Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
sokin. Qushlar, baliqlar – bizniki, - dedilar. 4. Bahor keldi. Ariqlarda suvlar to’lib,
sharqirab oqa boshladi. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 5-topshiriq: -lar qo’shimchasi ishtirokida gaplar tuzing va qanday ma’no anglatayotganligini aniqlang. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 49 Egalik shakllari Nutqimizda 3 ta shaxs bor: 1-shaxs so’zlovchi; 2-shaxs tinglovchi, 3-shaxs o’zga. Otlarning uchala shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan qo’shimchalar egalik qo’shimchalari deyiladi.Ot va otlashgan so’zlarning egalik qo’shimchalari bilan shaxs va sonda o’zgarishi turlanish deyiladi. Birlik Ko’plik I shaxs –m, -im -miz, -imiz IIshaxs -ng, -ing -ngiz, -ingiz IIIshaxs -si, -i -(lar)i Eslatma:Egalik qo’shimchasining II shaxs ko’plik shaklida 3 ta morfologik varianti mavjud: uyingiz, uylaring, uyinglar. Ba’zi so’zlarda egalik qo’shimchasi ketma-ket tarzda qo’shillishi mumkin. Bu III shaxs egalik qo’shimchasini qo’shganda yuz beradi: yarim+i+si=yarmisi, singlisi. Egalik qo’shimchalarining III shaxsi birlik va ko’plik uchun umumiydir: uning uyi – ularning uyi. Egalik qo’shimchalari ayrim otlarga qo’shilsa, quyidagicha o’zgarish bo’ladi: -tovush tushishi: zahri, burni, qorni. –tovush almashishi: elagi, qishlog’i. Ko’p bo’g’inli o’zlashma so’zlarga, bir bo’g’inli ko’pchilik so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda k,q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: huquqi, erki, ishtiroki, idrokim. –tovush ortilishi, o,o’,u,e unlilari bilan tugaydigan so’zlarga egalik qo’shimchalari quyidagicha qo’shiladi: a)ko’pchilik so’zlarga egalik qo’shimchalari tovush orttirmay qo’shiladi: bobong, bobosi, bobongiz, orzum, orzung, orzumiz. b) parvo, obro’, mavqe, mavzu, avzo so’zlarga I,II shaxs egalik qo’shimchalari qo’shilganda bir y tovushi qo’shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoyingiz, obro’yim, obro’ying, mavqeyim, mavqeyingiz, mavzuyimiz, mavzuyingiz, avzoyingiz III shaxs egalik qo’shimchasi parvo, avzo,obro’ mavqe so’zlariga -yi shaklida,xudo, mavzu so’zlariga esa -si shaklida qo’shiladi: parvoyi, avzoyi,obro’yi, mavqeyi mavzusi, xudosi. Eslatma.Egalik qo’shimchalarining I-II shaxs ko’pligi ba’zan belgisiz (qo’shimcha tushib qoladi) qo’llanishi mumkin: bizning litseyimiz – bizning litsey, sizning uyingiz – sizning uy. Egalik shakllari quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1. Qarashlilik ma’nosini: Kitobing juda qiziqarli ekan. 2. Xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini: Bobur bog’i, Orol dengizi. 3. Harakat bajaruvchining shaxs va sonini bildiradi. Bunda egalik qo’shimchasi sifatdosh yoki harakat nomiga qo’shiladi: O’qiganlarim bekorga ketmadi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling