Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

shifokorni chaqirdi, hammani yig’di, uchrashuvni kechiktirdi. Tushum kelishigi 
qo’shimchasi ham qisqargan shaklga ega: Dardin to’kdi bechora oshiq.(qaratqich 
va tushum kelishigida qisqargan shaklda har doim uning oldidan III shaxs egalik 
qo’shimchasi bo’ladi: Bu o’zbek xalqin tuprog’i) Bu holat belgili hisoblanadi.
Jo’nalish kelishigi ham ot bilan fe’lni bog’laydi.Boshqa so’z turkumlarini ham 
bog’lashi mumkin. M-n: uyga ketdi, menga yaxshi, hammaga berdi. Gapda 
vositali to’ldiruvchi, hol, kesim vazifasida keladi. Eski o’zbek tilida -ru, -karu, -
qaru, -g’aru shaklida berilgan.
Jo’nalish kelishigi k undoshi bilan tugagan so’zlarga -ka tarzida (kurakka, tilakka), 
q undoshi bilan tugagan so’zlarga -qa tarzida (buloqqa, yotoqqa) qo’shiladi. 
Qolgan barcha hollarda so’z qanday tovush bilan tugashidan qat’i nazar -ga 
qo’shiladi: bog’ga, pedagogga. Jo’nalish kelishigi ham belgisiz ishlatilishi 
mumkin: bozor (ga) ketdi.
O’rin-payt kelishigi ot bilan fe’lni bog’laydi. Boshqa so’z turkumlarini ham 
bog’lashi mumkin: gazetada bosildi (ot+fe’l), o’qishda birinchi (harakat 
nomi+son), uyda yolg’iz (ot+sifat), menda bor (olmosh+modal so’z). Ba’zan 
belgisiz ham qo’llaniladi: Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz 
hayda.Qisqargan shakli yo’q.Gapda vositali to’ldiruvchi, payt holi, o’rin holi, 
kesim vazifasida keladi.
Payt otlariga qo’shilib, qachon? So’rog’iga javob bo’ladi va hokim qismda 
ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday so’zlar gapda payt holi 
vazifasida keladi.Masalan:Yozda oilam bilan dam olish uchun tabiat qo’yniga 
chiqmoqchimiz.
Chiqish kelishigi ham ot bilan fe’lni bog’laydi, boshqa so’z turkumlarini ham 
bog’lashi mumkin. M-n: uydan chiqdi, sendan yaxshi, oydan go’zal. –dan 
qo’shimchasi shevalarda, yozma yodgorliklarda, mumtoz adabiyotda –din, -tin, -
tan, -nan shaklida uchraydi. Doim belgili qo’llaniladi.Gapda vositali to’ldiruvchi, 
o’rin holi, payt holi, sabab holi, kesim vazifasida keladi.
Eslatma: Ba’zan tushum kelishigi o’rnida chiqish kelishigi ishlatilishi mumkin. 
Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum kelishigidagi so’z butunni, 
chiqish kelishigidagi so’z qismni bildiradi.Masalan: uzumni ye – uzumdan ye
7-topshiriq: Matnda kelishik qo’shimchalari bilan birga qo’llangan so’zlarning 
sintaktik vazifasini aniqlang. 
Inson umri davomida o’ziga sodiq do’stlar orttiradi. O’g’il ham, qiz ham, kim 
bo’lishidan qat’i nazar o’z faoliyatida, o’qishda, mehnatda, uzoq safarda
odamlar orasida o’ziga fe’li, muomalasi bilan yoqib qolgan kishi bilan 
do’stlashadi.
Do’stlik nihoyatda nozik bo’lib, uni asrab-avaylash lozim. Do’stlik insonning 
bolalik davrida boshlanadi. Bolalikdan boshlangan do’stlik odamzodning keyingi 


52 
ulg’aygan va kamolga erishgan davrida orttirgan barcha do’stlari orasida alohida 
o’rin tutadi.
Kelishik qo’shimchalarining uslubiy xususiyatlari. Kelishik qo’shimchalari 
grammatik ma’no ifodalash bilan birga o’ziga xos uslubiy xossalari va bo’yoqlari 
bilan ajralib turadi. Ular bir-birining o’rnida ishlatilishi mumkin:
- ni va -dan qo’shimchalari: nonni oling – nondan oling;
- ni va - ga qo’shimchalari: gapingizni tushunmadim – gapingizga tushunmadim;
- ni va -da qo’shimchalari: bog’ni aylandim – bog’da aylandim;
- ning va -dan qo’shimchalari: kelganlarning biri – kelganlardan biri;
-ga va -dan qo’shimchalari:eshikka sig’madi – eshikdan sig’madi;
-ga va - da qo’shimchalari: maktabga yig’ildi – maktabda yig’ildi;
-da va -dan qo’shimchalari: radioda e’lon qildi – radiodan e’lon qildi.
Kelishiklarning boshqa qo’shimchalar bilan ma’nodoshligi.
- ning, -dagi: sening irodang- sendagi iroda;
-dan, -niki: bu daftarlar kimdan- bu daftarlar kimniki;
-dan, -lik: shahardanman – shaharlikman. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling