Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Tishlar kariyesi etiologiyasi va patogenezi
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2.2.Tishlar kariyesi etiologiyasi va patogenezi. Kariyes-bu so`z lotincha suyak chirishi ma’nosini anglatadi. Ilmiy jihatdan kariyes-tishlarni emal, dentin to`qimalarining asosiy qismini tashkil qiluvchi, ularning qattiqligini ta’minlovchi mineral tuzlarning xilma-xil sabablarga kura yuvilib chikib ketishi (demineralizatsiya) oqibatida to`qimalarning mo`rtlashuvi, yumshab yemirilishi natijasida tishlar butunlgining buzilishi va kovaklar hosil bo`lish jarayonidir. Bugungi kunda ilmiy tekshiruvlar, tajribalarga tayanib olingan ma’lumotlar tish kariyesi kasalligini paydo bo`lishida tish karashlarining ahamiyati juda katta ekanligini ko`rsatadi. Sut tishlari va doimiy tishlar qattiq to`qimalarini kariyesga chalinishi bir xil asosga ega ekanligi bugun barchaga ravshandir. Kariyes jarayoni odatda tish usti karashlari yig`iladigan joylardan boshlanadi. Ana shunday joylarda yig`ilib qolgan tish usti karashlaridan streptokokklar o`z faoliyatida foydalanishi natijasida uglevodli ovqat qoldiqlaridan organik kislotalar (sut, pirouzum, uksus, olma va boshqa.) hosil bo`lib, shu atrofdagi chegaralangan emal sohasida RN ko`rsatkichini, pasaytiradi. Uglevodli ovqatlar ko`proq iste’mol kilinishi oqibatida tish emali sathida RN shunchalik keskinrok pasayishi mumkin. Kislotali muxitni yuzaga keltirishda faol ishtrok etuvchi mikroorganizmlar bo`lib, streptococcus mutans, laktobatsillalar va aktinomitsetlar hisoblanadi. Bu mikroorganizmlarning ko`pchiligi oziq- ovqat tarkibidagi shakardan hujayra tashqarisida polisaxarid sintez qiladi. Ular esa o`z navbatida tish usti karashlarining asosiga kirib mikroblarni karashlarda mustahkam o`rnashib qolishini ta’minlaydi. 27 Kariyes kasalligini kelib chiqishida nafaqat uglevodlar turi, balki ularni iste’mol shakli ham aloxida o`rin tutarkan. Bir marta ko`p miqdorda uglevodli ovqat qabul qilishdan ko`ra oz-ozdan tez-tez ularni iste’mol qilish ko`proq xavflidir. Ayniqsa ular yopishqoq bo`lib, ovqatlanishlar orasida iste’mol qilinsa, bunda ularning kariyesogen ta’siri kuchliroq bo`ladi. Engil parchalanuvchi: glyukoza, saxaroza kabi kichik molekulyar og`irlikdagi uglevodlar qabuli 1-3 minut ichida RN ko`rsatkichni 4.4-5.0 darajaga pasaytiradi. RN ni odatdagi (7.0-7.4) holga kelishi uchun esa 2- 2.5 soat vaqt talab qilinadi. Vodorod ionlari konsenratsiyasini bunday o`zgarishi, ayniqsa RN ko`rsatkichning 5.5 atrofida bo`lishi erkin vodorod ionlari tish emal qavatiga singib o`tib, krisstallarni erishiga va demineralizatsiyasiga sabab bo`ladi. Demineralizatsiya jarayoni so`lak tarkibida kaltsiy va fosfat ionlari konsentratsiyasi talab darajada bo`lganda orqaga qaytishi-ya’ni reminiralizatsiyaga uchrashi mumkin. Shunday sharoit tug`ilganda emal qatlami kristallari remineralizatsiyaga uchrab, qayta tiklanadi. Taxmin qilinishicha bakteriyalar faoliyati natijasida hosil bo`lgan organik kislotalar emal tarkibiga diffuziya yo`li bilan singib kirib ionlarga dissotsiatsiyalanadi va erkinlashgan vodorod ionlari kristallar tarkibidagi mineral tuzlar bilan faol-reaksiyaga kirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Kariyesning boshlang`ich davrida tish yumshoq karashlari ostidagi emal RN muhitning o`zgarishi oqibatida demineralizatsiya jarayoniga yuz tutadi. Xastalikning bu bosqichida "oq dog`" hosil bo`ladi. Patologik jarayon "oq dog`" bosqichida to`la orqaga qaytib, emal krisstallari to`liq tiklanishi mumkin. Bunda remineralizatsiya jarohatlangan emalning ostki qavatlari va tish atrofidagi so`lak tarkibidan o`tadigan mineral tuzlar hisobiga bo`ladi. Emalda sodir bo`ladigan "oq dog`" darajasidagi patologik jarayonni quyidagicha tasavvur qilish mumkin.(3- rasm): 28 Bugungi kunda kariyes kasaligini keltirib chiqaruvchi sabablar 2 guruxga bo`linadi: Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling