Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
59 — O‘shanda Robiyani Andijonga qochirmoqchi bo‘lganlarida men Quvada olib qolganmen. Agar Andijonga ketganda bu falokat bo‘lmas ekan. — Sen nima bo‘lishini qaydan bilibsen, jiyanim? — Har qalay, men uni topib, shu gunohimni yuvmagunimcha tinchiyolmaymen. Robiya, siz aytgandek, uylik-joylik bo‘lib, tinchib ketgan bo‘lsa, unda... mayli... Taqdirga tan berurmen. Agar hali ham najot izlab, meni kutib yurgan bo‘lsa-chi? Axir men uni unutolmay yuribmen-ku? Unga ham men kerak bo‘lsam-chi? Mavlono Fazliddin bosh chayqab: — Dil dardiga davo yo‘q ekan-da, — dedi va mavzuni o‘zgartirdi: — Yo‘qlab kelibsen, endi mehmon bo‘l. Qani, dasturxonga qara... Tog‘a-jiyan birga o‘ltirib shirchoy ichdilar. Keyin mulla Fazliddin Tohirning kiyim- boshlariga yana bir ko‘z yugurtirdi-yu: — Jiyanim, tog‘ang hozir xiyla badavlat, — dedi qo‘yniga qo‘l solib, bog‘ichi popukli qora charm hamyon oldi. U hamyonni ochib, jiyaniga bir nechta oltin tanga olib bermoqchi edi. Hamyon tezda ochilavermagach, mavlono uni ochmasdan jiyaniga uzatdi. — Ma, O‘shning rastalariga chiq, bugun juma, mol ko‘p, o‘zingga kerakli kiyim-kechak ol. Tohir hamyonni olmay turib dedi: — Yo‘q, mulla tog‘a, menga o‘zingiz sanab, qarz bering. — Ha, xo‘p, qarz! O‘zing keragicha ol, puldor bo‘lganingda qaytarursen. — Unday bo‘lsa, mayli. Tohir hamyonni qo‘yniga solib chiqib ketganicha peshin kechroq oyog‘iga yangi askariy etik, boshiga mo‘g‘ulcha bo‘rk kiyib, chakmonga o‘xshash dag‘al yungli dag‘alani yelkasiga tashlab keldi. Uning qo‘lida qini eskirib ketgan arzon bir qilich ham bor edi. Mavlono Fazliddin hayron bo‘lib: — Nechun bunday kiyimlar olding? — dedi. — Qilichni ne qilursen? — Mulla tog‘a, yolg‘iz sargardon bo‘lib yurish mening jonimga tegdi. Endi Samarqandga Bobur mirzoning qo‘shini bilan birga bormoqchimen. — Sarboz bo‘libmi? — Ha, tavochilar askarlikka odam olayotgan emishlar... Jiyani O‘shga ham shu niyat bilan kelganini mavlono Fazliddin endi sezdi-yu, undan qattiq ranjidi. — Jinni bo‘libsen, Tohir! Hamma urushdan qochsa, sen bu ajdahoning komiga o‘z ixtiyoring bilan bormoqchisen! Bir marta nayza yeb, o‘limdan qolganing ozmidi? — Mulla tog‘a, undan keyin men yana necha o‘limlardan qolganimni siz bilmaysiz. Toshkentda bir mo‘g‘ul begi bechora kosibning qizini zo‘ravonlik bilan tortib olmoqchi bo‘lganda men chidab turolmadim. Oraga tushganim uchun mana, yuzimda o‘sha bekning xanja-ridan chandiqlar qoldi. — Zamona zo‘rnikiligini hali ham bilmaysenmi? — Bilganim uchun men o‘shanday zo‘rlar bilan zo‘r qo‘shinning safida turib olishmoqchimen, mulla tog‘a. Men ko‘p yurtlarni ko‘rdim, turli odamlar bilan birga ishlab, birga yurdim. Bobur mirzoning tabiati pokiza, ko‘ngli tiyrak ekanini ko‘p odam bilar ekan. «Atrofdagi podshohlardan yaxshilik chiqmasa ham Bobur mirzodan bir yorug‘lik chiqar», deb umid qilamen. Mavlono Fazliddin yerga qarab: — Qaydam, — dedi. — Bobur mirzo hali yoshlar. Men ham shu zotga umid bog‘lagan edim... Lekin yana urush, qon... Hammamiz tun zulmatiday intihosiz bir qorong‘ilik ichida yuribmiz. Mamlakat parokanda, zolim tojdorlar qon ustiga qon to‘kurlar. Bobur mirzoning atrofidagi beklar ham rahm-shafqatni unutmishlar. Muhit shundoq g‘addor bo‘lgach, sen ham yomon beklar xizmatida yurib, o‘zingga o‘xshash jabrdiyda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling