Bolalar pedagogikasi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana22.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1042058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavlonova kurs ishi

 
2. Fe'llarni takrorlash. O’qituvchi har xil xatti-harakatlarni amalga oshiradi, 
bolalar u nima qilayotganini ingliz tilida aytishlari kerak - uchish, jilmayish, yig'lash, 
ichish, sakrash, qo’llaringni qarsak chalish, qo’llaringni silkit, oyoqlaringni bosib, 
orqaga o’gir, o’tir, o’rnidan tur, cho’z baland, sakrash, yurish, chopish, suzish, oyoq 
uchi, uxlash. 
Two little eyes to look around (bolalar o’zlarini atrofga qarashadi). Two little 
ears to hear each sound(biron narsani tinglaganday, qo’llarini quloqlariga qo’ying). One 
little nose to smell what is sweet(burun bilan mos keladigan harakatni bajaring) 
3. Yangi mavzu: Tog’, tor dara va g’orlar va boshqa shunga o`xshash tabiat
mintaqalar nomi bor kartochkalar yordamida bolalarga tabiat ko’rinishlarini o’rgatish: 
nature, mountain, cave, narrow gorges, pasture, desert, forest. 
4. Taqdimot qo’yish: O’qituvchi taqdimotni yoqadi, har bir bosilganda, 
klaviaturada bir tabiat mintaqalari paydo bo’ladi bolalar imkon qadar tezroq har bir 
tabiat mintaqasining ingliz tilida nomlashlari kerak, kim ko’proq aytsa dars oxirida
qo’shimcha stiker beriladi. 
 
5. Video qo’yish: 
https://youtu.be/HNadLaRrcZM
 
Dars oxirida o’qituvchi natijalarni sarhisob qiladi, og'zaki so’rov o’tkazadi. 
 


35 
Xulosa 
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash kerak, maktabgacha yoshdagi bolalarga 
ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy 
jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, 
intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni 
hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan 
iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad 
va vazifalarning bajarilishiga erishish ushbu “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha 
tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. O`yinlardan didaktik 
maqsadlarda foydalanishga oid yo`nalish XVIII asrda pеdagoglar faoliyatida kеng 
rivojlandi. O`yinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli ma'nodagi 
xatti-harakati namoyon bo`ladi. Shaklan va mazmunan rang-barang bo`lgan o`yinlar 
bolani mavjud hayotiy hodisalar doirasiga olib kiradi, bunda kattalarning bilim, 
ko`nikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy tajribalarini oldindan o`zlashtirish 
ta’minlanadi. O`yinda bolaning o`z tеngqurlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat, 
muomala usullari shakllanadi, hissiyot va didi tarbiyalanadi. Syujеtli-rolli o`yinlar 
mazmunining o`ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. O`yin bolalar 
kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir. Syujеtli o`yin aqliy 
tarbiya vositalaridan biridir. Bola o`yinda atrof muhitdagi voqеa va hodisalarni aks 
ettirib ularni hayolan qayta tiklaydi. Bunda bu obrazlar va taassurotlardan foydalanadi. 
Bola tasvirlayotgan hodisalar haqidagi bilimlarni o`z mushohadalarida ifodalaydi, bu 
uning konkrеt buyumdan u haqida fikrlashga o`tganini bildiradi. 
O’zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o’qitish va 
o’rganish tizimi takomillashib borayotgan bugungi kunda ta'lim jarayonida ingliz tilini 
zamonaviy texnologiyalar asosida, interfaol uslublar ishtirokida o’qitishni samarali 
tashkil etish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish dolzarb masalalardan biri 
hisoblanadi.Amal 


36 
ga oshirilgan mazkur ilmiy kurs ishi ta'lim tizimini takomillashtirish, didaktik 
o’yinlar vositasida, ilg'or pedagogik texnologiyalar orqali ingliz tilini o’rgatish 
samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi "Barkamol avlod
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusidagi so’zlagan nutqidan kelib 
chiqqan holdaqabul qilingan "Ta’lim to’g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash
bo’yicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo’llanilishi bugungi 
shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada 
unumliroq foydalanish yo’llarini izlashga da’vat etadi. Bu esa, avvalo inson
ma’naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug‘ullanuvchi psixologlar oldiga
bir muncha jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni qo’yadi. Bu vazifalarning bajarilishi
esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
tamoyillari qo’ygan talablar asosida qaror toptirishga ko’maklashuvchi psixologik 
xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog‘liq ekanligi
shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish 
muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo’nalishlari asosida yondashish 
zarurligi haqida ko’pgina olimlar o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib 
kelmoqdalar. Bu jarayonlarni ta'minlash maqsadida olib borilgan nazariy va 
eksperimental kurs ishi natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi: 
– ta'lim to’g'risidagi qator xujjatlar, qarorlar bilan birga bir qancha sohaga 
tegishli adabiyotlar ko’rib chiqildi. Shu bilan birga, chet tillarni kichik yoshdagi 
bolalarga samarali o’qitishning dolzarb masalalariga yo’naltirilgan o’zbekistonlik 
olimlar va xorijlik pedagoglarning asarlari va ilmiy maqolalari tahlilga etilib, ijobiy 
fikrlaridan foydalanildi; 
– maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tili darsini didaktik loyihalashtirish 
maqsadida, ingliz tilini didaktik o’yinlar, zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion 


37 
texnologiyalar hamda AKT vositalariyordamida o’rgatishni amalga oshirishning 
nazariy va amaliy asoslari o’rganildi va tahlil qilindi; 
– maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ingliz tili mashg'ulotlari kuzatildi, 
metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, mavzularga oid namunaviy dars rejalari tuzildi, 
tajriba-sinovdan o’tkazildi va o’quv jarayoniga tatbiq etildi; 
– kurs ishi maqsadiga mos texnologiya vositalari tanlandi va ingliz tilini o’rgatish 
jarayoniga tatbiq etildi. 
Shunday qilib, ingliz tili mashg'ulotlari mavzusiga mos didaktik va kompyuter 
o’yin turlarining tanlanishi, o’yin texnologiyasida o’rganiladigan material 
mazmunining o’ziga xosligi va o’quv topshiriqlarining hisobga olinishi, 
tarbiyalanuvchilarning o’yin faoliyatini tashkil qilishda o’yin tuzilishining e'tiborga 
olinishi dars samaradorligini ta'minlash vositasiga aylandi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o’rgatishda quyidagi tavsiyalar 
asosida ish ko’rilishi maqsadga muvofiq: 
– ingliz tili mashg'ulotlari maqsadi, mazmuni va uslubi jihatidan 
tarbiyalanuvchilar guruhining bilim va talablariga yo’naltirilishi lozim; 
– mashg'ulot rejasi har bir bolaning talablari, imkoniyatlari va ehtiyojlariga to’g'ri 
kelishi shart; 
– ingliz tili mashg'ulotlari bolalarning dunyo to’g'risidagi tasavvurlari bilan 
bog'lanishi, ular uchun muhim hisoblangan o’yin elementlari orqali boshqa sohalarda 
ham ularning qobiliyatlarini rivojlantirish lozim. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling