazifasini 
aniqlang. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Sifatlarning ma’noviy guruhlari:
a) rang-tus sifatlari: qizil, sariq, yashil,moviy, ko’k;
b)maza-ta’m sifatlari; shirin, mazali, sho’r, taxir, nordon, achchiq;
d)xususiyat bildiruvchi sifatlar: sho’x, mug’ombir, quv, sodda;
e) holat bildiruvchi sifatlar: nam, ho’l, shalabbo, xafa, xursand;
f) shakl sifatlari: ozg’in, bo’ydor, novcha, oriq, semiz;
g) hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo’y, sassiq, qo’lansa;
h) hajm, vazn sifatlari: og’ir, yengil;
i) o’rin yoki vaqtga nisbat bildiruvchi (makon, zamon)sifatlari: ichki, tashqi, 
qadimiy, zamonaviy, yozgi, qishki 
Asliy va nisbiy sifatlar
Asliy sifatlar belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydi va uni darajalab ko’rsatish 


55 
imkoniyatiga ega bo’ladi. M-n: aqlli, oq, katta,yuzaki.
Nisbiy sifatlar belgini to’g’ridan to’g’ri emas, balki boshqa tushunchaga 
nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan 
sifatlardir: qishki, ko’chma, derazali, devoriy, ruscha, ko’rinmas, ko’ylakchan.
 Eslatma: Ulug’ va buyuk ma’nodosh, lekin ulkan va gigant ma’nodosh emas. 
Odam so’zi ulug’, buyuk, ulkan sifatlarini qabul qiladi. Gigant binolarga 
xoslangan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling