Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
dev, aql, xayol, go’zallik, qalb, tuyg’u, maqsad, hayo, baxt, orzu, sevinch, rashk,
nafrat va hokazo. Turdosh otlar birlik shaklda bir turdagi predmetning o’zi yoki to’dasini bildirishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1.Yakka otlar bir narsaning aynan o’zini bildiradi: odam, stol, daraxt, uy. 2.Jamlovchi (to’da) otlar birlik shaklda ham ayrim predmetlarning jamini bildiradi; armiya, xalq, to’da, uyur, ko’pchilik, olomon. Sanalish sanalmasligiga ko’ra otlar 2 xil bo’ladi: 1. Sanaladigan otlar: olma, maktab, kitob, daraxt… 2. Sanalmaydigan otlar: soch, qum, havo, shamol, un, tuz… Otning grammatik shakllari 3ta: son, egalik, kelishik. Eslatma: Otlar nutqda har doim son va kelishik skakllarida bo’ladi: bola – bosh kelishikda, birlikda. Egalik shakllari esa otning grammatik shakllanishida har doim ham qatnashavermaydi. Son shakllari Otlarda birlik,ko’plik ma’nolari hamda bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar tizimi son shaklini tashkil qiladi.Otlardagi birlikning maxsus ko’rsatkichi (qo’shimchasi) yo’q: bahor, ota, guldon. Ko’plik shakli esa –lar qo’shimchasi orqali hosil bo’ladi va bu morfologik usul deyiladi: guldonlar. Otning birlik yoki ko’plik sonda bo’lishi grammatik son (yoki ko’plik) deyiladi. Otlarda ko’plik shakli boshqa usullar bilan ham hosil bo’lishi mumkin: 1.Semantik usulda shaklan birlikda bo’lgan otlar ma’no jihatdan ko’plikni bildiradi: omma, ozchilik. 2. Leksik usulda bir ot oldidan ko’plik ma’nosini bildiradigan so’z qo’yiladi:ko’p odam, bir qancha jurnal. 3. Sintaktik usulda otning oldiga biron raqam qo’yiladi: to’rtta kitob, uchta gul 4.Takroriy so’zlar orqali: etak-etak, qop-qop. 5.Leksik-morfologik usulda ko’plik ham so’z, ham qo’shimcha orqali hosil qilinadi: ko’p mashinalar –lar qo’shimchasi ko’plik ma’nosidan tashqari quyidagi ma’nolarni bildiradi: 48 -sanalmaydigan otlarga qo’shilsa, ularning xilini, turini, navini bildiradi: yog’lar (qo’y, mol) -mavhum otlarga qo’shilsa, ma’no kuchayadi: tuyg’ular, nafslar; -doim yakka holda bo’ladigan predmetlarga qo’shilsa, ma’no kuchayadi:boshlar, qorinlar. Boshlarim og’ridi. - juft predmetni bildiradigan otlarga qo’shilsa, ma’no kuchayadi: qo’llar, ko’zlar. Ko’zlarimga ishonmayman. –atoqli otlarga qo’shilib, jamlikni bildiradi: Behruzlar keldi. –atoqli joy nomlariga qo’shilib kelsa, shu joy va uning atroflari, turli nuqtalariga ishora ma’nosini bildiradi: Toshkentlarda o’qigim keladi. Mirzacho’llar obod bo’ladi. –qarindoshlikni bildiruvchi otlarga egalik qo’shimchasidan keyin qo’shilsa, hurmat ma’nosini bildiradi: Dadamlar, ayamlar.(Agar ko’plik qo’shimchasi egalik qo’shimchasidan oldin qo’shilsa ko’plikni bildiradi: xolalarim, opalarim) –kinoya ma’nosini bildiradi: O’zlariyam kelibdilarda. –planeta, yulduz nomlariga ko’plik qo’shimchasi, odatda qo’shilmaydi. Agar ular ko’chma ma’noda qo’llansa, ko’plikni olishi mumkin: Zuhrolarga o’xshataman yuzingni. Husning oldida oylar xijolat. –noaniqlikni bildiradi: avvallari bu kitobni o’qiganman. Yuqoridagi misollardagi –lar qo’shimchasi uslubiy ma’no (ko’plik)deyiladi. Otlardagi ko’plik qo’shimchsi lug’aviy shakl yasovchilarga kiradi. 4-topshiriq: -lar qo’shimchasi bilan kelgan otlarning qanday ma’no anglatayotganini aniqlang. 1.Ko’zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo’llarim. Kapalak izidan quvib tinmasdan, Yulduzlarni sanar edim tunlari.2.Shavkatlarning kattagina uzumzor bog’I bor. 3.dadamlar: - Xo’sh, qalay, bu yerlar oqdimi? Hamma yoq Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling