Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 — Quvada g‘alabani tangrim o‘zi bizga in’om qilgan, mavlono! — dedi Qosimbek. Bu gapga qarshi chiqib bo‘lmas edi. — Albatta, bularning ko‘ngliga shu ishni xudo o‘zi solgan. Lekin o‘shandagi jasorati uchun yog‘iylar Tohirga nayza sanchib, uni og‘ir yarador qildilar. Jiyanim naq bir o‘limdan qoldi, janob Qosimbek! — Shundoqmi? — deb Qosimbek endi Tohirga iliqroq nazar bilan qaradi. — Samarqanddagi yog‘iylarimizda qasding bormi, yigit? — Ha, o‘chim bor. Qosimbek ketida sukut saqlab turgan tavochiga o‘girildi: — Bu yigitni Chilmahram tog‘i etagida askariy mashq o‘tkazayotgan navkarlar qatoriga qo‘shing! — So‘ng u mulla Fazliddinga izoh berdi. — Jiyaningizning mashqi yetilsin, harbiy muomalani o‘rgansin. Undan so‘ng amirzodam lozim ko‘rsalar, xos navkarlari qatoriga olurlar. Tohir mavlono Fazliddin bilan quchoqlashib xayr-lashdi-da, otiga mindi va tavochining ketidan Chilmahram tog‘iga qarab yo‘l oldi. _______________ * U l u f a — maosh va turarjoy. 7 Beklarning mashvaratida Samarqand yurishini ramazon oyida boshlashga, tayyorlik ishlarining asosiy qismini O‘shning o‘zidayoq bitirib ketishga qaror qilindi. Bobur onasining so‘zini yerda qoldirganidan xijolat bo‘lib, Qutlug‘ Nigor xonimning ko‘ziga tashlanmaslikka tirishardi. Safar tayyorgarliklaridan bo‘shagan paytlarda o‘z chodirida yolg‘iz o‘tirib kitob o‘qirdi. Bugun namozigar kechroq Bobur «Vaqoi’»* nomli daftarga otasining o‘limi haqida yozayotgan edi, yasovul kirib, Qutlug‘ Nigor xonim bilan Ali Do‘stbekning chodirga kirishga ijozat so‘rayotganlarini aytdi. Bobur daftarini yopib, onasini eshik oldida qarshi oldi va to‘rga o‘tqazdi. Qutlug‘ Nigor xonimning rangi xiyol o‘chgan. Uning peshonasidan yuqorida — sochining farq ochilgan jo-yida Bobur bir tutam oqargan soch tolalarini ko‘rdi. Endi qirq yoshga kirgan onaizor kampirlardek odmi kiyinar va qaddini egibroq yurar edi. Bobur onasiga allanechuk rahm qilib past tovush bilan gapirdi: — Onajon, so‘zim yerda qoldi, deb kuyunmang. Nasib bo‘lsa, Samarqanddan qaytganda hamma aytganlaringizni qilurmen. — Xudoning xohishi shunday bo‘lsa, biz bandalar qanoat qilgaymiz. Iloho, yaxshi niyatlaringizga yeting, shoh o‘g‘lim! Ali Do‘stbek baquvvat qo‘llarini fotiha uchun ochib: — Ilohi omin! — dedi. So‘ng katta-katta panjalarini qop-qora silliq yuziga, soqolsiz uzun iyagiga surtdi. Yuzi mo‘g‘ulcha bo‘rtgan bu chayir ko‘sa odam Boburning buvisi Eson Davlat begimga amakivachcha bo‘ladi. Shu sababli o‘z nomiga «tog‘oyi» degan so‘zni unvondek qo‘shib aytadi va Qutlug‘ Nigor xonimga akalarcha mehribonchilik ko‘rsatib yuradi. Hozir ham ko‘rpachalar ustiga o‘tirganlaridan keyin Ali Do‘stbek Qutlug‘ Nigor xonimga «Gapni ochaymi?» deganday bir qarab oldi. Xonim tasdiq ma’nosida bosh irg‘agach, Ali Do‘stbek tomoq qirib, siporish bilan so‘z boshladi: — Amirzodam, volidangiz ikkovimiz nozik bir muammoda sizning maslahatingizni olgani keldik. Muhtarama egachingiz Xonzoda begim hozir yigirma yoshdalar. Ayni uzatiladigan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling