Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 zahmatkashlarning kushandasiga aylanmasmikinsan, jiyanim? — Ishoning, mulla tog‘a, men yomon beklarning zulmiga ilojim boricha qarshi turgaymen! — Bobur mirzo hukmdor bo‘la turib daf qilolmagan adolatsizliklarni sen nechun daf qilursen? — Balki Bobur mirzoning mendek navkarlari bo‘lmagani uchun daf qilolmagandirlar? Balki u zotga men kerakdurmen, mulla tog‘a! Men o‘zim uchun shundan ma’qul yo‘l topolmadim. Yolg‘iz yashashimning ma’nosi qolmadi. Ne qilay? Mavlono Fazliddin jiyanining yuziga tikilib qaradi-yu, uni niyatidan qaytarib bo‘lmasligini sezdi. Tohir bundan uch yil oldin Quvasoy ko‘prigini buzib, yov qo‘shiniga katta talafot keltirgan paytlarda tarix daryosining qudratli oqimiga tortilmaganmi-di? Endi umrbod o‘sha oqimdan chiqolmasdan, tarixiy voqealarning ichida yurishga mahkum etilganmikin? Har qalay, jiyanining so‘nggi gaplari mavlononi o‘ylantirib qo‘ydi. U birpas jim turgach: — Tavochiga uchradingmi? — dedi. — Uchradim. «Oting yo‘q ekan, piyoda qo‘shinga olamiz», dedi. Men piyoda yurib o‘rganib qolganmen, mulla tog‘a. — Ammo jangda eng ko‘p talafot piyodalar orasida bo‘lur, buni bilursenmi? — Mayli-da, qirq yil qirg‘in bo‘lsa ham ajali yetgan o‘lgay. — Bas! Mulla Fazliddin bu haqda boshqa gaplashmadi. Ertalab nonushtadan keyin xizmatkoriga aytib, bostirmada turgan har ikkala otni ham egarlatdi. Tohirga oyoqlari uzun jiyron otni ko‘rsatib: — Sen mana shuni min, — dedi. — Men sening piyoda askar bo‘lishingni o‘zimga munosib ko‘rmasmen. Mulla Fazliddin o‘zi Bobur in’om qilgan to‘riq qashqani mindi. So‘ng ikkovlari Boburning qarorgohiga otliq yo‘l oldilar. Odatdagiday, Bobur huzuriga kirish uchun eshik og‘adan ruxsat olish kerak. Tog‘a-jiyan sakkiz burchakli ulkan oq o‘tovdan beriroqda otliq kelayotgan Qosimbekni ko‘rdilar va uning hurmatiga otdan tushib qo‘l qovushtirdilar. — Janobi amirul umaro, jiyanim ham Bobur mirzoga sodiq xizmat qilish orzusida keldi, — dedi mavlono Fazliddin. — Ijozat bersangiz, amirzodaning huzuriga kirsak. — Amirzodam hozir behad banddir, mavlono. Balki iltimosingizni menga aytursiz?.. — Jiyanim Tohir... amirzodamning xos navkarlari qatoriga olinishini o‘tinib so‘ramoqchi edim. Qosimbek Tohirning barvasta gavdasiga va yuzidagi chandiqqa qaradi-yu: — Yigit, askariy xizmatda bo‘lganmisen? — dedi. Qosimbekning «sensirab» gapirgani Tohirga uncha yoqmadi. Loqayd tovush bilan: — Hali bo‘lgan emasmen, — dedi. Mavlono Fazliddin oraga tushdi: — Janobi amirul umaro, jiyanimiz asli dehqon bo‘lsa ham, lekin tabiatida jangovarlik bor. Esingizda bo‘lsa, Quvaning ko‘prigida yog‘iylarimiz juda katta talafot ko‘rib, o‘zlari sulh taklif qilgan edilar. O‘shanda bizga g‘alaba keltirgan azamat yigitlarning biri — mana shu Tohir! — G‘alaba keltirgan?! — ishonqirmay so‘radi Qosimbek. — Qanday qilib? Mavlono Fazliddin Quvada o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni Qosimbekka qisqacha so‘zlab berdi. Uning hikoyasiga qaraganda, jangovar beklar va navkarlar eplay olmagan yovning belini oddiy «yalangoyoqlar» sindirgan bo‘lib chiqardi. Qosimbek bunga ishongisi kelmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling