Boboqulova-nilufar pdf


-§. Metaforaning o ziga xos xususiyatlari


Download 441.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana24.03.2023
Hajmi441.28 Kb.
#1290268
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
dissertatsiya metafora

1.2-§. Metaforaning o ziga xos xususiyatlari
ʻ
Metafora nihoyatda murakkab hodisa bo lib, uning tasnifi bir necha xil
ʻ
belgiga ko ra, bir necha xil bosqichda olib boriladi. Metafora unsurlarining o zaro
ʻ
ʻ
11
O kir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar:T.:Sharq, 2001-yil
ʻ
12
Abdulhamid Cho lpon. Kecha va Kunduz. Birinchi kitob:Kecha.T.:Sharq, 1995 yil(XX asr o zbek romani).
ʻ
ʻ
13
Murodboy Niyazov. Aqchagul:O zbekiston.:HMИУ. 117-bet.
ʻ


munosabatiga ko ra turlari. Bizga ma’lumki, metafora uch unsur – tema, ifoda
ʻ
vositasi va qiyos uchun asosdan tuziladi. Masalan, “qishloqning bo risi ham
ʻ
yuzboshi, tulkisi ham yuzboshi
14
” gapida quyidagi metaforalar amal qiladi:
yuzboshi - bo ri, yuzboshi - tulki metaforasida bo ri va tulki so zlarida, bo ri so zi
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
shavqatsiz, ochko z, yulg’ich ma‘nolarini ifodalaydi, ―tulki – ifoda vositasi,
ʻ
ayyor, yulg’ich – tema. Shu o rinda ta‘kidlab o tish lozimki, metaforada nom
ʻ
ʻ
ko chish odatda miqdoran tenglik asosiga qurilavermaydi. Faqat mazmuniy
ʻ
tenglik zaruriy hisoblanadi. Shuningdek, bu tenglik ham nisbiy aniqlanadi. Ya’ni
metaforik qo llangan bir so z aynan bitta so zning o rnida kelgan deb
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
bo lmaydi. Yuqoridagi misolda qiyoslang: bo ri – shavqatsiz, ochko z. Demak,
ʻ
ʻ
ʻ
bu yerda miqdoriy emas, mazmuniy tenglik nazarda tutiladi va bu tenglik ham
nisbiydir. Chunki bo ri so zida qiyoslash uchun asos bo lgan semalar bilan
ʻ
ʻ
ʻ
mutanosib motivlar nutqiy sharoit talabiga ko ra turlicha bo la oladi: xarakter
ʻ
ʻ
jihati, tabiiy jihatlar, tashqi ko rinish va hokazo. Metaforaga xos bo lgan ana
ʻ
ʻ
shu xususiyat haqida fikr yuritib, Dj. Miller
15
metafora yaratuvchi aniq
so zlarni nazarda tutgan ham, tutmagan ham bo lishi mumkin, ular
ʻ
ʻ
ishlatilmagani tufayli biz buni hech qachon aniqlay olmaymiz deydi. Metafora
unsurlarining bu xil munosabati yanada chuqurlashtirilishi mumkin. Ya’ni
temagina emas, ifoda vositasi ham konkret so zlar bilan ifodalanmaydi: chiqdi
ʻ
- “chiqdi degan gap o rmaladi
ʻ
16
”. O rmalash gapga xos xususiyat emas,
ʻ
demak, bu yerda metafora bor. Ammo gap nima deb tasavvur qilinayapti?
Konkret javob yo q. Shugina ma’lumki, u qandaydir o rmalay oladigan
ʻ
ʻ
jonzodga qiyoslanmoqda, ya‘ni metafora yaratuvchi o z ifoda vositasini
ʻ
konkret aytmaydi, balki metafora qabul qiluvchini yo llaydi. Metaforani
ʻ
oxirigacha yechish adresat ixtiyorida qoladi. Kelib chiqadiki, metafora
unsurlari munosabatining mutanosiblik va konkterlik tabiatiga ko ra ikki xil
ʻ
ekan:
14
Abdulla Qahhor. O'gri: T:Sharq, 1936-yil. 
15
Miller,Carol(2012). Up All Night:My life and Times. New York:Ecco. Pp.115-116.ISBN 9780061845246. 
16
Abdulla Qahhor. Bemor:T.:Sharq, 1936-yil.


1. Ifoda vositasi tema bilan mazmunan mutanosib va konkret
ifodalangan (ya’ni metaforaning asosiy unsurlari mavjud) – asos metafora.
2. Ifoda vositasi konkret ifodalanmaganligi sababli mazmuniy mutanosiblik
ham qisman noaniqlashgan. Biroq uni aniqlashtirish uchun yo llanma
ʻ
komponent mavjud – yo llovchi metafora. Bu o rinda shunga e‘tibor qaratish
ʻ
ʻ
lozimki, yo llovchi metaforaning murakkab lisoniy tabiati mutlaqo ularning
ʻ
keng tarqalishiga to siq bo lmaydi. Yo llovchi metafora turlari bo lmish
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
jonlantirish yoki shaxslantirish haqida olib borilgan tadqiqotlar uning eng
ko p tarqalgan metafora turlaridan biri ekanligini ko rsatadi
ʻ
ʻ
17
.
Metaforaning sintagmatik qatordagi munosabat belgisiga ko ra turlari.
ʻ
Metaforik qo llangan so z sintagmatik munosabatga kirishuvchi so zni shartli
ʻ
ʻ
ʻ
ravishda metaforalanayotgan so z deb ataymiz
ʻ
18
. Masalan, “Ular mardikorlikka
yuborilgan yurt sovuq do zax deyishibdi
ʻ
19
”. Bu yerda metaforik so z – sovuq
ʻ
do zax (aniqrog’i, do zax). Metaforalanayotgan soz yurt. Metaforalanayotgan va
ʻ
ʻ
metaforik so z o zaro sintagmatik munosabatda turadi. Ammo bu sintagmatik
ʻ
ʻ
munosabat ikki xil bo la oladi: 
ʻ
1. Tor – bir jumla doirasida: ”Valixon so fi muloyim supurgi bo lib
ʻ
ʻ
qolibdi
20
”.
2. Keng matn (kontekst) doirasida yoki sharoit (konsituatsiya) doirasida:
“Ayamning odam zavodida tuqqani og’izga tushib ketdi
21
”. Odam zavodi
(aniqrog’i, zavod) metafrik so z bog’lanadigan so z ―tug’ruqxona (ancha keng
ʻ
ʻ
matndan ma‘lum bo ladi). “Arslonim uyatga qolmasin deb, ikki savat uzum
ʻ
berib yuboruvdim
22
” . Arslonim- sintagmatik bog’lanuvchi so z ersituativ sintagma
ʻ
(agar shunday ta‘bir mumkin bo lsa, assotsiativ sintagma)da munosabatda
ʻ
turuvchi metaforalarni shu sintagmatik munosabatlarning aniqligi hisobiga ochiq,
keng sintagmatik munosabatda turuvchi metaforalarni esa yopiq deb ataymiz. 
17
Усмонов С. Мѐтафора // Ўзбѐк тили ва дабиѐSти. – 1964. - № 4. – Б. 34-36.
18
Тоҳиров З. Мѐтафора лѐксѐма-сѐмѐмасининг прагматик сѐмаси. // Ўзбѐк тили ва адабиѐSти. – 1983. - № 1. – 
Б. 74-77.
19
A. Qahhor.”Sarob”. O zbekiston Davlat nashriyoti. Toshkent-Samarqand, 1937 yil ,73-bet. 
ʻ
20
Abdulla Qahhor. “O tmishdan ertaklar”.Qissa va hikoyalar to plami, T.:Yosh gvardiya nashriyoti,1976 yil, 114-b.
ʻ
ʻ
21
Abdulla Qahhor. “O tmishdan ertaklar”.Qissa va hikoyalar to plami, T.:Yosh gvardiya nashriyoti,1976 yil, 98-b.
ʻ
ʻ
22
A. Qahhor.”Sarob”. O zbekiston Davlat nashriyoti. Toshkent-Samarqand, 1937 yil ,118-bet. 
ʻ


 Metaforaning nomlash jarayoni tabiatiga ko ra turlari. Metaforani asosan
ʻ
poetik figura deb qarovchi tadqiqotchilar ham unda ekspressivlik belgisining
muntazam emasligini tan olib kelganlar. Shunga ko ra metaforaning ikki turi: 
ʻ
1. Ekspressiya mavjud bo lmagan (o lik tilga xos, nopoetik) metafora.
ʻ
ʻ
2. Ekspressiya mavjud (tirik, nutqiy, badiiy, poetik) bo lgan metafora. 
ʻ
Turli olimlarning qarashlari jamlanganda, ularning hammasi ham yuqorida
qayd etilgan holatni metaforaning ekspressiv, noekspressiv bo la olishini
ʻ
nazarda tutganini ko rsatadi. Ekspressiv metaforalar keng holda
ʻ
23
, noekspressiv
metafora shaxsiy bo lib qolishi ham mumkin. (Bola choynak jo mragini -
ʻ
ʻ
choynakning burni deb atashi, xatto shu bola uchun ham bir martalik akt bo lishi
ʻ
mumkin)
24
. Bu misollar bir martalik va ko p martalilik belgisining ham
ʻ
muntazam emasligini ko rsatadi. Ekspressivlik, metaforaning nome’yoriyligi
ʻ
haqidagi qarashlar esa har qanday metafora asosida lisoniy me‘yorlar yotishini
nazardan chetda qoldirish natijasidir
25
.
Quyidagi misollarga e‘tibor qiling: Ekspressiv metafora - hammaning
nazarida hurriyatning chashmasi. “Men qishloqqa ilm-ma‘rifat urug’ini sochgani
kelganman
26
”. Noekspressiv metafora - “Eshik og’zida qo l bog’lab turgan ayam
ʻ
o choq boshida yig’lab o tiribdi
ʻ
ʻ
27
”. Eshik og’zi yoki o choq boshi noekspressiv
ʻ
metaforalarni hurriyatning chashmasi ilm-ma‘rifat urug’i ekspressiv metaforalari
bilan qiyoslasak, ular noekspressiv bo lib qolgan emas, aslida ham hech qachon
ʻ
noekspressiv bo lmagan. Zamonaviy mualif ―rux parvozi atamasini o z nutqiga
ʻ

ʻ
olib kirar ekan, maqsad ko tarinki uslubni ta‘minlash bo ladi, diniy qarashlarni
ʻ
ʻ
isbotlash emas
28
. Noekspressivlikni isbotlash uchun tilga xos bo lgan asos qidirish
ʻ
lozim. Bizningcha, bu asos juda sodda bo lib, nomlash jarayonida yotadi.
ʻ
Noekspressiv metafora shunchaki nomlashni, ekspressiv metafora nomlash va
baholashni nazarda tutadi. Shuning uchun ham metaforaning ekspressiv va
23
Ye.K.Betger. “Turkiston to plami 3-jild”, T.1939 yil.
ʻ
24
O zME.:O zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2000-2005 yil.
ʻ
ʻ
25
Миртожиѐв М. Ўзбѐк тилида полисѐмия. – Т.: Фан., - 1975б 55б.
26
Abdulla Qahhor. Asarlar(5 tomlik).-T.:G’afur G’ulom nomidagi nashriyot, 1987-1989.
27
Abdulla Qahhor. “O tmishdan ertaklar”.Qissa va hikoyalar to plami, T.:Yosh gvardiya nashriyoti,1976 yil, 117-b.
ʻ
ʻ
28
Қўчқортоѐв И. Сўз маъноси ва унинг валѐнтлиги. – Тошкѐнт: Фан, 1977, 16б. 


noekspressiv turlarini biz metaforaning nomlash jarayoni tabiatiga ko ra turlari deb
ʻ
atadik
29
.

Download 441.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling