Bolalar o’smirlar sport maktablarida qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning noananaviy usullari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/33
Sana27.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1300743
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
9d1892e3485c6173349b01c1fc8645bb BOLALAR - O‘SMIRLAR SPORT MAKTABLARIDA YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

1min.(marta) 
Tayyorlov qism 
1min.(marta) 
Asosiy qism 
1min.(marta) 
Yakuniy qism 
1min.(marta) 

A.S. 
74 
136 
179 
79 
2 T.O. 
71 
129 
183 
77 
3 B.M. 
77 
142 
189 
83 
4 A.M. 
78 
148 
187 
81 
5 H.F. 
81 
144 
181 
79 
6 T.M. 
79 
139 
185 
83 
Mashg‘ulot yakunida murabbiy S.To‘rayev bilan ochiq 
muloqot qilindi. Murabbiy tomonidan qisqa masofaga 
yuguruvchi sportchilarni tayyorlashning o‘ziga xos 
xususiyatlari haqida turli darajadagi fikr va mulohazalar 
bildirildi. Murabbiy sportchilarga yuklama berish bilan 
ularning yurak urishini doimiy nazorat qilib borishini 
ta’kidladi.
Qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarga 25 C
0
dan 
issiq bo‘lgan haroratda, 1 hafta davomida 2 marta kuchli 
yuklama berish bilan ularning kuch, tezkorlik, chidamlilik, 
jismoniy sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berishi 
ta’kidlab o‘tildi. “Bu kuchli yuklamalar berish chog‘ida 
sportchilarning yurak urishi minutiga 180-190 marta, ba’zi 
vaqtlarda ob-havoning issiqligi tufayli bu ko‘rsatkichlar 
daqiqasiga 190 tadan ortiq bo‘lishi mumkin. Bu vaqtlarda 
murabbiy e’tiborliroq bo‘lishi kerak, chunki qisqa 


41 
masofaga yuguruvchilarning yurak urishi daqiqasiga 190 
dan oshdimi, yuklamani pasaytirish kerak, aks holda bu 
salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deydi murabbiy. 
Shunga ko‘ra murabbiy sportchilarda doimiy ravishda 
pulsametrya 
o‘tkazib, 
yuklamalarni 
sportchilar 
organizmiga qay darajada ta’sir etishini nazorat qilib 
borish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi. Qisqa masofaga 
yuguruvchilarga yuklama berishning eng kuchli bosqichida 
yurak urishi daqiqasiga o‘rtacha 180-190 marta urishi 
kerak. Bunday yuklamalar mikrosikl boshiga hamda 
mikrosikl oxiriga to‘g‘ri kelishini aytib o‘tdi. Murabbiyning 
fikriga ko‘ra, eng kuchli mashg‘ulot jarayonida yurak urishi 
180-190 marta urishi normal holat ekan. Shuningdek, 
murabbiy tomonidan qisqa masofaga yuguruvchilar 
jismoniy sifatlarini tarbiyalashda bir qancha tavsiyalar 
berildi. Murabbiy S.To‘rayev fikriga ko‘ra, bu jarayon 
muhim ahamiyatga ega. “Haftaning dushanba, juma kunlari 
qisqa masofaga yuguruvchilar uchun 25 kilogrammmli 
yukda 30 metr masofaga 10 marta tezlikka ishlatish lozim. 
Shart-sharoitdan kelib chiqib, bizda rezina yo‘laklar 
bo‘lmaganligi sababli chimli maydonda sirg‘anuvchi chana 
sifat uskunaga 25 kilogrammmli yukni o‘rnatib uzunligi 2 
metrcha keladigan ipda bellarga bog‘lagan holda startdan 
tezlik bilan texnika qo‘llagan holda 30 metr masofaga 
yugurish mashqlarini yuklama sifatida berib boramiz, bu 
esa sprinterlarning kuch jismoniy sifatlarini maqsadga 
muvofiq tarbiyalaydi”, - deydi murabbiy.
Bunday yuklamalar har 2 oyda o‘zgarib turishi va 25 
kilogrammmm yukka har 2 oyda 5 kilogrammmm yuk 


42 
qo‘shgan holda jismoniy imkoniyatiga qarab yuk 
og‘irlashtirilib borilaverishi lozim. Mashg‘ulot yakunida 
sportchi 3x30metr masofaga yuksiz yuguradi, bu vaqtda 
sportchi o‘zini juda yengil sezadi, shu o‘rinda tezlik hamda 
kuch jismoniy sifati juda yuqori darajada ekanligi seziladi. 
Kuzatish jarayonida har bir sportchi o‘zining yurak 
urishini mashg‘ulot paytida tekshirib turishganiga guvoh 
bo‘ldik. Murabbiy har bir sportchining yurak urishini o‘zi 
olishga o‘rgatganini ta’kidladi.
Biz kuzatish bilan birga Pastdarg‘om tumanida qisqa 
masofaga yuguruvchilarning ish qobiliyatini aniqlash 
bo‘yicha testlar tashkil qildik. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling