Bolalar adabiyoti fanidan savollar Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


Tursunboy Adashboyev asarlarining tarbiyaviy ahamiyati


Download 197.01 Kb.
bet40/66
Sana09.06.2023
Hajmi197.01 Kb.
#1475929
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
Bolalar adabiyoti fanidan savollar

Tursunboy Adashboyev asarlarining tarbiyaviy ahamiyati

Bobo-buvilari hamda baxshilardan o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalarini yozib olib, tahririyatga jo’natish va shu bilan xalq og’zaki ijodining xalqimiz orasidagi nodir namunalarini saqlab qolishdek xayrli ishga hissa qo’shish tashabbusi bilan chiqilgan edi.


Yosh oq’uvchi Tursunboy Adashboyev qalbida bu tashabbus, ehtimolki, endi-endi nish urib kelayotgan badiiyatga oshnolik tuyg’ularini uyg’otib yuboradi. U peshqorg’onlik Olim baxshi Soyibboyevdan “Yozi bilan Zebo” dostonini yozib olib, Toshkentga yuboradi va ko’p o’tmay fol’klorshunos olimlar H.Zaripov va Muzayyana Alaviyadan yangi ishlanishlarga undovchi minnatdorchilik maktubi ham oladi. Baxshilardan, bobo-buvilardan eshitilgan ertagu-rivoyatlar, dostonu qo’shiqlar, tez aytishu topishmoqlar T.Adashboyev qalbiga, o’zi aytganidek, “cho’g’ slogan bo’lsa, ajab emas”. Shu sababli ham u o’rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetiga hujjat topshiradi. Universitetda o’qish jarayonida she’riyat sirlarini yanada puxta egallagan yosh shoirning dastlabki asarlari birin-ketin matbuotda e’lon qilina boradi hamda talabalik chog’idayoq, 1964 yilda, “Kamolning olmasi” deb nomlangan hammualliflikdagi birinchi kitobi nashr etiladi. T.Adashboyev Toshkent davlat universitetini tugatganidan keyin o’z bilimini yanda oshirish, qalamini charxlash maqsadida Moskvadagi Jahon adabiyot institutining ikki yillik kursida ham tahsil olgan. U o’qishni tugatgandan keyin uzoq yillar mobaynida O’sh viloyat gazetasida adabiy xodim bo’lib ishladi. Shoirning 1987 yildan keyingi taqqdiri Toshkent bilan bog’liq. U “Yulduzcha” (hozirgi “Cho’lpon”) nashriyotida salkam yigirma besh yil bosh muharrir o’rinbosari vazifasida ishladi. Bu davr mobaynida shoirning “Kamolning olmasi”, “Biz sayohatchilarmiz”, “Ola-tog’lik bo’laman”, “Arslonbob sharsharasi”, “Surnay”, “Nur daryo”, “Guldasta”, “Olatog’-lolatog’”, “Jo’nataman quyoshni”, “Oqbura” to’lqinlari , “Sovg’a”, “Arslonbob afsonasi”, “Uch bo’taloq va sirli qovoq”, “Topishmoqli alifbe”, “Oltin yolli tulpor qissasi”, “Orzularim – qo’sh qanotim” singari kitoblarni nashr qilindi.
T.Adashboyevning sermahsul va mohir tarjimon sifatidagi faoliyati ham o’ziga xosdir. U, Avvalo, jahon bolalar she’riyatining juda ko’plab yetakchi banoyondalarining she’riy asarlarining o’zbek tiliga tarjima qilib, ularni o’zbek bolalar adabiyotining ham mulkiga aylantirgan, o’zbek adabiyoti xazinasiga olib kirgan. Shoir jahon boalalr she’riyati namoyondalarining ‘z ijodiga barakali ta’sirini alohida ta’kidlab, ularni “Men suv ichgan chashmalar” deb ta’kidlaydi.




  1. Download 197.01 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling