Bolalar pedagogikasi


Xulosa…………………………………………...........................…….……...35


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana22.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1042058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavlonova kurs ishi

Xulosa…………………………………………...........................…….……...35 
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati………….........…….……38 
 
 
 



Kirish 

Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko’nikmasi 
proffessionl ta‘limning ajralmas qismlaridan biri bo’lib bormoqda. Turli sohalardagi 
mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko’rsatkichi yuqori 
bo’lganligi sababli, ularda til o’rganishga bo’lgan talab yuqoridir. Zamonaviy 
jamiyatda chet tillari kasbiy ta‘limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. 
Bunday bilimlarni insonlar dastlab maktab, kollej, litsey, keyinchalik institutlarda, 
o’quv kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o’rganishga yordam beruvchi 
asosiy ma‘lumot to’plamlari bilan tanishgan holda o’rganadilar. Bugungi kunda turli 
darajadagi til bilimiga ega kishilar uchun o’quv materiallarining katta to’plamlari 
mavjud. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish, o’qituvchilarning 
amaliy uslublari va malakasiga bog‘liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy 
o’qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga 
yordam beradi.
Turli usullarni birlashtirib o’qituvchi muayyan ta‘lim dasturlarini 
yechishga qodir bo’ladi. Shu munosabat bilan o’qituvchilar va talabalar xorijiy 
tillarni o’qitishning zamonaviy usullari bilan tanishishlari kerak. Natijada 
maqsadlariga erishish uchun eng samarali usullarni tanlay bilish ko’nikmalari 
shakillanadi. Bunda o’qitish va o’rganishning bir necha metodlaridan foydalanish 
samarali natija beradi. O’qitish kichik bosqichlarda amalga oshiriladi va 
o’quvchining mavjud bilim tizimiga asoslanadi.
2
Zamon ilgarilab borgani sari har 
sohada yangilik ko’payib bormoqda. Til o’rgatishda ham turli uslublar paydo 
bo’lmoqda. Ingliz tilini o’rgatishda o’rganuvchining salohiyat va darajasi, yoshidan 
kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o’rgatish yaxshi natija beradi. Bunda 
o’quvchilar boshlang‘ich bosqichda o’qitish, o’rta bosqichda o’qitish, yuqori 
bosqichda o’qitish asosida guruhlarga bo’linadi. Har bir bosqich uchun o’qituvchi 
tomondan maxsus dastur ishlab chiqiladi.
Bugungi kunda maktablarda va Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida interfaol 
o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil 
o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni 



jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. 
Hammamizga ma'lumki har bir tarixiy va ijtimoiy tuzum yangilanish barobarida 
òsha tarixiy-ijtimoiy tizimga asoslangan ta'lim va tarbiya usulini o’zgartirish va isloh 
etish talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlashning milliy tizimi 
va "Ta'lim to’g'risidagi qonun" da e'titof etilganidek, islohotlarni amalga oshirishga 
mas'ul bo’lgan jamiyat qatlami yoshlarni iymon-e'tiqodli, vatanga muhabbat va o’z 
kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashni ota-onalar, tarbiyachi va murabbiylar oldiga 
oliy maqsad qilib qo’yadi. Shu nuqtai nazardan maktabgacha ta'lim uzluksiz 
ta'limning ilk bosqichi bo’libgina qolmay balki bolani yetuk va barkamol inson qilib 
tarbiyalashning ilk pog'onasi hamdir. Shuning uchun Maktabgacha ta'lim 
tashkilotlarida ta'lim va tarbiyani yuqori darajadagi saviyada berilishi bolalarning 
kelasi bosqichlarda qiynalmasdan muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling