Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
HINDIKUSH, KOBUL
O‘LIM BILAN YUZMA-YUZ Xirotdan uzoqlashganlari sari go‘zallik va nafosat nuriga yo‘g‘rilgan iliq tuyg‘ular o‘rnini Hindikush tog‘ining bahaybat qoyatoshlari va uning sovuq muzlariga o‘xshaydigan xavotirliklar egallay boshladi. Boburning Kobuldan chiqib kelganiga uch oydan oshyapti, lekin u yerdagi ishonchli odamlardan xabar kelmayapti. Ora uzoq — otda bir oy-qirq kunlik yo‘l. Karvon bilan Kobuldan kelgan savdogarlar noxush ovozalar eshitibdi. Go‘yo Bobur mirzo Hirot tojdorlari bilan yovlashib qolganmish, uni Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo‘yganmishlar. Hisorda Xisravshohdan ajralib kelib, Bobur xizmatiga kirgan yigirma ming mo‘g‘ul sipohilari bu xabarga asoslanib, Kobulda o‘z hokimiyatlarini o‘rnatish harakatiga tushganmish. Mo‘g‘ullarning dug‘lat qavmidan bo‘lgan Muhammad Husayn (avvalgi O‘ratepa hokimi) fitnachilarga bosh bo‘lmoqda emish. Ammo Kobul dorug‘asi Mulla Bobo Boburga sadoqat saqlab, qo‘rg‘on darvozalarini berkitib olganmish. Agar shu gaplar rost bo‘lsa, qo‘rg‘on qamalda qoladi. Ammo tashqaridan yigirma ming qo‘shin hujum qilsa, qo‘rg‘onni egallashi hech gap emas. Unda Bobur Samarqand tufayli Andijondan ayrilgani Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 189 kabi, Hirot sababli Kobuldan ham ajralib, yana ora yo‘lda muallaq qolishi mumkin. Bu xatarning oldini olish uchun Bobur Kobulga tezroq yetib borish harakatiga tushdi. Aksiga olib, qish erta boshlandi. Qavs oyidayoq tog‘ etaklariga yoqqan qalin qor otlarning tizzasiga yetib bordi. Chaxcharon degan joyda Bobur beklarni mashvaratga to‘pladi. — Dovonlar bekilgandir, — dedi Xo‘ja Kalonbek.— Qandahor orqali borsak, yo‘l tekis. Hindikushni aylanib o‘tgaymiz. — Aylanib o‘tganingizgacha qirq-ellik kun vaqt ketgay! — e’tiroz qildi Qosimbek. — Ungacha mo‘g‘ullar Kobul qo‘rg‘onini egallab olsa, keyin ne qilgaymiz? — Xudo ko‘rsatmasin! — dedi Bobur. — Ilohim bu mishmish yolg‘on chiqsin! — Ammo shamol bo‘lmasa terakning uchi qimirlamagay, amirzodam! Kobulga tezroq yetib bormog‘imiz shart! To‘g‘ridagi Ko‘tali Zarrindan oshsak Qandahor yo‘liga nisbatan masofa ikki barobar qisqargay. Bir oy vaqt yutgaymiz! — Unday bo‘lsa, mayli, janob Qosimbekning taklifini qabul qilaylik. Faqat dovon yo‘lini yaxshi biladigan yo‘lboshchi topish kerak. — Bunisi menga tan! — dedi Qosimbek. Ertasi kuni yana qor yog‘a boshladi. Bobur qo‘riqchi yigitlari bilan otlanib chiqayotganda Qosimbek af-g‘onlarning pashoyi qabilasi yashaydigan qishloqdan Sulton degan bir yo‘l ko‘rsatuvchini topib keldi. Olachipor salla o‘ragan, baland bo‘yli, burni uzun, jingalak soqoliga oq oralagan bu odamning yuzi Boburga allanechuk tund ko‘rindi. Bobur u bilan ot ustida turib dariy tilida so‘zlashdi: — Qishda Ko‘tali Zarrindan o‘tish mumkinmi yo‘qmi? — O‘tganlar bor, — dedi Sulton. — Ammo bu yil qor juda ko‘p. Ko‘chki bosib qolishidan qo‘rqmasangiz... — Siz qo‘rqmasangiz biz nechun qo‘rqaylik?.. — Men qishda o‘tsam, bir o‘limni zimmamga olib o‘taman. Ketishda uydagilardan rozi- rizolik so‘rab yo‘lga chiqaman. Qaytib kelmasligim mumkin. Bobur Qosimbek tomonga o‘girilib turkiy tilda so‘radi: — Nafasi muncha sovuq? Boshqasi yo‘qmidi? — Boshqalari unamadi. «Dovon bekilgan, jon kerak!» deyishdi. — Bizga jon kerak emasmi? — E, bular shunaqa vahima qilib, qadrini oshirgay! Mana shu Sulton qishda ham Ko‘tali Zarrindan o‘tgan ekan. Kadxudosi aytdi! Sulton pashoyi soqoliga ingan qor zarralarini kafti bilan sidirib tashlar ekan, istehzoli kulimsirab qo‘ydi. Bobur uning turkiychani tushunishini sezdi, ammo is-tehzosini yoqtirmadi. Sultonning dilida ortiqcha g‘ururmi, kuduratmi, sovuq bir narsa bordek tuyuldi. — Janob Qosimbek, odamlarimizni ortiqcha xatarlarga giriftor qilmaylik. Hali ham bo‘lsa Qandahor yo‘liga qaytaylik! — Ammo vaqtni boy bersak, Kobul ilikdan ketgay, amirzodam! Siz bilan biz qancha xatarli dovonlardan oshganmiz! Hisor tog‘laridan qor bo‘ronlari tagida dahshatli uchmalar, sekirtmalardan o‘tib, Iskandarko‘l-ga tushganimiz yodingizdami? Xudo asraymen desa, hech gap emas! — Xayr, bu gal ham xudo o‘zi asrasin! — deb Bobur Sultonning yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishiga rozilik berdi. Sulton uyiga borib, chindan ham onasidan, xotini va bo‘y yetgan farzandlaridan rozi- rizolik so‘rab chiqdi. Uning o‘ziga to‘q, badavlat oilasi bor, sayisxonasidagi sakkizta otiga maxsus otboqar qaraydi. Bu gal qishda yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishdan maqsadi faqat pul |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling