Boboqulova-nilufar pdf
Download 441.28 Kb. Pdf ko'rish
|
dissertatsiya metafora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hope is the thing with feathers
Asli sen silkitib qolgan ro moling
ʻ 50 . Shoir ushbu to rt misrada ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabadagi ʻ ayollar hissasini yuksak mahorat bilan umumlashtirib, obrazli ifoda etolganini ta‘kidlash lozim. Bu ifodada esa oxirgi ikki misradagi ―bayroq –ro mol qiyosi ʻ asos bo lib xizmat qiladi. Lekin shu ikki so zo z holicha shoir ifodalagan ma‘noni ʻ ʻ ʻ bermaydi. Zero, gap umuman bayroq haqida emas, Reyxstag ustiga tikilgan bayroq haqida; umuman ro mol haqida emas, ayollarimiz farzandlari, aka-ukalari, ʻ yorlarini frontga uzatayotib ―silkitb qolgan" ro mol haqidadir. Shuning uchun ʻ ham sifatdoshli birikma yaxlit butunlikni tashkil qiladi va shu butunlikgina shoir yetkazmoqchi bo lgan mazmunni ifodalaydi. D.Quronov ko chimlar ishlatilish ʻ ʻ faolligi, badiiy bo yoqdorligi, ta‘sirchanlik darajasi kabi jihatlardan bir-biridan ʻ jiddiy farqlanishini aytib, bu jihatdan 1) til hodisavlariga aylangan ko chimlar; 2) ʻ an‘anaviy tarzda ishlatiluvchi ko chimlar va 3) xususiy-muallif ko chimlarini ʻ ʻ ajratadi. Mazkur tasnif nuqtayi nazaridan qarasak, A.Oripov ijodida ularning hammasi ham uchrashi tabiiy. Chunki til hodisasiga aylanib bo lgan metaforalarni ʻ shu til egasi sifatida, an‘anaviy metaforalarni she‘riyatimizning ming yillik an‘analari davomchisi o laroq, individual-xususiy metaforalarni esa yorqin ʻ iste‘dod egasi sifatida qo llaydi. Albatta, Bu uchala guruhga mansubmetaforalar ʻ hissiy bo yoqdorlik, estetik ta‘siri jihatidan teng emas. Ma‘lumki, badiiy matnga ʻ jalb etilganida kundalik muloqotda ishlatiluvchi oddiygina so zlar ham poetiklik ʻ kasb etadi. Bu narsa lisoniy metaforalarga ham xos. Jumladan, tilimizda "umr o tar" jumlasi juda ko p qo llanadi, ko p qo llanaverganidan odatiy bo lib ketgan. ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ Balki, uni til metaforasi deyish qiyindir, lekin shu maqomga yetib qolgani shubhasiz. Unda ajoyib ma‘no nozikligi bor: go yo ―inson yonidan tutqich ʻ bermay o tib boradigan narsa haqida gap borayotgandek tuyuladi. ʻ ‖ Ma‘lumki, ko chimlarning eng keng qo llanuvchi turi – metafora nutqda ʻ ʻ ma‘lum stilistik maqsad uchun xizmat qiladi. So zlarni metaforik ma‘noda ʻ qo llashning asosiy vazifasi nutqning obrazliligini, tasviriyligini oshirish bo lsa, ʻ ʻ 50 shu obrazlilik va tasviriylik asosida matnda yuzaga keluvchi emotsionalekspressivlik konnotativ ma‘nodir. Demak, metaforik qo llash ʻ konnotatsiyani yuzaga chiqaruvchi vositalardan biri sifatida ahamiyatli. E.Vohidov ham nutqning obrazliligini oshirishda metaforadan unumli foydalanadi. Metaforik qo llashda biror predmet shaklining, belgisining, harakatining o xshash tomoni ʻ ʻ boshqa bir predmetga ko chiriladi. Yuqorida ta`kidladiki, manbalarda ʻ metaforaning ikki turi farqlanadi: lingvistik va xususiy-muallif metaforalar. Lingvistik metaforalar obrazlilik, tasviriylikdan holi bo lsa, xususiy-muallif ʻ metaforalari ayni shu xususiyatlar asosiga quriladi. E.Vohidov xususiy metaforik ko chimlari bilan asarlarining badiiy qimmatini oshirishga muvaffaq bo lgan. ʻ ʻ Jumladan, shoirning metaforani hosil qilishda ot so z turkumidan keng ʻ foydalanadi. Masalan: Bu ne dard – minbarga chiqqan beibo Chiroylik yolg’onga qarsak urishlar. Soxtalikning iliq muhiti aro Yayrab ko payadi manfur viruslar. (Viruslar) ʻ Bu misrada virus so zi metaforik ma‘noda qo llangan bo lib, uning asl ʻ ʻ ʻ ma‘nosi faqat tirik xujayralarda ko payib, odam, xayvon, o simliklarda ʻ ʻ yuqumlikasalliklar qo zg’atuvchi mikroorganizmdir. Shoir eng razil, jirkanch ʻ insonlar, ya‘ni yulg’ichlar, shuhratparastlar mansabdor, loqayd shaxslarni viruslarga o xshatadi. She‘rning nomi ham Viruslar deb ataladi. Shoir oddiy ʻ viruslarni yo q qilish mumkin, lekin manfur. Mudhish viruslarni quritib ʻ bo lmasligini uqtiradi: ʻ Mansab savdosi ham klassik virus, Kiritsa arziydi tibbiy darslikka. Sharsimon virusni mumkin o ldirish, ʻ Chora yo q yumaloq xudparastlikka. ʻ Keyingi she‘riy parchaga e‘tibor bersak: Muhabbat otashini Hech qachon do zaxga teng qilmam ʻ Nechunkim, menga nurli – Tal‘ating jannat bilan tengdur (Muhabbat birla...) Mazkur misrada otash so zi metaforik ma‘noda qo llangan bo lib, o t da ʻ ʻ ʻ ʻ uning o z ma‘nosi ―o t, olov, ko chma ma‘nosi esa dilni yondiradigan, ʻ ʻ ʻ o rtantiradigan harortli his-tuyg’u tarzida izohlangan. Shoir muhabbat otashi ʻ birikmasini ko chma ma‘noda qo llab, ijobiy munosabatni bildirgan. Uning do zax ʻ ʻ ʻ so zi bilan zidlantirilishi she‘rning ta‘sirchanligini yanada oshirgan. ʻ Oshiq o lding, ey ko ngil ʻ ʻ G’am lashkaridan ko rqmagil, ʻ chopqu oldda, Erkin, Ne uchun vahm alading? (Kipriningdan o q uzib...) ʻ Bu she‘riy parchada esa g’am lashkari birikmasi metaforik ma‘noda qo llangan. G’am so zi o z ma‘nosida, lashkar so zi esa ko chma ma‘noda ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ berilgan. Ma‘lumki, lashkar so zi juda ko p askarlardan tashkil topgan qo shin ʻ ʻ ʻ ma‘nosini bildiradi. G’am lashkari birikmasi perifrastik metafora bo lib, lashkar ʻ so zining semantik tarkibidagi son-saoqsiz semasi oshiq ko nglidagi g’amalam ʻ ʻ tuyg’usining cheksizligiga ishora qiladi. “The Sun Rising” she’ridagi metaforani ko rib chiqamiz. Shoir Jon Don bu she’rida dunyodagi eng muhim narsa bu – ʻ quyosh ekanligiga urg’u bergan, metaforalari quyoshni tarannum etgan, hattoki, uning o zi hamda uning sevgilisidan ham muhim yakkayu-yagona narsa bu ʻ quyoshdir. "She is all states, and all princes, I. Nothing else is. Princes do but play us; compared to this, All honour's mimic, all wealth alchemy." Emili Dikensonning she’riyatida ham ko plab metaforalarga duch kelishimiz ʻ mumkin, u o zining quyidagi she’rida umidni qushga qiyoslayapti. Umidning ʻ qanotlari bor, u qalbga orom bag’ishlaydi kabi ma’noda metaforalar yordamida u hayotdagi eng muhim tuyg’u -umidning so ngmasligiga, insonlarni umid tirik ʻ ushlab turishiga sha’ma qilgan go yo. ʻ "Hope is the thing with feathers That perches in the soul, And sings the tune without the words, And never stops at all." Hyuzning quyidagi sh’erida esa biz hayotda inson yo lida uchrashi mumkin ʻ bo lgan qator qiyinchiliklarga qaramasdan u hayot uchun kurashi, orqaga ʻ qaytmasligi zaruruligi uqtirib o tilgan. Metaforalar yordamida shoir she’rni yanada ʻ yorqinroq, kuchliroq qilishga erishgan. Download 441.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling