Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
191
Yo‘llar qor tagida ko‘rinmay ketgan. Sulton bolalikdan yaxshi biladigan tepaliklar
jilg‘alar va qoyatoshlarga qarab tusmol bilan yo‘l boshlab boradi. Tog‘ etaklarida ularga 
bironta qo‘y suruvi, bironta qoramol uchramaydi— chorva yeydigan o‘t-o‘lanlar qor 
tagida qolib ketgan. Hatto kakliklar ham bu qorda don topolmay pastliklarga tushib 
kelgan. Ular qalin qorda durust ucholmay qolarkan, qanotlarini yozib, qorga tiqilib 
qolgan kakliklardan besh-o‘ntasini yigitlar yo‘l bo‘yidan tutib oldilar: 
— Kechqurun tunashga to‘xtaganda kabob qilgaymiz!— deyishib, xurjunlariga joyladilar. 
Tog‘ oraliqlariga kirganlarida qor otning tizzasidan balandga chiqdi. Qish chillasi qahrli, 
sovuqning qattiqligidan oyoq taglarida g‘archillagan qorning tovushi tog‘ yonlaridan aks-
sado bo‘lib qaytadi. Yuqoriga ko‘tarilganlari sari yurish qiyinlashadi, ot-ulovlar 
burunlaridan hovur chiqarib og‘ir-og‘ir nafas olishadi, horg‘in pishqirishadi. Beku 
navkarlarning og‘izlaridan chiqqan hovur yog‘ayotgan qorga qo‘shilib, soqol-
mo‘ylovlarga oppoq qirov bo‘lib yopishadi va hammani mo‘ysafidga o‘xshatib ko‘rsatadi. 
Qish kuni qisqa, dovonga yetib borolmadilar. Kech kirganda nina bargli bolut daraxtlari 
o‘sib yotgan o‘rmonda to‘xtadilar. Tekisroq joylar topib, qorini kurab tashladilarda, 
o‘rmondan o‘tin kesib kelib, gulxanlar yoqdilar. Gulxan atroflarini erigan qorlardan 
tozalab, Bobur, Qosimbek va boshqa e’tiborli a’yonlar uchun chodirlar tikdilar. Yigit-
yalanglar qori kuralgan yerlarga qalin kigizlar to‘shab o‘ltirdilar. Yuklar orasida qozon-
tovoqlar ham bor ekan. Kunduz kuni tutilgan kakliklardan qilingan kabobning oldi Bobur 
va Qosimbekka suzildi. Gulxan olovida qovurdoqlar ham tayyorlandi. 
Sulton mayxo‘rlik ham bo‘lishini kutgan edi. Lekin u hamroh bo‘lib borayotgan beku 
navkarlarning o‘zaro gap-so‘zlaridan shuni bildiki, yigirma besh yoshlik Bobur hali 
umrida may ichmagan namozxon yigit. Uning shunday qor sovuqlarida ham tahorat olib 
namoz o‘qiganini safar paytida bir necha marta ko‘rgan Sulton o‘zicha taajjublanib 
qo‘ydi. 
Ertasi kuni yana dovon tomonga ko‘tarilib borayotganlarida qorning qalinligi otning 
o‘mrovigacha chiqdi. Otlar sal ilgarilaganlaridan so‘ng oyoqlari yerga tegmay, qorga 
botib to‘xtab qolishdi. 
Qosimbek yigitlarga kurak bilan yo‘l ochishni buyurdi. Besh-olti kishi kurak olib oldinga 
o‘tdi. Ammo qalinligi odamning ko‘kragiga chiqadigan qorni kurak bilan uddalab bo‘lmas, 
ikki-uch qadam yo‘l ochguncha bir dunyo vaqt ketardi. 
— E, bu bo‘lmas ekan, — dedi Bobur. — Bir kunda ikki chaqirim yo‘l bossak qachon 
yetgaymiz? 
Sulton oldinga o‘tdi-da, qorni tepa-tepa shibbalab, birpasda to‘rt-besh qadam yo‘l qildi. 
— Buni biz tajribada ko‘rganmiz, — dedi Sulton Boburga. — Yigitlaringizga buyuring, 
mana shunday qor tepib yo‘l ochsinlar. Boshqa iloj yo‘q! 
Qosimbek «Qandahor orqali tekis yo‘l bilan boraylik!» degan taklifga ko‘nmagani va 
dovon yo‘lidan yurishga sababchi bo‘lgani uchun Boburdan xijolat chekmoqda edi. Shu 
sababli o‘g‘illari Tangiberdi va Qambaralini ikki yoniga olib, hammadan oldin o‘zi qor 
tepishga kirishdi. Orqadan yana Tohir boshliq to‘rt-besh yigit oldinga o‘tib, qorni 
g‘archillatib shibbalashga tushdilar. 
Birpasda yuz qadamcha so‘qmoq yo‘l hosil bo‘ldi. Undan otlarni yetaklab o‘tishga to‘g‘ri 
kelardi. Qor tepayotgan Qosimbek hansirab dedi: 
— Otni zo‘r jonivor derdik, bunday qorga odam otdan ham zo‘r bo‘larkan! 
Orqada yo‘l ochilishini kutib otliq turgan beku navkarlar ko‘pchilik edi. Bu qattiq sovuqda 
ularning otdan tushgilari kelmasdi, chunki otning badanidan ozgina bo‘lsa ham issiqlik 
chiqib, suvoriyga iliq tapti urib turar, pastdagi odam bo‘yi qor esa kafanday sovuq 
tuyulardi. Juda sekinlik bilan ilgarilab borishar, bu ketishda bir kunlik yo‘l bir haftaga 
cho‘zilishi muqarrar edi. Ishboshi bo‘lib turgan Sulton har zamonda Bobur tomonga ko‘z 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling