Boboqulova-nilufar pdf


Download 441.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/31
Sana24.03.2023
Hajmi441.28 Kb.
#1290268
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
dissertatsiya metafora

I bob bo‘yicha xulosa.
Paremiologiya – paremalarning tarixi, rivojlanishi, turlari, ma no
ʼ
xususiyatlari va o‘zaro farqlarini o‘rganadigan filologik fan. Unda ikki diapazon
farqlanadi: “asl” (“o‘z”) va “kengroq” paremiologiya. “Parema” termini o‘tgan
asrning 70-yillari oxirida filologik (lingvistik) termin sifatida fanga kirdi, xalqning
pand-o‘git mazmunidagi fikrlarini ifodalovchi birliklarga nisbatan qo‘llana
boshladi.
Til haqidagi fanda maqol va matallarning frazeologik maqomi haqidagi
masala munozarali bo‘lib qolmoqda. Qator olimlar ularni frazeologiya tarkibiga
kiritishadi. Boshqa tadqiqotchilar paremalarni alohida frazeologizmlardan tashqari
birliklar sifatida qarashadi. Jahon va o‘zbek tilshunosligida parema va
paremiologiya muammolari tilshunoslar tomonidan imkon qadar tadqiq qilingan.
Ammo paremeologiya sohasida metaforali maqollarni o‘rganish borasidagi
ishlar kam. Shu bois, metaforali maqol va frazemalarni qiyosiy-chog‘ishtirma
asosida tadqiq qilish muammosiga lingvomadaniy yondashuvni takomillashtirish
yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirish tanlangan mavzuning dolzarbligini
belgilaydi.
29
Мамажонов А., Маҳмудов У. Услубий воситалар. – Фарғона, 1996, 20б.


II BOB. INGLIZ VA O ZBEK TILLARIDA METAFORANING USLUBIY
ʻ
XUSUSIYATLARI.
2.1 -§. Ingliz va o zbek tillarida metaforaning o rganilishi.
ʻ
ʻ
Metaforaga berilgan ta‘riflarga nazar tashlasak, ularni asosan uch guruhga
ajratish mumkinligini ko ramiz: 
ʻ
1. Metafora nom ko chishning (deyarli) har qanday usuli
ʻ
30

2.Metafora qisqargan o xshatish 
ʻ
31

3.Metafora nom ko chishning alohida bir turi
ʻ
32
.
Metafora nom ko chishi bilan bog’liq (ya‘ni nom ko chish turlaridan biri
ʻ
ʻ
yoki hammasi) ekanligini shu soha bilan shug’ullanganlardan hech biri rad
etmaydi, biroq nom ko chish turlarini noto g’ri talqin etish yoki, yanada
ʻ
ʻ
to g’rirog’i, e‘tibordan chetda qoldirish natijasida metafora nom ko chish bilan
ʻ
ʻ
aloqador bo lmagan hodisalar (simvol, metamorfoza,) ham qamrab olinadi. Nom
ʻ
ko chish deganda, odatda so zlarning o zaro munosabati natijasida semantik
ʻ
ʻ
ʻ
qurilishning o zgarishi, semantik vazifalarning o z so z birikmasi a‘zolari o rtasida
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
qayta taqsimoti, assotsiativ yoki sintagmatik qatorda munosabatda turuvchi til
birliklarining o zaro ta‘sirlashuvi natijasida so z birikmasi unsurlaridan biriga
ʻ
ʻ
yangi ma‘no berilishi tushuniladi. Demak, nom ko chishi so z birikmasi
ʻ
ʻ
a‘zolaridan birining assotsiativ yoki sintagmatik munosabatlar natijasida yangi
semantik qurilish kasb etish ekan. Komponent tahlil nazariyasisiz metaforaga
yondoshish metaforani sof nutqiy tasodifiy hodisa sifatida ko rsatadi. Biroq nutqiy
ʻ
hodisalarning hammasida ham lisoniy asoslar mavjud va mana shu asoslarni biz
komponent tahlil etish natijasida qo lga kiritamiz. Metaforik ma‘no nutqiy hosila
ʻ
bo lsa-da, u lisoniy imkoniyat va qonuniyatlarga tayanadi. Lisoniy imkoniyatlar
ʻ
nutqiy hodisalar uchun sabab, mohiyat, umumiylik vazifasini o taydi. Sababsiz
ʻ
natija, mohiyatsiz hodisa, umumiyliksiz xususiylik bo lmaganidek, lisoniy asossiz
ʻ
nutqiy hodisa ham bo lmaydi. Nolingvistik qarashlar masala mohiyatini ochishda
ʻ
30
Arastu, E.Kassirer.Detroit,MI: Gale.2015-via Gale 
31
Лѐйкина-Свирская В. Р. Андрѐй Потѐбня, в сборникѐ: Рѐволюционная ситуация в России в 1859-1861 гг.-
М., 1964.
32
A.Vejbitskaya, N.D.Arutyunova va oʻzbek tilshunoslari


ko ra ko proq qorong’ilashtiradi va ta‘kidlash mumkinki, ularning mag’lubiyati
ʻ
ʻ
ham aynan ularning nolingvistikligi bilan belgilanadi. Lisoniy imkoniyat bu
so zning lisoniy ma‘noviy tuzilishidir. Metafora hosil qiluvchi lisoniy qonuniyatlar
ʻ
quyidagicha: Leksemaning ma‘noviy tuzilishidagi ayrim sememalarni tushirib,
tushirilgan semalar hisobidan boshqalarini bo rttirish imkoniyati. Buning usuli –
ʻ
leksemaning sintagmatik qo shnichilik munosabatlarini buzish. So zning ma‘noviy
ʻ
ʻ
tuzilishi deganda, so zning ma‘no qurilishida ikki tipdagi semalarning ma‘lum
ʻ
tartibda joylashishi nazarda tutiladi
33

Bu semalar:
1) Atash (nomlash, denotativ, nominativ) semalari.
2) Ifoda (konnotatsiya, uslubiy bo yoq, xoslanish) semalari.
ʻ
Ma‘noviy qurilishda bu semalarning, asosan ifoda semalarining bo rttirilishi
ʻ
darajasiga ko ra so zlar ichki ifodali (ingred konnotatsiyali) so zlarga, (chunonchi,
ʻ
ʻ
ʻ
qiblagoh, padar, volida, tashri buyurmoq) va mo tadil ifodali (atrend
ʻ
konnotatsiyali) so zlarga (ota-ona, kelmoq, qizil, yetim) bo linadi. Ichki ifodali
ʻ
ʻ
so zlarda uslubiy bo yoq so zning ma‘noviy tarkibida bo ladi. Mo tadil ifodali
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
so zlarda uslubiy bo yoq mo tadil befarq bo ladi va nutqda ko chma okkazional
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
qo llanishda hosil bo lishi mumkin. Shuning uchun ichki ifodali so zdan nominativ
ʻ
ʻ
ʻ
semalar ajratilsa, ichki lisoniy uslubiy ma‘no qoladi. Chunonchi, tashrif buyurmoq-
yuqori uslub, Qiblagoh, ota- ko tarinki, badiiy uslub, yuksak hurmat. So zlarning
ʻ
ʻ
ma‘noviy tuzilishini har taraflama o rganish shuni ko rsatadiki, leksemaning
ʻ
ʻ
ma‘noviy tarkibi atash va ifodalash semalari bilan cheklanmaydi. Leksemalarda,
ayniqsa, jamiyat a‘zolari orasida keng qo llanadigan, muhim ahamiyat kasb
ʻ
etadigan narsa, buyum, belgi, harakat, holatlarni ifodalovchi leksemalarda atash
va ifoda semalaridan tashqari qo shimcha yoki ijtimoiy shartlangan semalar ham
ʻ
mavjud. Bu semalar ma‘lum bir narsa – buyum, belgi – xususiyat, harakat –
holat shu jamiyat a‘zolari orasida qanday yodosh (assotsiativ) qo shimcha
ʻ
ma‘lumotlarga aloqadorligi bilan bog’lanadi. Chunonchi, o zbek tilida qo y –
ʻ
ʻ
mo tadil ifodali so z bo lib, uy hayvonlarining bir turini atab, nomlab keladi. Lekin
ʻ
ʻ
ʻ
33
Раҳматуллаѐв Ш. Лѐксѐма ва фразѐма маъносини компонѐнт таҳлилининг баъзи натижалари // 
Ўзбѐк тили ва адабиѐSти. – 1986. № 3. – Б. 16-25.


shu bilan birga, bu so zda yuvoshlik go llik, semalari ham mavjudki, bular
ʻ
ʻ
qo shimcha ijtimoiy shartlangan semalar sifatida qaralishi kerak. Yoki sariq rang –
ʻ
o zbeklarda xastalik, zaiflik, ayriliq belgisi. Metaforik ma‘no denotativ ma‘no
ʻ
semalari va qo shimcha ma‘no semalari asosida yaratiladi. Qo shimcha ma‘no
ʻ
ʻ
hosil qilish qonuniyati va usuli birdan amal qiladi. Ma‘lumki, so zning ma‘nosi
ʻ
nutqiy hosilalar – so z birikmalari va gaplar tarkibida voqelanadi. Shunga ko ra,
ʻ
ʻ
to g’ri (uzual) qo llanishda leksemaning bizning ongimizdagi ma‘noviy qurilishi
ʻ
ʻ
nutqiy voqelanishidagi ma‘nosiga semalar jihatidan mutanosib bo ladi.
ʻ
Chunonchi, oltin – nodir ma‘dan, oltin soat, oltin uzuk. 1-misolida oltin va ma‘dan
giponimik (tur-jins) material buyum munosabatlari bilan bog’langan. 2-3
misollarda so zlarning o zaro aloqaga kirishuvchi o zbek tili uchun me‘yoriy
ʻ
ʻ
ʻ
sintagmatik holatdir. Chunki so z birikmalarida so zlarning me‘yoriy sintagmatik
ʻ
ʻ
munosabatlarga kirishi uchun har ikkala bog’lanadigan so z orasida o xshash va
ʻ
ʻ
bir-birini talab etuvchi semalar bo lishi shart va zarur. Masalan, shirin qovun,
ʻ
shirin tatiladigan ma‘lum predmetda mujassam bo lishni talab qilganidek,
ʻ
qovun ham ta‘m-maza aniqlovchilari bilan aniqlanishi talab qiladi va bunday
birikish me‘yoriydir. Bunday birikishda har ikkala so z. nutqiy. ma‘nolari lisoniy
ʻ
denotativ va konnotativ ma‘nolarga juda yaqin turadi. Agar o zaro birikkan
ʻ
so zlar tarkibida bir-birini rad etuvchi semalar bo lsa, so zlardan har ikkalasi ham
ʻ
ʻ
ʻ
lisoniy ma‘no tarkibidagi semalarni chetlashtiradi va chetlashgansemalarning o rni
ʻ
kuchli konnotatsiya bilan to ldiriladi: oltin bosh, oltin qo l. Material –
ʻ
ʻ
buyum .so z birikmalari tipida qurilgan bunday so z birikmalarida buyumning
ʻ
ʻ
denotativ ma‘nodagi materiali bilan aniqlovchi atab kelgan material mos
kelmaydi. Natijada oltin so zidagi ma‘dan semasi chetlashtiriladi. Qo l
ʻ
ʻ
aniqlanmishi ma‘dandan kelib chiquvchi – yumshoq, sarg’ish attributlarini
chetlashtiradi. Oltin sochi birikmasida, aksincha, naq shu ma‘no kuchaytiriladi.
Oltin so zida ma‘dan va uning belgilari kabi denotativ semalar
ʻ
chetlashtirilgach, kamyoblik denotativ semasi va qadrli-qimmatlilik kabi
semalar kuchaytiriladi. Yuqoridagilarni jamlab aytish mumkinki, metaforaning
yuzaga kelishi quyidagi unsurlarni talab qiladi:


1. Obyektiv yoki subyektiv borliqdagi narsalar orasida (keng ma‘noda
o xshashlik.
ʻ
2. Shu o xshashlikning lisoniy aksi bo lgan mutanosib semalar.
ʻ
ʻ
3. Narsalardan birining nomi nutqiy sharoit uchun yo qligi.
ʻ
Ana shu unsurlar ta‘minlaganda, nomning metaforik ko chishi yuzaga
ʻ
keladi. Demak, metafora – obyektiv (yoki subyektiv) borliqdagi o xshashlikning
ʻ
lisoniy aksi bo lmish mutanosib semalar asosida bir narsa nomining ikkinchi
ʻ
bir narsa nomi o rnida qo llanishi. Metaforani nom ko chishining boshqa
ʻ
ʻ
ʻ
usullaridan farqlovchi obyektiv va subyektiv o xshashlikka asoslanish belgisi
ʻ
bir qarashda juda yaqqoldek tuyulsa-da, uning nazar mohiyatiga nazar
tashlash bu ancha murakkab hodisa ekanligini ko rsatadi. Bu ikki omil bilan
ʻ
belgilanadi
34
.
1. Metaforada ko chimning ko chish bazasi doim ham to la, aniq
ʻ
ʻ
ʻ
bo lavermaydi. Masalan, oltin bosh, ko chayotgan so z-oltin aynan qaysi so z
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
o rinda kelayapti noaniq. Balki qimmatli, aqlli, dono va hokazo so zlardir. Ammo
ʻ
ʻ
bu noaniq. Sanab o tilgan so zlarning har birida oltin bilan mutanosib sema bor. 
ʻ
ʻ
2. O xshatish subyektiv hosil qilinganda esa, hosil qiluvchidan boshqa shaxs
ʻ
uchun o xshashlikni tiklash qiyin kechadi va hatto umuman mumkin bo lmaydi.
ʻ
ʻ
Masalan, biron kishi o zi uchun suyukli shaxsni “chumchug’im” deb atasa,
ʻ
chumchuqni yotirmaydigan, tanimaydigan shaxs bu metafora asosini topa olmaydi
va bunday atash asosida mazax yoki mehr yotganini farqlamaydi. 
Demak, metafora asosida turuvchi o xshatish metafora tabiatiga ta‘sir
ʻ
o tkazar ekan. Shuning uchun ham: Metafora – o xshatish ochiq bo lganda,
ʻ
ʻ
ʻ
tushunarli, o xshatish hosil qilinganda tushunarsiz, o xshatish yo qolganda,
ʻ
ʻ
ʻ
sezilarsiz bo ladi. O xshashlikning yo qolishi metaforik qo llanuvchi so zlarni
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
oddiy nomlarga aylantiradi
35
. Qadim Rimda biror mansabga saylanayotgan
shaxs saylovchilar oldida oq kiyimda namoyon bo lgan va kandidat deb atalgan.
ʻ
34
Будагов Р.А. Мѐтафора и сравнѐниѐ в контѐкстѐ художѐствѐнного цѐлого // Рус. рѐчь. – 1973. - №1. – С. 26-
31.
35
Умурқулов Б. Поэтик мѐтафора ва унинг шѐърий нутқдаги ўрни // Ўзбѐк тили ва адабиѐSти . – 1980. № 6. – 
Б. 35-40.


Hozirda kandidat biror mansab (daraja, unvon) ga da‘vogar shaxsning, u qanday
rangli kiyimda bo lishidan qat‘iy nazar, bu uning nomi.
ʻ
Yuqoridagilardan ko rinadiki, metafora hosil bo lishi uchun 3 ta asos talab
ʻ
ʻ
etilar ekan. Metaforaning o xshatish asosiga qurilganligini hisobga olib, bu jihatni
ʻ
quyidagicha belgilash mumkin: tema – qiyoslanatgan narsa, ifoda vositasi –
temaga qiyos bo lgan narsa, qiyos uchun asos – temaga ham, ifoda vositasiga ham
ʻ
tegishli bo lgan umumiy belgi. Metaforik ko chayotgan nom va uning bazasi
ʻ
ʻ
(ko chish o rni) orasidagi munosabatlar turli-tuman bo lishi mumkin. Metafora
ʻ
ʻ
ʻ
gapiruvchining quyidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Birinchidan, bir narsani
nomlash, ikkinchidan, nomlanganda ham nomning gapiradigan bo lish
ʻ
zaruriyati. Bu yerda nomlash atamasi ostida bir-biridan mohiyatan farq
qiluvchi ikki xil hodisa nazarda tutiladi: 
1. Nomsiz narsani nomlash.
2. Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi nominatsiya).
Nomsiz narsani nomlash zaruriyatini tushuntirib o tirishga hojat yo q.
ʻ
ʻ
Chunki nom inson bilimi faoliyatining eng zaruriy uzvidir. Ammo ikkilamchi
nomlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi? Bu zaruriyat mavjud bo lgan nom
ʻ
so zlovchi nuqtai nazaridan ayni nutqiy sharoitni ta‘minlay olmay qolganda
ʻ
yuzaga keladi. 
Ikkilamchi nomlash quyidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir: 
Birinchidan, nutqni qisqa va lo nda qiladi, qiyoslang: Saida – sinchalak //
ʻ
Saida – betinim, nozik, shaddod qiz. Ikkinchidan, nutqni aniqlashtiradi:
O razqul – ayiq // O razqul – yo g’on, basavlat odam. Ikkinchi jumlada uning
ʻ
ʻ
ʻ
yo g’on va basavlatligi unga berilayotgan aniq bahoni ko rsatmaydi. ―Ayiq
ʻ
ʻ
esa uning bu belgilaridan tashqari, bu belgilarining yoqimsizligini ham
ko rsatadi.
ʻ
Agar muayyan so zda jarayon (ikkilamchi nominatsiya) da qatnashish
ʻ
imkoniyati bo lmasa, u bu jarayonda qatnasha olmaydi. Bunday imkoniyat esa
ʻ
so z sememasi (ma‘nosi) ning tarkibiy qismlari - semalarining nisbiy
ʻ
mustaqillikka erisha olish qobiliyatidir. Ya‘ni ikkilamchi nominatsiya uchun


zaruriy semalar yorqinlashadi, mustaqillashadi va mutanosib semaga ega
bo lgan boshqa so z bilan sintagmatik (bevosita yoki bilvosita) aloqaga
ʻ
ʻ
kirishadi.
Natijada ikkilamchi nominatsiya yuzaga keladi. Masalan, oyoq so zi
ʻ
quyidagi semalarga ajratiladi:
1) insonga xos a‘zo;
2) eng quyi;
3) tayanch.
Stolning oyog’i brikmasida 1, 3 – semalar xiralashgan va 2 – seamy
yorqinlashib, nisbatan mustaqillikka erishgan va ikkilamchi nominatsiyani
ta‘minlagan. Demak, so zning ko chma ma‘nosi ikkilamchi nominatsiya
ʻ
ʻ
natijasi emas, so zning ko chma ma‘noga erisha olish imkoni ikkilamchi
ʻ
ʻ
nominatsiya asosidir. Bundan anglashiladiki, metafora uchun lisoniy asos
so zning semantik strukturasida ekan. Inson ongida metaforik ko chim hosil
ʻ
ʻ
bo lishi bosqichlarini esa shartli ravishda quyidagicha ajratish mumkin:
ʻ
1.Nomsiz (shartli) narsa (keng ma‘noda)ni nomlash zaruriyati.
Nomning so zlovchi nazarida ayni nutqiy sharoitga mos kelmasligi ushbu
ʻ
nom denotatini vaqtincha nomsiz qilib qo yadi va ikkilamchi nomlash
ʻ
jarayoni yuzaga keladi. (Bu haqda to xtalib o tdik). Shuningdek, haqiqatdan
ʻ
ʻ
ham nomsiz narsani nomlash zaruriyati ham metaforaga asos bo la oladi: uzuk
ʻ
ko zi, stol oyog’i, tog’ etagi. Inson nomsiz (yoki nomini bilmaydigan) narsani
ʻ
uchratganda, o ziga tanish boshqa narsalar bilan qiyoslaydi va o xshashining
ʻ
ʻ
nomi bilan atay boshlaydi. A.A.Potebnya bu hodisani tretium komparatium deb
yuritadi.
2. Nomsiz narsada motivlarni ajratish. Yuqorida aytib o tilganidek, inson
ʻ
nomsiz narsani uchratganda, o ziga tanish nomlar bilan qiyoslay boshlaydi va
ʻ
albatta qiyoslash natijalarini parchalaydi. 
Masalan, uzukka o rnatilgan qimmatbaho toshda quyidagi motivlarni
ʻ
ajratish mumkin: yumaloq, yaltiroq, chiroyli, kosaga joylashgan (albatta, bu xil


ajratish shartli, har bir nomlovchi turli xil motivlarni o z tasavvur doirasiga qarab
ʻ
ajratadi). 
3. Motivlarni turli nomlar sememasi komponentlari (semalar) bilan
qiyoslash unga tanish narsalardan ko z ham shunga yaqin motivlarga ega: shakli
ʻ
yumaloqqa yaqin, inson yuzining ko rkini ta‘minlovchi a‘zolardan biri, kosaga
ʻ
joylashgan. Bu o rinda shuni nazarda tutish lozimki, uzuk ko zi nisbatan ibtidoiy
ʻ
ʻ
(primitiv) metafora bo lib, unda obyektiv motivlar va lisoniy semalar
ʻ
mutanosibligi kuzatiladi. Ammo har bir metaforada ham shunday bo lavermaydi.
ʻ
Yuqorida keltirilgan chumchuqcham metaforasi bilan qiyoslang. U xil holatlarda
motivlar qiyosi semalar bilan amalga oshiriladi. 
4. Ikkilamchi nomlash. Demak, uzukka o rnatilgan toshni ko z deb atash
ʻ
ʻ
mumkin. (Ammo shuni ta‘kidlab o tish zarurki, bu xil nomlash kamida minimal
ʻ
kontekt so z bo lishini talab qiladi). 
ʻ
ʻ
Metaforani tushunish yoki ochish uch bosqichda olib boriladi. Tushunish va
ochish o zaro bir xil bosqichlarda kechsa ham, bu bosqichlarning ichki yo nalish
ʻ
ʻ
maqsadi bir-biridan farq qiladi
36
. Tushunish shu nutq akti a‘zosi (tinglovchi) uchun
ham, tadqiqotchi-nazariyotchi uchun ham ahamiyatli. Ochish faqat nazariyotchi
uchun qiziqarli bo lgan jarayondir. Ya‘ni oddiy tinglovchi uchun metaforani
ʻ
tushunish kifoya qilsa, tadqiqotchi-tilshunos uchun uni tushunish jarayoni ham
e‘tiborga sazovor. Metaforani tushunish (ochish)ning quyidagi bosqichlarini
farqlaymiz: 
Metaforani tanish: Matnda uchragan hukm uning obyektiv borliqdagi
bilimlari asosidagi hukmlardan farq qila boshlasa, bu uning qandaydir ko chimni
ʻ
uchratganidan darak beradi. Valixon so fi – muloyim supurgi Valixon so fi –
ʻ
ʻ
odam, binobarin, u supurgi bo la olmaydi. Qayta qurish. Bu jumboq(odamni
ʻ
supurgiga tenglashtirish) ni yechish jumlani ko proq tushunarli shaklga solib qayta
ʻ
qurishni talab qiladi. Valixon so fi xuddi muloyim supurgi kabi tabiatan egilib-
ʻ
bukuluvchan, harom-xarishdan hazar qilmaydigan kishi. Tahlil qilish. Bu
bosqichda ko chim ostida nima turganligi jihatidan o rganiladi. Masalan, Valixon
ʻ
ʻ
36
Ўзбѐк тили стилистикаси. – Т.: Ўқитувчи, 1983, 74б.


so fida quyidagi motivlar ajratiladi: 1-shaxs, 2-moslashuvchanlik, 3-yumshoq so z,
ʻ
ʻ
4-laganbardor, 5-harom-xarishdan hazar qilmaydi. Supurgi-narsa, yumshoq,
harom-xarishni tozalaydi. Valixon so figa xos 3- va 5-semalar supurgi so ziga xos
ʻ
ʻ
2-3-semalar bilan mutanosib o xshash. Demak, bu yerda tinglovchi (o quvchi)
ʻ
ʻ
metaforani uchratgan. Bu uchala bosqichni hozirgi (balki boshqacharoq) holatda
tiklash ochuvchi-tilshunos-tadqiqotchiga xos
37
. Tushunuvchi ongida bu bosqichlar
stixiyali ravishda kechadi.
O xshatishlar turli xalqlar madaniyatini yaqqol namoyon qilib beruvchi
ʻ
vositalardan biri hisoblanadi. Ularda ma’lum davrda yashagan ajdodlar
kechinmalari, tasavvurlari, milliy va madaniy an’analari muhrlangan bo ladi. 
ʻ
Tildagi o xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslarning aksariyati turg‘un
ʻ
o xshatishlarning idiomalarga yaqin turishini yoki idioma maqomida bo lishini,
ʻ
ʻ
ular ko p asrlar mobaynida kishilar nutqida qo llanish natijasi sifatida
ʻ
ʻ
turg‘unlashib, so zlovchilar ongida muayyan modellar shaklida mustahkamlanib
ʻ
qolishini, o xshatish etalonining, ya’ni o xshatish asosidagi obrazning muayyan
ʻ
ʻ
belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq bo lishini ta’kidlaydi
ʻ
38

Ingliz va o zbek tillaridagi mavjud o xshatishlarni qiyosiy tahlil qilganda,
ʻ
ʻ
o xshatish etaloni sifatida ko pincha hayvon yoki jonivorlarlarni bildiruvchi
ʻ
ʻ
so zlardan foydalanilganligini ko rish mumkin. Masalan, o zbek tilida “qo yday
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
yuvosh”, “musichaday beozor” o xshatish etalonlari mavjud bo lib, bu
ʻ
ʻ
o xshatishlar orqali o zbek mentalitetiga xos jihat, ya’ni qadimdan qo yning
ʻ
ʻ
ʻ
yuvosh hayvon, musichaning beozor, zararsiz qush ekanligi ifodalanmoqda. Ingliz
tilida esa beozorlik timsoli sifatida ko pincha kabutar tasvirlanadi: “As harmless as
ʻ
a dove”. 
Ingliz va o zbek tillarida sinonimlik xosil qiladigan quyidagi
ʻ
o xshatishlarni ham xuddi shunday qiyosiy tahlil qilish mumkin: “As hungry as a
ʻ
bear” iborasi o zbek tilidagi “Bo riday och” o xshatish etaloniga teng keladi.
ʻ
ʻ
ʻ
37
Абдураҳмонов Ш.А. Ўзбѐк бадиий нутқида кулги қўзғатувчи лисоний воситалар: Фил. фанлари номзоди... 
дис. авторѐф. – Тошкѐнт, 1997, 43б.
38
Нѐкрасова Н. Сравнѐния общѐязыкового типа в аспѐктѐ сопоставитѐльного анализа художѐствѐнных 
идиолѐктов // Лингвистика и поэтик. –М.: Наука, 1979. –С. 225; Лѐбѐдова Л. Устойчивыѐ сравнѐния русского
языка. –Краснодар: Кубинский ГУ, 2003. –С. 3; Хакимзянов Ф. О словарѐ устойчивых сравнѐний татарского 
языка // Российская тюркология. –Москва-Казань, 2010. -№2. –С. 80.


“Och” sozining bo ri bilan birga ishlatilishi o zbek lingvkulturologiyasiga xos
ʻ
ʻ
bo lib, ozbek xalq ertaklaridagi och bo ri ko z oldimizga keladi. Jumladan, mif,
ʻ
ʻ
ʻ
ertak, doston va badiiy asar qahramonlari ishtirok etgan muayyan o xshatishlar
ʻ
mavjud bolib, ular orqali o sha xalq milliy madaniyatini chuqur anglab yetish
ʻ
mumkin. Masalan, o zbek tilida “baquvvat, pahlavon, gavdali, juda ham kuchli,
ʻ
bahodir” ma’nosida ishlatiladigan “Alpomishday” o xshatish etaloni ingliz tilidagi
ʻ
“jasur va botir” ma’nosida qo llanuvchi “as brave as Robin Hood” o xshatish
ʻ
ʻ
birligi bilan sinonimlik xosil qiladi. 
Ingliz va o zbek tillarida uchraydigan o xshatishlar orasida leksik
ʻ
ʻ
component tuzilmasi jihatidan bir xil yoki turli xil bo lgan turlarni uchratish
ʻ
mumkin. Masalan, ingliz tilidagi “As red as a cherry” iborasida ishlatilayotgan
cherry (gilos) so zi o zbek lingvokulturologiyasiga ham xos bo lib, qiz bolaning
ʻ
ʻ
ʻ
lablarini tasvirlashda foydalaniladi. Shuningdek, ingliz tilidagi “as sly as a fox”
iborasi o zbek tilidagi “tulkiday ayyor” o xshatishiga sinonim bo ladi. Bu
ʻ
ʻ
ʻ
sinonimlikda ham leksik component tuzilmasi jihatidan bir xillikni kuzatish
mumkin. Bundan tashqari, o zbek tilida “semirmoq”, “ko p ovqat yemoq”ni
ʻ
ʻ
anglatgan cho chqaday o xshatish etaloni ingliz tilida ham cho chqaga muqoyasa
ʻ
ʻ
ʻ
qilinadi: “As fat as a pig”. 
Masalan,: The woman in the supermarket was as fat as a pig.Ammo, ingliz
tilidagi “as white as a sheet” iborasidagi sheet (qog’oz) leksemasi o zbek tilidagi
ʻ
o xshatish etaloni bo lib xizmat qilmaydi. O zbek tilida bu rang ko proq qorga
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
muqoyasa qilinadi: “Qorday oq”. Shuningdek, ingliz tilida uchraydigan “as clean
as a (new) pin” iborasi o zbek tilida “chinniday toza” o xshatishiga teng keladi.
ʻ
ʻ
Ingliz tilida tozalik belgisi sifatida yangi to g’nag’ich madaniy vosita sifatida
ʻ
xizmat qilmoqda. O zbek tilida esa bu sifat chinni buyumga muqoyasa qilinmoqda.
ʻ
O zbek tilida “qo yday yuvosh” o xshatish etaloniga ma’no jihatidan sinonim
ʻ
ʻ
ʻ
bo lgan ingliz tilidagi “as gentle as a lamb” o xshatishi leksik komponent
ʻ
ʻ
tuzilmasiga ko ra farq qiladi. Ya’ni, o zbek xalq madaniyatida yuvoshlik “qo y”ga
ʻ
ʻ
ʻ
qiyoslansa, ingliz tilida bunday sifat “qo zichoq” bilan bog’liq tarzda qo llaniladi.
ʻ
ʻ
Masalan,: The girl is as gentle as a lamb when she is with her little sister. Bundan


tashqari, o zbek tilida ijobiy ta’riflanayotgan oppoq tishlar “qor”ga emas, balki
ʻ
qimmatbaho “sadaf”ga qiyos etiladi. M., Yo q, Xor shaharga ketgan, - dedi yigit
ʻ
kulimsirab, sadafdek oppoq tishlarini ko rsatib
ʻ
39
”. 
O zbek she’riyatida tunday o xshatish etalonidan sochning qoraligini
ʻ
ʻ
ifodalash uchun keng foydalaniladi: 

Download 441.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling