Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

8-topshiriq: Gaplar tarkibidagi kelishik qo’shimchalarini ma’nodoshiga 
almashtirib yozing. 
1.Men bu kitobdan bir necha marta o’qiganman. 2.Odamlar shovqin ovozini 
eshitib, maydonga yig’ildilar. 3.Bolalarning bir qanchasi holva tarqatayotgan 
amakining yoniga chopib ketdi. 4.Kechagi goliblarni mikrafonda e’lon qil.
Eslatma.Otlardagi egalik va kelishik qo’shimchalari otlarning munosabat shakllari 
deyiladi. 
Otning vazifadosh shakllari
1. Kichraytirish shakli –cha, -choq, -chak qoshimchalari orqali hosil bo’ladi.M-n: 
uycha, qo’zichoq, kelinchak. Ba’zan –cha qo’shimchasi erkalash va suyish 
ma’nosida ham keladi:asalcha
2.Erkalash shakli –xon, -jon, -bek, -oy, -(a)loq, -bonu, -gina qo’shimchalari bilan 
hosil bo’ladi: bo’taloq, qizaloq, Sayfiddinjon, Bahoraoy, Rustambek, qizginam, 
oppoqqina.
3. Hurmat shakli qarindoshlikni bildiruvchi otlarga egalik qo’shimchasidan keyin 
lar qo’shimchasini qo’shish bilan hosil bo’ladi. Qaysi shaxsdagi egalik 
qo’shimchasi bilan qo’llanilishiga ko’ra ko’plik va egalik qo’shimchalari 
quyidagicha joylashadi:
1)I-II shaxs egalik qo’shimchasi bilan kelganda, ko’pincha, egalik qo’shimchasi 
oldin, ko’plik qo’shimchasi undan keyin keladi: Dadamlar keldilar. Xolamlar 
salom aytdilar. Ko’plik shakli oldin, egalik keyin kelsa, shaxsning ko’pligini 
ifodalaydi: Opalarim kelishdi.
2)III shaxsda ko’plik shakli oldin, egalik shakli keyin keladi: Bu kishi 
dadamlarning opalari bo’ladi.
4. Qarashlilik shakli –niki qo’shimchasi orqali hosil bo’ladi va bir predmetning 
shaxs yoki narsaga qarashliligini bildiradi: maktabniki, qizimniki. Otning egalik 


53 
shakli ham qarashlilikni, ya’ni predmetning 3 shaxsdan biriga tegishliligini 
bildiradi: bog’im – I shaxs birlik. Qarashlilik shakli ham tegishlilikni bildiradi, 
lekin unda shaxs va shaxsning soni tushunchalari yo’q. –niki shakli eski o’zbek 
tilida maning turur,Ahmadning turur (meniki, Ahmadniki).
5.Chegara shakli –gacha, -kacha, -qacha qo’shimchalari orqali hosil bo’ladi va 
chegara ma’nosini bildiradi.M-n: uygacha, qishloqqacha.
6.O’rin-joy shakli –dagi qo’shimchasi orqali hosil bo’ladi: osmondagi 
Eslatma: Otlardagi son, kichraytirish va erkalash qo’shimchalari otlarning 
lug’aviy shakllari hisoblanadi. 
Otlarning tuzilish jihatdan turlari
Ular 4 xil bo’ladi: 1) sodda; 2)qo’shma; 3)juft; 4)takroriy.
Sodda otlar bir o’zakdan tashkil topadi. Ular 2 xil bo’ladi: tub (barg, stol, parda), 
yasama (o’quvchi, tepalik, somsapaz).
Qo’shma otlar: belkurak, qo’lqop. Qo’shma ot qismlarida qanday munosabat 
borligi birmuncha anglashiladi:
- aniqlovchi-aniqlanmish: belbog’, so’zboshi, oqqush, itbaliq;
- to’ldiruvchi-kesim: otboqar, muzyorar, o’rinbosar;
-hol-kesim: iskabtopar, beshotar;
-kesim-undalma:yoriltosh, ochildasturxon, urto’qmoq;
-ega-kesim: Soykeldi, Ilono’tdi.
Juft otlar bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli asoslardan tashkil topgan 
so’zlardir. Ular jamlikni bildiradi va quyidagicha hosil bo’ladi: ota-ona, qozon-
tovoq, kuch-quvvat, or-nomus, do’st-dushman.
Takroriy otlar bir otning takrorlanishidan hosil bo’ladi: un-pun, qator-qator, 
choy-poy.
 Otlarning yasalishi Otlar 3 xil usul bilan yasaladi:
1. Morfologik (affiksatsiya)usulda o’zakka so’z yasovchi qo’shimcha qo’shish
orqali ot yasaladi: ijodkor, gulzor, dehqonchilik, soatsoz, xolavachcha.
2. Sintaktik (kompozitsiya) usulda qo’shma otlar yasaladi: oshqozon (ot+ot), 
kaltakesak (sifat+ot), gulbeor (ot+sifat), qirqquloq (son+ot), o’rinbosar (ot+ -ar 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling