Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

To’xtasin, Ulbo’sin…
Undov so’zlardan: Rahmat, Marhamat, Marhabo…
Olmoshdan: Kimsan.
Ravishdan: Muqaddam.
Ba’zi atoqli otlar turdosh otga o’tishi mumkin: amper, nyuton, rentgen, volt, vat. 
Turdosh otlar. Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin –joy, faoliyat-jarayon nomlarini 
bildiruvchi otlar turdosh otlar sanaladi. Turdosh otlar quyidagilar:
Shaxs otlari. Shaxs otlari kim? so’roqlariga javob bo’lib, shaxslarni yoshiga, 
joyiga, mansub unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga
nasl-nasabiga ko’ra nomlab keladi. Masalan: Shavkat eng oldin enasi bilan 
quchoqlashib, xayr-xo’shlashdi. Bir hovli bola dupir-dupir qilib to’rt tarafga 
yugurib ketdi.
Narsa otlari. Nima? so’rog’iga javob bo’lib, jonli va jonsiz narsalarning nomlarini 
bildirgan otlarga narsa otlar deyiladi.Masalan, arslon, sho’rva, ko’ylak, yulduz, 
ayiq, yalpiz, bo’ri, shim, tesha. 
O’rin-joy otlari. Qayer? so’rog’iga javob bo’lib, o’rin-joy ma’nosini bildiruvchi 
otlar sanaladi. Bunda otlar o’rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini ham 
bildiradi. Shuning uchun qayer? so’rog’i bilan birga nima? so’rog’ini ham olishi 
mumkin.M:Hamma maktab tomon shashardi.Tog’dagi sayr hammaga yoqdi. 
Faoliyat-jarayon nomini bildiruvchi otlar. Shaxs va narsalarning faoliyat 
jarayonini nomlovchi otlar faoliyat-jarayon otlari deyiladi. Faoliyat-jarayon otlari -
lik, -chilik, -garchilik, -(u)v, -(i)m, -(i)q qo’shimchalari yordamida yasaladi: 
g’allachilik, serobgarchilik, chaquv, terim, unum va hokazo.
1.Terim boshlanganidan buyon Sayyora daladan beri kelmaydi.
2.Huriniso ipakchilik zvenosining boshlig’i bo’lgan ekan.
3.Yolqin akam traktor terimidan bo’shagandan keyin hovlining kamchiliklarini 
tuzatdi.
 4.Kuni kecha xayrlashuv tantanasi bo’ldi.
5.Bilim kishining ko’nglini yoritadi, unga ro’shnolik beradi. 
2-topshiriq:Berilgan gaplardan joy nomlari va shaxs otlarini aniqlang. 
1.Jiydakapa do’ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. 2.Maktab bog’ida 
o’qituvchilar va o’quvchilar birgalikda mehnat qilishdi. 3.ramazon kirdi… Dadam 
meni bozorshabga olib bordi. 4.Kampirning o’tovi Zolariqning chap qirg’og’ida 
edi. 5.Nurali bu tomonlarda juda mashhur edi. 
Joy nomlari_________________________________________________________ 
Shaxs otlari_________________________________________________________ 
3-topshiriq:Turdosh otlarni guruhlarga bo’lib chiqing. 
Opasi savatda olma, behi, anor, nashvati olib kirib, dasturxon tuzashga tushdi. 
Ukasining so’rog’ini kutmay, oiladagi yangiliklardan gapira boshladi… 
“Hashtak-pashtakni” eshitib, O’rinboyning esiga onasi tushdi. Bog’larida bir 
tup subhoni o’rik bo’lardi. Shu o’riklar burunning qonidau qizarib pishganida 
onasi go’shtini danagidan bitta-bitta ajratardi-da, keyin danagini chaqib, yana 


47 
go’shti orasiga tiqib juftlagach, oftobga yoyib quritardi. Tayyor bo’lganida 
og’zingizga solsangiz, xuddi mag’izli holva yeganning savobini topardingiz…
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
Aniq va mavhum otlar. Turdosh otlar ifodalanayotgan tushunchaning xarakteriga 
ko’ra ikkiga bo’linadi:
1.Aniq otlar sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lgan narsalarni 
bildirgan otlar. Masalan:kitob, ovoz, parda, qalam, gul.
2.Mavhum otlar – sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo’lmagan, 
tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildiradigan otlar. Masalan: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling