Boboqulova-nilufar pdf


I BOB. TILSHUNOSLIKDA METAFORA TUSHUNCHASINING


Download 441.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/31
Sana24.03.2023
Hajmi441.28 Kb.
#1290268
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
dissertatsiya metafora

I BOB. TILSHUNOSLIKDA METAFORA TUSHUNCHASINING
ILMIY NAZARIY ASOSLARI
1.1-§. Metaforaning tilshunoshlikda o rganilishi va rivojlanish
ʻ
bosqichlari
Har xil lingvomadaniyatlardagi turg‘un o xshatishlarni qiyoslash insonning
ʻ
xarakteri va xatti-harakati bilan bog‘liq bo lgan o xshatishlarning etaloni sifatida
ʻ
ʻ
hayvon va jonivorlarni bildiruvchi so zlardan ko proq foydalanilganini ko rsatadi.
ʻ
ʻ
ʻ
Masalan, qiyoslanilgan tillarning aksariyatida tulki ayyorlik, aldoqchilik,
yolg‘onchilik ramzi, etaloni sifatida faol ishlatiladi: tulkiday ayyor, tilki gibi
(turkcha) хитрый как лиса (ruscha), as false as fox (inglizcha), kom kathi
(koreyscha). Mutaxassislaming ta’kidlashicha, g‘arb va slavyan
lingvomadaniyatlarida, xususan, ingliz va rus tillarida as false as fox, хитрый как
лиса
3
turg‘un o xshatishlari mifopoetik manbalarga asoslanadi, chunki qadimgi
ʻ
tasavvurlarga kо'rа, tulki jodugar hisoblangan, unda yo qolish,ko rinmaydigan
ʻ
ʻ
bo lib qolish qobiliyati mavjud bo lgan. Qayd qilingan xususiyatni sharq
ʻ
ʻ
lingvomadaniyatida, xususan, koreys va xitoy madaniyatida ham kuzatish mumkin.
Koreys va Xitoy mifologiyasida tulkining qizga aylanib qolishi keng tarqalgan.
Lingvomadaniyatlarning aksariyatida turg'un o xshatishlarni obraz va uning
ʻ
mazmuni jihatidan bir-biriga muqobilligi, muqoyasa obyektlarining o xshashligiga
ʻ
guvoh bo lamiz. Masalan, “befahmlik, beso naqaylik, qo pollik” ayiqday
ʻ
ʻ
ʻ
(o zbekcha), ayi gibi (turkcha), kоm’ kathi (koreyscha), как мѐдвѐдь
ʻ
4
(ruscha);
“kuchli, qo rqmas”, “mardlik,jasorat” arslon kabi (o zbekcha), aslan gibi (turkcha);
ʻ
ʻ
“semirmoq”, “ko p ovqat yemoq” cho chqaday (o zbekcha), As fat as a pig
ʻ
ʻ
ʻ
3
Винокурова И. Ю. Животныѐ в традиционном мировозрѐнии вѐпсов (опы рѐконструкции). Санкт-
Пѐтѐрбург, 2007.
4
Саидова Ҳ.А. Ўзбѐк тилида ҳайвон номларининг шахс тавсифи вазифасида қўлланилиши: Филол. фанлари
номзоди.... дисс. – Бухоро, 1995. – 178 б.


(inglizcha), tweji kathi (koreyscha); “ko p ovqat yemoq” molday (o zbekcha),
ʻ
ʻ
so kathi (koreyscha); “befahm” eshakday (o zbekcha), e$ek gibi (turkcha), как
ʻ
ʻ
осѐл(ruscha) va h.k. etalonlar vositasida ifodalanadi.
Lingvomadaniyatlarning aksariyatida ayni o xshatish etalonlari turli
ʻ
belgilaming o lchovi sifatida qo llanilishi mumkin: o zbek tilida qo ydek
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
“yuvoshlik”, turk tilida koyun gibi “ahmoq, dovdir”, “qaror berishda yoki xatti-
harakatlarida boshqalarga tobe bo lgan”, rus tilida овца etaloni “qo rqoqlik”;
ʻ
ʻ
o zbek tilida bo riday “dovyurak, mard”, “g'ajimoq, tish qayramoq”, turk tilida
ʻ
ʻ
kurt gibi “ishning ko zini biladigan”, rus tilida как волк “och
ʻ
5
”, o zbek tilida
ʻ
ilonday “chaqmoq, zahar sochmoq”, “sovuq”, turk tilida yilan gibi “xoin,
yoqimsiz”, rus tilida как змѐя; “badjahl” o zbek tilida itday “qopmoq”,
ʻ
“sadoqatli”, “akillamoq”, “yugurmoq”, “izg'imoq”, “ergashmoq”, “ishlamoq”,
“ichmoq” turk tilida kopek gibi “laganbardor”, rus tilida как собака “aqlli”; o zbek
ʻ
tilida ho kizday “qaysar”, “katta, qo pol”, “kuchli”, “ishlamoq”, turk tilida okiiz
ʻ
ʻ
gibi “ahmoq, tushunchasiz”; o zbek tilida maymundek “sakramoq, irg'ishlamoq”,
ʻ
“o ynatmoq”, turk tilida maymun gibi “g‘alati, kulgili harakatlar qilmoq”,
ʻ
“taqlidchi” va h.k.
O xshatishlar - obrazli milliy tafakkur mahsuli. O xshatish va uning turlari.
ʻ
ʻ
O xshatishlar tashqi dunyoni bilishning eng qadimiy usullaridan bisoblanadi.
ʻ
0‘xshatishlar muayyan xalqning ilk tafakkur tarzini va tasavvurlarini tamsil etadi.
Ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlarimizning kechinmalari, tasavvurlari
muhrlangan bo ladi.
ʻ
Turkiy xalqlar tafakkurini ifodalashda o xshatishlaming o ziga xos o rni
ʻ
ʻ
ʻ
haqida Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk
6
” asarida alohida
ta’kidlangan: “Biron xotin tuqqanda doyadan: tulki tug‘dimi yoki bo rimi deb
ʻ
so raladi. Ya’ni qizmi yoki o g‘ilmi demakdir. Qizlar aldoqchi hamda yalinchoq
ʻ
ʻ
bo lganliklari uchun tulkiga, o g‘il bolalar ulardagi botirlikka asosan bo riga
ʻ
ʻ
ʻ
o xshatiladi”. Bu o rinda tulkidek qiz, bo ridek yigit o xshatish qurilmasining
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
5
Норалиѐва Ш. Ўзбѐк фольклорида бўри образининг мифологик асослари ва бадиий талқини. – Тошкѐнт: 
Ал-фаба-сѐрвис, 2013. – Б. 99.
6
Абдулаҳатов Н., Тошпўлатов И., Носирова У., Жўрабаѐва У. Маҳмуд Қошғарийнинг “Дѐвону луғотит 
турк” асаридаги лѐксик бирликлар тадқиқи. – Тошкѐнт: Янги аср авлоди, 2013. – Б. 53.


faqat tulki va bo 'ri etaloni qo llangan bo lib, uni o xshatishning qisqargan shakli -
ʻ
ʻ
ʻ
metafora deyish mumkin
7
.
O rta Osiyo xalqlarining qoraxoniylar davridagi hayotini har tomonlama
ʻ
yoritib bergan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida xoqonlarga xos
fazilatlarni namoyon etadigan quyidagi o xshatishlar qayd qilingan: “Xoqon
ʻ
jangda arslonning yuragiga ega bo lishi lozim, yovvoyi to ng‘izdek qaysar;
ʻ
ʻ
bo ridek kuchli; ayiqdek jasur bo lishi kerak; ho kizdek, hakkadek, qarg‘adek,
ʻ
ʻ
ʻ
tulkidek, tuyadek, arslondek va boyqushdek bo lishi lozim
ʻ
8
”. Insonning dunyoni
bilishida o xshatish-qiyoslash benihoya katta o rin tutadi. Ikki yoki undan ortiq
ʻ
ʻ
predmet yoki tushunchani o xshash yoki farqli jihatlarini aniqlash maqsadida
ʻ
qiyoslash, taqqoslash tashqi dunyoni bilishning eng keng tarqalgan mantiqiy
usullaridan biri sifatida inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida kuzatiladi. Bu
behad muhim mantiqiy kategoriya, tabiiyki, tilda ham o z aksini topadi.
ʻ
Prof. N. Mahmudov o zbek tilidagi o xshatishlami to rt unsurga ajratib,
ʻ
ʻ
ʻ
ularni o xshatish subyekti, o xshatish etaloni, o xshatish asosi va o xshatishning
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
shakliy ko rsatkichi deb nomlaydi. “O xshatishlar o ziga xos obrazli tafakkur
ʻ
ʻ
ʻ
tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha
badiiy-estetik qimmatga molik bo ladi, nutqning emotsional-ekspressivligi,
ʻ
ifodaliligi, ta’sirchanligini
9
ta’minlashga xizmat qiladi. O xshatishlaring ikki turi,
ʻ
ya’ni: 
1)individual-muallif o xshatishlari yoki erkin o xshatishlar. 
ʻ
ʻ
2) umumxalq yoki turg‘un (doimiy) o xshatishlar farqlanadi. 
ʻ
Erkin o ‘xshatishlar muallifning o ziga xos original o xshatishlari bo lib, u
ʻ
ʻ
ʻ
yozuvchining mahoratini belgilaydi. Masalan: Miryoqub ikki kishining
pichirlashib gaplashganini eshitdi, yuragi objuvoz likopiday ura boshladi
10
.
O xshatish qurilmalaridan farqli o laroq, o xshatishga asoslangan matnlarda
ʻ
ʻ
ʻ
o xshatish asosi, ya’ni ikki obyektni o zaro o xshatish uchun asos bo lgan referent
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
77
Тошѐва Д. Зооним компонѐнтли мақолларнинг лингвокультурологик хусусиятлари. – Тошкѐнт:
8
Fitrat. Qutadg’u bilig (Saodatga yo’llovchi bilim). “Tanlangan asarlar”. –(nashrga tayyor.H.Boltaboyev).2-jild.-
T.:Ma’naviyat,2000.
9
Махмуд Кошгарий. Туркий сузлар дѐвони (Дѐвону луготит турк). 1. –Тошкѐнт: УзФА, 1963. -Б. 404.55
10
Abdulhamid Cho lpon. Kecha va Kunduz. Birinchi kitob:Kecha.T.:Sharq, 1995-yil(XX asr o zbek romani).
ʻ
ʻ


so z orqali emas, balki jumlalar orqali voqe bo ladi. Masalan: “Ilk muhabbat bahor
ʻ
ʻ
osmonidagi bulutga о‘xshaydi, oppoq, pokiza, shaffof. Na qo lingiz bilan tutasiz,
ʻ
na ortidan yugurib yetasiz. Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz.
Birinchi muhabbatning ko pincha natijasiz tugashi balki shundandir
ʻ
11
”. Xalq
og‘zaki ijodida o xshatishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Baxshi yoki ertakchi
ʻ
ham asarga o z individual o xshatish, qiyoslashlarini kiritishi mumkin. 
ʻ
ʻ
Turg’un o xshatishlarning mohiyati shundan iboratki, ularda o xshatish
ʻ
ʻ
etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo ladi. Bunday o xshatishlar, garchi
ʻ
ʻ
muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo llangan bo lsa-da, vaqt o tishi bilan til
ʻ
ʻ
ʻ
jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg’unlashgan, umumxalq tili
leksionidan joy olib ulgurgan bo ladi. Bunday o xshatishlar tilda xuddi tayyor
ʻ
ʻ
birliklar kabi nutqqa olib kiriladi. Masalan, “Uning bu xislati ham hammaga otning
qashqasidek ma’lum
12
”; “Bolalari qo rqqanidan baqadek qotib qolishdi
ʻ
13

gaplaridagi o xshatishlar turg’un o xshatishlardir. Bu turdagi o xshatishlar
ʻ
ʻ
ʻ
nutqning ifodaliligini ta’minlashda alohida o rin tutadi. Tildagi o xshatishlarni
ʻ
ʻ
tadqiq etgan tilshunoslarning aksariyati turg’un o xshatishlarning idiomalarga
ʻ
yaqin turishini yoki idioma maqomida bo lishini, ular ko p asrlar mobaynida
ʻ
ʻ
kishilar nutqida qo llanish natijasi sifatida turg’unlashib, so zlovchilar ongida
ʻ
ʻ
muayyan modellar shaklida mustahkamlanib qolishini, o xshatish etalonining,
ʻ
ya’ni o xshatish asosidagi obrazning muayyan belgi-predmet bilan muntazam va
ʻ
qat’iy bog’liq bo lishini ta’kidlaydi.
ʻ
Lingvokulturologiyani ko proq turg’un o xshatishlar qiziqtiradi. Negaki,
ʻ
ʻ
“turg’un o xshatishlar milliy ong jumbog’ini yechishga imkon beradigan yorqin
ʻ
obrazli vositalardan biri hisoblanadi, dunyoni o ziga xos milliy tarzda ko rish
ʻ
ʻ
o xshatish semantikasida aks etadi.
ʻ

Download 441.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling