Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
So‘nggi so‘zlar Boburning butun vujudini zirqiratib o‘tdi. Uning qallig‘iga qo‘pol gapirib, 
bechorani asiradek azoblayotgan Boysunqur mirzo shunday g‘azabini keltirdiki
ertagayoq uning ustiga qo‘shin tortib, bostirib borish va qallig‘ini asoratdan qutqarish 
istagi Boburning qalbidagi boshqa hamma istaklarini bosib keta boshladi. 
Xonzoda begim ukasidagi o‘zgarishni sezib: 
— Amirzodam, iloho asiralarni qutqarish sizga tezroq nasib bo‘lsin! — dedi. — Ammo 
najotni faqat jangu jadal keltirurmikin? Zaifa egachingizning e’tiqodi shulki, qon to‘kilsa, 
adovat kuchayur. Boysunqur mirzo asiralarga battar o‘chakishur. Najot urushda emas, 
amirzodam, najot — sulhda! 
Begim hayajonlanib aytgan bu so‘zlar Boburning ko‘nglida qo‘zg‘agan boyagi g‘azabni 
ancha pasaytirdi. «Sulh» so‘zi qalbiga iliq tuyuldi. 
Xonim darhol qizning gapini quvvatlab, o‘g‘liga yuzlandi: 
— Boysunqur mirzoga elchi yuboringiz, amirzodam! Oradagi adovatni yo‘qotingiz! 
— Boysunqur mirzo zo‘ravonlik qilsin! Men mo‘minlarcha bosh egib elchi yuboray! 
Bobur bu gaplarni aytar ekan, uning zo‘rlikka zo‘rlik, zarbga zarb bilan javob berish 
istagi naqadar kuchli ekanligi hammaga sezildi. Qosimbek undagi bu istakni qo‘llab-
quvvatlashga tushdi: 
Xonim hazratlari, hozirgi zamonda zo‘ravonlikka mo‘minlik mutlaqo rost kelmas. 
Zo‘rlar orasida zo‘r bo‘lmoq kerak! Alhol, Shayboniyxon Samarqandga shimoldan ko‘z 
tikmishdir. Hisor hukmdori Xisravshoh iloj topsa, Samarqandga janubdan chang 
solg‘usidir. Boysunqur mirzo — noshud tojdor. Poytaxtni ertami-kechmi boy bergay. 
Agar Bobur mirzo Samarqandni tezroq egallamasalar, bobolaridan qolgan saltanat 
begona sulola ilkiga o‘tib ketgusidir. Xudo ko‘rsatmasin, agar Shayboniyxonmi, 
Xisravshohmi — birontasi Samarqandni zabt etsa, kuch-qudrati oshib, tez kunda Andijon 
ustiga ham qo‘shin tortib kelgusidir... 
— Axir barcha temuriylar birlashib ittifoq tuzsalar bo‘lmasmi? — dedi Nigor xonim 
kuyunib. 
— Barcha temuriylarning parokanda kuchlarini yig‘ib birlashtirmoq uchun ham qudrat 
kerak. Iste’dod kerak! Boysunqur mirzoga o‘xshaganlarda na unisi bor, na bunisi. 
Movarounnahrdagi temuriylar orasida eng sohibiste’dod, sohibqudrat siymo — Bobur 
mirzodirlar. Shuning uchun biz jonimizni amirzodam ko‘zlagan ulug‘ maqsadlar yo‘liga 
tikkanmiz. Inshoollo, Samarqandni bu yil zabt etsak, xavf-xatarlar bartaraf bo‘lg‘ay. Ana 
undan keyin chinakam osuda davr kelur, har qancha binolar qursak oson bo‘lur. 
Xonzoda begim Qosimbekka tikilib so‘radi: 
— Xullas, volidai muhtaramamizning iltimoslari rad etilurmi? 
Qosimbek qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, bosh egdi: 
— Qulingizning gustoxligini avf eting, begim, men amirzodamning ijozatlari bilan dilimda 
borini so‘zladim. 
Bobur arosatda qolib qiynalar edi. Onasi shunchalik ishontirib aytgan haqli iltimoslarni 
rad etishga uning tili ham bormas, ko‘ngli ham chopmas edi. Ammo Qosimbek uning 
qalbida shunday tug‘yonli hislar qo‘zg‘adiki, ulardan qutulishning ham iloji ko‘rinmay 
qoldi. Agar u Samarqanddan voz kechsa, narigi zo‘ravonlar poytaxtni olishi, keyin 
Andijonga bostirib kelishi muqarrar ekani, unga hozir juda aniq sezilmoqda edi. Butun 
Movarounnahrda urush girdobidan qochib qutuladigan biron viloyat ko‘ziga ko‘rinmas. 
Bobur qashqirlar qurshoviga tushib qolgandek bezovtalanar edi. Onasining: «Sulh 
tuzing, binokor bo‘ling!» — degani «kiyikday beozor yashang» degani edi. Lekin Bobur 
yirtqichlar orasida kiyik bo‘lib kun ko‘rolmasligini ich-ichidan his qilar, shuning uchun 
atrofini qurshab kelayotgan bo‘rilar bilan sher bo‘lib olishishni istar edi. Buni sezib 
turgan Qosimbek munozarani ortiq cho‘zib o‘tirgisi kelmadi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling