Boboqulova-nilufar pdf
Download 441.28 Kb. Pdf ko'rish
|
dissertatsiya metafora
Osmon ufqlarga separ kul rangin,
Bulutlar chopadi, xorg’in beega Havo nega muncha ma‘yus, Havo nega muncha g’amgin: Oh, men sendan ajraldim nega...! 46 She‘r g’amgin, elegik ruh bilan yo g’rilgan, buning ilk misradayoq ifoda ʻ topgani o quvchini she‘rni qabul qilishga emotsional jihatdan tayyorlaydi. ʻ She‘rdagi kayfiyat asosini yo qotish iztirobi, aza ruhi tashkil qiladi. Agar ʻ o tmishda ayollarning azada boshlaridan kul sochish urfi bo lgani eslansa, ʻ ʻ ―osmon ufqlarga separ kul rangin metaforasining ildizlari ko zga tashlanadi. ‖ ʻ Demak, ilk satrni o qigandayoq aza ruhini his qilishimiz bejiz emas, osmonning ʻ ufqlarga kul rangini sochishi bilan momolarning azada boshlariga kul sochishi o rtasidagi analogiyalar buning asosidir. To g’ri, o quvchi bu tafsilotni bilmasligi ʻ ʻ ʻ ham mumkin, lekin anglanmagan tarzda ham o sha ruhni his qilaveradi. Zero, ʻ inson ongida suyak surib asrlardano tib keluvchi tarixiy xotira yashaydi va ʻ anglangan yo anglanmaganligidan qat‘i nazar, uning tafakkur tarziga ta‘sir qiladi. Metafora mohiyatan yashirin o xshashtish bo lib, unga o xshatilayotgan narsa tilga ʻ ʻ ʻ olinmagani holda, uning ma‘nosini o xshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda, ʻ uning ma‘nosini o xshayotgan narsa (ya‘ni uni ifodalayotgan so z) bildiradi. ʻ ʻ Albatta, bu o rinda o xshatilayotgan narsa-hodisalarning aynan o xshashligi talab ʻ ʻ ʻ qilinmaydi, balki ikki narsa-hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Adabiyot, she‘riyat obrazlilik bilan tirikdir. She‘riyatda samimiyat ham bo lishi ʻ kerak. Shundagina u bir umr esda qoladi . Shoir she‘riyat oldiga ikkita asosiy ‖ talabni qo yadi: obrazlilik va samimiylik. Bularning birinchisi poeziyaning tabiati ʻ 46 Abdulla Oripov. Mitti yulduz she'riy to'plam.Toshkent. Adabiyot va san’at nashriyoti. 1965-yil. bilan, ikkinchisi esa ijodkor shaxs – shoir tabiati bilan bog’liqdir. Badiiy obrazning materiali bir tomondan real voqelik, ikkinchi tomondan ijodkor shaxsidir. Metafora (hatto uning eng oddiy ko chim darajasidagi ko rinishi ham) obraz ekanligini ʻ ʻ e‘tiborda tutsak, bu gap unga ham to la tegishli. Arastu yaxshi metafora yarata ʻ olish, o xshashlikni ko ra olish iste‘dodning belgisi deb bejiz aytmagan. Chunki ʻ ʻ o xshashlik voqelikda mavjud bo lsa, uni ko ra olish ijodkor shaxsi bilan bog’liq, ʻ ʻ ʻ yaxshi metafora esa shu ikkisining hamjihatligi yaratiladi. A.Oripovning ilk ijodidagi lirik qahramon –atrofga shoirona o tkir nigoh bilan boqib, undan hikmat ʻ uqayotgan odam. Shoir tabiat bilan inson, uning o y-hislari, quvonchtashvishlari, ʻ kayfiyati orasida o xshashliklar topadi va ular yordamida dilidagini izhor qilishga ʻ intiladi. U ilk mashqlaridanoq oddiygina izhor emas, poetik izhorga, obrazli ifodaga harakat qiladi. Albatta, oilasida hukm surgan adabiyotga alohida mehr uning shoir sifatida shakllanishida muhim omil bo lgan. Lekin, bizningcha, ʻ A.Oripovning ulkan so z san‘atkori bo lib yetishishida tug’ma iste‘dodi bilan birga ʻ ʻ bolaligi o tgan joylar tabiatining ham ulkan xizmati bor. Shoir o zi aytgan gaplar, ʻ ʻ bir qator she‘rlar (Yulduzlar, Bahor) tahlili orqali tabiat uning uchun obrazli ifodaning birlamchi manbasi bo lib xizmat qilgan. A.Oripov: Tabiat ona bo lsa, ʻ ʻ jamiyat otadir! Katta ma‘nodagi kurashlar, dolg’alar kishini tabiatning qo ynidan ʻ olib kelib, jamiyat orasiga tashlaydi, -deydi. Shunga mos ravishda she‘rlaridagi tabiat bilan birlik hissi va uning go zalligidan tug’iluvchi zavq, yoshlik shavqi, ʻ ishq sururiyu hijron azoblari o rnini ijtimoiy dard egallaydi. Agar shoir ijodining ʻ ilk bosqichida ichki olami bilan tashqi olam (tabiat) orasidagi o xshashliklarga ʻ tayangan bo lsa, hayotga chuqurroq kirib borgani sari o xshashliklar doirasi ham ʻ ʻ kengayib boradi. Zero, borliqda mohiyatan birbiriga o xshash nuqtalar o tmish – ʻ ʻ hozir, tabiat –jamiyat, inson nabotot, inson –hayvonot, inson –hodisa kabi juftliklarning hammasidan ham topilaveradi. Masalan, G’.G’ulom vafotining bir yilligi munosabati bilan yozilgan Nutq she‘rida mana bunday misralar bor: Download 441.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling