Bolalar pedagogikasi


 Maktabgacha ta'limda ingliz tilini o’rgatishning ilmiy-pedagogik asoslari


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana22.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1042058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavlonova kurs ishi

1.2 Maktabgacha ta'limda ingliz tilini o’rgatishning ilmiy-pedagogik asoslari 

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida muassasalarida chet tillarini, jumladan 


ingliz tilini o’rgatish va o’rganish hozirgacha zamonaviy talablar darajasida emasligi 
barchamizga a'yon haqiqatfir. Bunga sabab ingliz tili o’qituvchilarinig kasbiy 
saviyasi yetarli darajada emasligi,darslarda yangi metod va pedagogik 
texnologiyalardan foydalanmasliklari, xonada ingliz tili muhitining tabiiy emasligi 
kabi bir qator sabablarni keltirib o’tish mumkin. Shuni inobatga olgan holda 
yuqorida keltirilgan Prezidentimizning "Chet tillarini o’rgatish tizimini yanada 
takomillashtirish to’g'risida" gi (2012-yil 10-dekabr) qarori bu borada dasturilamal 
bo’lib xizmat qilib kelayotir. Mazkur qarorga binoan, ta'lim tizimining barcha 
bosqichlari oldiga chet tillarini uzluksiz o’rganilishini tashkil etish, shu bilan bir 
qatorda, o’qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonavit o’quv uslubiy 
materiallar bilan ta'minlashni yanada takomillashtirish vazifasi qo’yildi. 
Manbalardan bizga ma'lumki, kishilik jamiyatida insonlat bir qator tillarni 
bilishga intilganlar va unga ehtiyoj sezganlar. XX asr tilshunosligining mashhur 
namoyondalaridan biri Yevgenit Dmitriyevich Polivanov 46 tilni mukammal bilgan, 
o’zbek tili va shevalarini o’rganib tahlil qilgan holda do’ppi-chopon kiyib, "Men 
o’zbekman, familiyam Polvonov" deb o’zbeklar orasida o’zbekday yurgan olim 
sanaladi. Yoki Jor Smit -BMT sobiq bosh tarjimoni 10 dan ziyod tillarda erkin 
muloqot qila olgan. U har yili bir mamlakatning tilini o’rganishga harakat qilgan. 
Darhaqiqat, chet ellardakishilar bilan o’z tillatida gaplashsangiz, bu ularga qolaversa 
ularning vataniga chuqur hurmat ramzini ifodalaydi.Xalqaro munosabatlar 
rivojlanayotgan globallashuv davrida chet tillatini bilish katta siyosiy-madaniy 
jarayon hisoblanadi. Mashhur olimlarmizdan sanalmish Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Nasr Farobiy, Beruniy, Ibn Sino bir necha yillarni mukammal bilishgan. 
Ma'lum bo’lishicha, ilmiy pedagogikada chet tilini o’rgatish masalalari 
bo’yicha jiddiy kurs ishi ishlari XX asrning birinchi yarmida shakllangan. Bu sohada 
ilk bor mutaxassis X.R.Xyuzaning «Chet tilini o’rganish psixologiyasi» nomli kitobi 
tahsinga loyiq bo’lib (1931), bu ish davomchilari sifatida X. Dipkel, V. Rivers, Dj. 


12 
Kerrol, R. Polittser, S. Donau, V. Moulton, L. Yakobovits, V. Reyneke, V. Appelt, 
I. V. Karpova, B. V. Belyaev, V. A. Artemov va boshqa psixolog olimlarni olishimiz 
mumkin.
Ingliz tilining xususiyatlarini yoritishda unga turlicha yondashishlar mavjud. 
Kurs ishichilar chet tilining psixologik, didaktik, amaliy, ta'limiy-tarbiyaviy 
asoslaridan kelib chiqib, o’z fikrlarini bayon etishgan (I. V. Raxmanov, G.X. 
Bakiyeva, G.T. Maxkamova, F.R. Kadirova, V. S. Setlin, J. J. Jalolov, T. Q. Sattorov 
va boshqalar). Shuni ta'kidlash joizki, yurtimizda maktabgacha ta'lim muassasasida 
bolalarga chet tilini, shu jumladan ingliz tilini o’rgatish borasida yetarlicha ilmiy 
kurs ishilar mavjud emas. Shu bois, ilmiy kurs ishi davomida bolalarga yosh 
davridan boshlab chet tilini o’rgatish masalasi bo’yicha qator dissertatsiya ishlari 
tahlil qilindi. Shulardan, maktabgacha (5-6 yoshdagi) bolalarni chet tilida og'zaki 
nutq ko’nikma va malakalarini shakllantirish (G.T. Maxkamova), o’zbek 
bog'chasida bolalarni rus tilida og'zaki nutq ko’nikmasini didaktik o’yinlar orqali 
shakllantirish (F.R. Kadirova), erta ta'lim sohasida chet tilini o’qitishning ilmiy va 
uslubiy rivojlanishi hamda tanqidiy o’rganish masalalari (N. N. Achkasova, O. A. 
Osiyanova, N. A. Malkina, O. A. Denisenko, B. Cheptsova va b.), o’qitish metodlari 
(N. N. Achkasova, N. A. Yatsenko va b.) bo’yicha ilmiy ishlar ko’rib chiqildi. 
Ulardan quyidagi ishlar ajratib olindi: maktabgacha ta'lim muassasalari 
tarbiyachilarida 
muloqot 
ko’nikmalarini 
shakllantirishning 
psixologik 
yondashuvlari (Negnevitskaya Ye.N.), maktabgacha ta'lim muassasalari bolalariga 
chet tilini o’rgatishning asoslari (Koliyeva N.F., Grigoreva V.V.), maktabgacha 
ta'lim muassasalari bolalariga xorijiy tilni o’rgatishda qo’llaniladigan mashqlar 
turlari ( Dolnikova R.A.), bog'cha bolalariga chet tilini o’rgatish metodikasi 
( Futerman Z.Ya.; Chistyakova T.A.), maktabgacha ta'lim muassasalari bolalariga 
chet tilini o’yin orqali o’rgatish xususiyatlari (Ponimatkova.P), yosh davrdan 
boshlab 
ingliz 
tilini 
o’rgatishda 
ingliz 
adabiyotlaridan 
foydalanish 
metodikasi(Denisenko O.A.), syujetlashtirilgan rollar orqali 6-7 yoshli bolalarga 
muloqotni o’rgatish (Rebakova N.V.) va maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalariga 


13 
ertaklarni qo’llagan holda og'zaki nutqni shakllantirish (Malkina N.A.) kabi ishlar 
shular jumlasidan. Xorijiy tilni kichik davrdan bolalarga kommunikativ yo’nalish 
orqali o’rgatish xususiyatlari A.A. Leontyeva, V.G. Kostomarov, O.D. 
Mitrofanovava boshqalarning ishlarida namoyon bo’lgan. Bundan tashqari
maktabgacha ta'lim muassasasi bolalariga chet tilini o’rgatishda pedagog nutqining 
ravonligi muhim ahamiyatga egaligi qayd etilgan.
K.D. Ushinskiyning ta’kidlashicha, chet tilida so’zlashishni yosh bola 
kattalarga o’xshab yillar davomida emas, balki bir necha oylarda yaxshiroq o’rganib 
oladi. Olimning yozishicha, chet tilini o’rganish quyidagi maqsadlarni amalga 
oshirishga yordam beradi. Birinchi maqsad – til o’rganayotgan xalqning ijodi bilan 
tanishish. Ikkinchisi esa, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, chunki til 
o’rganish insonning miya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko’rsatib, uni har tomonlama 
rivojlantiradi. Uchinchi maqsad – shu xalqning madaniyati bilan yaqinroq tanishish 
va ular bilan oson muloqotga kirisha olish. Keyingisi esa, shu xorijiy mamlakat 
odamlari bilan bemalol o’zlarining tillarida xat yozisha olish ko’nikmalarini 
shakllantirishdir.‖ [Ushinskiy, 1950, s.118]. 
L.S.Vigotskiyning fikriga ko’ra, bolalar ona tilini o’z-o’zidan, beixtiyor 
o’rganishni boshlashadi, chet tilini esa ongli ravishda qabul qilishadi. Shuning uchun 
ham, til o’rganish ko’nikmalari bolalarda quyidagicha shakllanadi: ona 
tili ―pastdan tepaga qarab, chet tili esa―yuqoridan pastga qarab rivojlanadi 
[Vigotskiy, 1982]. Shunday qilib, dunyoviy bilimlarni bola til orqali qabul qiladi.
I. A. Zimnyayaning fikriga ko’ra esa, bolalar ta'lim jarayonida ona tili 
tajribalariga tayangan holda, chet tilini o’rganishlari kerak, faqat shundagina xorijiy 
so’zlarni xotirasida saqlash oson kechadi[Zimnyaya, 1991].Professor N. A. 
Bonkning fikricha, yosh bolaga xorijiy tilni o’rgatishda ularning psixologiyasini 
hisobga olish zarur, chunki yosh o’rganuvchi qiziqqon bo’ladi va zerikishni 
yoqtirmaydi. Shuni inobatga olgan holda bog'cha bolalari uchun yaqin bo’lgan 
mavzulardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bular o’yinchoqlar, hayvonlar, 
oila, uy, bog'cha va xokazo. Erta ta'lim jarayoni maktabgacha ta'lim tashkilotlari 


14 
bolalariga chet tilini chuqur o’rganishiga turtki bo’lib, kelajakda ular nutqining 
ravonligini ta'minlashga imkon beradi [Bonk, 1997]. 
Chet tilini o’rganishning eng qulay davri – olti yosh hisoblanishini Yevropa 
qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan millatlararo anjuman ham tasdiqlagani tasodif 
emas. (g. Grats, 1998). Buni psixolog olim A.A. Leontev ham tasdiqladi, chunki 
uning fikricha, chet tilini o’rganishda aynan olti yosh eng qulay davrdir. Bunday 
vaqtda bolalarda ichki turtki va yangi tilga qiziqish kuchli bo’ladi, shu vaziyatdan 
foydalangan holda chet tilini o’yinlar orqali o’rgatsa Ma'lumki, ta'lim mazmunini 
takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompьyuter bilan muloqot 
jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo’llab-quvvatlovchi axborot»ini 
ko’paytirish va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot 
bazasining yaratilganligi, gipermatn va mulьtimedia, kommunikatsiya tizimlari 
qabul qilingan.1956 yilda N. V. Karpov, I. V. Raxmanovlarning «Boshlang'ich 
bosqichda chet tilini o’qitish metodikasi» kitobi nashrdan chiqdi. Texnik 
vositalardan keng foydalanish talab kilindi.Shu nuqtai nazardan, chet tilini 
o’rgatishda barcha didaktik printsiplar, ya'ni tarbiyaviy ta'lim, onglilik, faollik, 
ko’rgazmalilik, tizimlilik, yakka yondashish, puxta o’zlashtirish va moslik 
printsiplari bir-biri bilan uzviy bog'liq holda amaliyotga tatbiq etib boriladi.
Hozirgi kunda ta'limi tizimida o`qitish usullarining boy xazinasi to`plangan. 
Biz ta'limda to`g’ri usul tanlar ekanmiz, ko`zlangan natijaga komil ishonch va qisqa 
yo`l bilan erisha olamiz. Ta'lim-tarbiya sohasidagi masalalarning to`xtovsiz 
murakkablashib borishi va yangi imkoniyatlarning yuzaga kеlishi, umumiy o`rta 
ta'lim vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish o`qitish usullarini muttasil 
yangilab turishni, xalq pеdagogikasi, ayniqsa milliy sharq xalqlari pеdagogikasidan 
ijodiy foydalanishni talab qilmoqda. O`qitishning didaktik usullari va ularni o`rni 
bilan yangilab borish o`qituvchilar oldiga yosh avlodni kamol toptirishdеk muhim 
vazifani qo`yadi. Kеng ma'noda qo`llanadigan «usul» o`qitishning o`z oldiga 
qo`ygan maqsadlariga erishish, ma'lum ob'еktni o`zlashtirish borasidagi nazariy va 
amaliy faoliyatlarini anglatadi. O`qitish usuli dеganda, ta'lim jarayonida o`qituvchi 


15 
va o`quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari 
tushuniladi.O`qitish usullari ta'lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining 
qanday bo`lishini, o`qitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib borish 
kеrakligini bеlgilab bеradi. Boshqacha qilib aytganda, o`qitish usullari har ikkala 
faoliyatning, ya'ni o`qituvchi tomonidan o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar 
bilan qurollantirish hamda o`quvchilar tomonidan o`sha nazarda tutilgan ilmiy 
bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish faoliyatida qo`llaniladigan yo`llarni o`z 
ichiga oladi. Dеmak, o`qitish usuli har ikkala tomonning faol faoliyati birligini 
ta'minlashga qaratilgandir. Biroq, ikkala faoliyat hamisha bir xil va bir yo`nalishda 
bo`lavеrmaydi. Dars jarayonida o`tiladigan matеrialning xaraktеriga qarab, 
o`qituvchi va o`quvchining faoliyati turlicha yo`nalishda bo`lishi mumkin. Ta'lim 
jarayonidagn ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatiing turlicha 
bo`lishi yangi-yangi usullarni kеltirib chiqaradi. Ta'lim tizimida o`qitish bilan bir 
qatorda «uslub» va «vosita» tеrminlari ham ishlatiladi.
Uslub - ma'lum o`quv matеriallarini o`tishda qo`llanilayotgan asosiy o`qitish 
usuli bilan birga ikkinchi bor o`qitish usulining ayrim elеmеntlaridan foydalanib ish 
ko`rshidir. Chunonchi, ma'lum bir mavzuni ma'ruza bilan bayon qila turib, 
yo`lyo`lakay o`quvchilar bilan savol-javob yuritilsa yoki ko`rsatma matеriallardan 
foydalanib, izoh bеrib o`tilsa, asosiy usulning yo`nalishini o`zgartiradi va u shu 
usulga nisbatan uslub bo`lib qoladi. Chunki xususiy uslubiyotlarning o`ziga xos 
usuli va uslublari bor. Biroq, ayrim fanlarni o`qitishda qo`llaniladigan xususiy 
usullar umumiy o`qitish usullari bilan mustahkam bog’liqdir.
Vosita - ma'lum o`qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur 
bo`lgan yordamchi o`quv matеriallari-asbob, qurol, apparat va boshqa shu 
kabilardan foydalanishdir. Chunonchi, dars jarayonida tabiiy yoki tasviriy 
ko`rgazma matеriallar (sxеma, diagramma, surat va boshqa) laboratoriya yoki 
namoyish qilish mashg’ulotlarida qo`llaniladigan qurol va asboblar, o`quv kino 
uskunalari, proеktsion fonar, mikroskop va boshqa apparatlar, shuningdеk mavzuga 
oid boshqa o`quv matеriallaridan kеltiriladigan dalillar (ma'lumotlar, isbotlar, ta'rif, 


16 
qoida, formula va boshqalar) ning ishlatilishidir. Dеmak, ta'lim jarayonida o`quv 
matеriallarining xaraktеriga qarab tanlangan o`qitish usullari u yoki bu uslub va 
vositalarni o`z ichiga olgan bo`lishi mumkin. Biroq qaysi o`qitish usuli, uslub va 
vositalardan foydalanish zarurligi hammadan oldin u yoki bu o`quv fanlarining 
o`ziga xos xususiyatlariga bog’liqdir. Masalan, fizika, ximiya, biologiya kabi 
fanlarni 
laboratoriya 
mashg’ulotisiz 
o`qitish 
va 
o`zlashtirish 
mumkin 
bo`lmaganidеk, matеmatika, ona tili grammatikasini mashq qilmay, misol va 
masalalar ishlatmay turib, ko`zlangan maqsadga erishib bo`lmaydi. O`quvchiga 
bеrilish lozim bo`lgan ilmiy bilimlar ko`lami o`qitish usullari va shakllarining 
doirasini kеngaytirish zarurligini taqozo etmoqda.
O`qitishning hikoya, suhbat, ma'ruza, illyustratsiya turlari, namoyish 
qilinadigan asbob-uskunalar va priborlarni ko`rsatish, mashqlarni, mеhnat 
topshiriqlarini, laboratoriyada o`tkaziladigan tajribalarni bajarish, bilishga yordam 
bеradigan o`yinlarni, xalq, pеdagogikasi matеriallaridan foydalanish usullari va 
uslubi, o`quv munozaralari, o`quv faoliyatida rag’batlantirish va tanbеh, o`quv
matеriallarini muammoli bayon qilish, muammoli suhbatlar, tadqiqot tajribalarinn 
qo`llash, analogik, induktiv va dеduktiv mulohazalardan foydalanish, kitob ustida 
ishlash, o`rgatuvchi mashinalardan mustaqil foydalanish kabi usullarini qo`llash, 
og’zaki so`rash, yozma ishlar, kontrol laboratoriya ishlari, avtomatlashtirilgan 
qurilmalar yordamida dasturlashtirilgan nazorat usullaridan foydalanish va 
hokazolar o`qituvchilar uchun juda ham tushunarlidir. Xalq pеdagogikasi 
durdonalarini to`plash, ulardan unumli foydalanishning usullarini yaratish borasida 
pеdagogika fani ilg’or va pеshqadam o`qituvchilarning ish tajribalariga, oliy 
ilmgohlarning pеdagog olimlariga tayanib ish ko`radi. Talim tizimida o`quvchilarga 
bilim bеrishning eng qulay imkoniyatlarga asoslangan holda o`qitish usullarini 
quyidagi turlarga bo`lamiz.
1. O`qitishning og’zaki usullari; 
2. O`qitishning ko`rgazmali usullari; 
3. O`qitishning amaliy usullari; 


17 
4. O`qitishning muammoli - izlanish va rеproduktiv usuli; 
5. O`qitishning induktiv va dеduktiv usullari;
6. Mustaqil ish usullari; 
7. O`quvchilarning o`quv faoliyatlarini rag’batlantirish va asoslash usuli; 
8. O`qitishda nazorat va o`z-o`zini nazorat qilish usuli; 
9. Kitob bilan ishlash usuli.
2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish 
choratadbirlari to`g’risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 
mMaktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, malakali 
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini 
tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va 
texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik 
va jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida: ilg’or xorijiy 
tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellectual, axloqiy, estetik 
va jismoniy rivojlanish sharoitlarini yaratish; maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, 
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan 
yaxshilash, ta’lim –tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo`llaniladigan 
zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish; maktabgacha ta’lim 
muassasalarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo`yicha 6100 ta 
qisqa muddatli guruhni tashkil etish; zamonaviy pedagogik texnologiyalar va 
uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog 
kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o`quv reja va dasturlarini 
takomillashtirish; maktabgacha ta’lim muassasalari hududini obodonlashtirish va 
ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining mablag’lari; maktabgacha 
ta’lim muassasalarini jihozlash uchun- O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti 
mablag’lari; xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar va donor mamlakatlar 
mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek 


18 
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Mustaqillik yillarida 
respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor 
yo`nalishi darajasiga ko`tarildi. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e`tirof 
etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida 
mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi. Maktabgacha ta’lim sohasi 
mazkur tizimning ilk bo`g’ini hisoblanadi va ta’limtarbiya tizimining asosiy 
maqsadi bo`lgan-barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Qarorning amalga oshirilishi davlat siyosatining asosiy ustuvor 
yo`nalishlaridan biri sifatida respublikamizning uzluksiz ta’lim tizimini yanada isloh 
qilish borasidagi rivojlanish yo`lining uzviy va bosqichma-bosqichligini 
ta’minlaydi.
Qonunga muvofiq hozirgi kunda nafaqaqt maktab, kollej, litsey o`quvchilari va 
oliy 
o`quv 
yurtlari 
talabalariga, 
balki 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasa 
tarbiyalanuvchilari va turli xil sohada ishlovchi xodimlarga ham chet tillarini 
o`rgatish xususan rus, ingliz, fransuz, koreys, xitoy tillarini o`rgatish yo`lga 
qo`yilmoqda. Hozirda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim yo`nalishlari aynan 
poytaxtimiz Toshkent va Samarqand viloyatlari oliy ta’lim muassasalarida tashkil 
etildi. Mening fikrimcha, bu yo`nalish bo`yicha boshqa viloyatlarda ham tezroq 
yangiliklar kiritilishi kerak. Ya’ni biz maktabgacha ta’lim muassasalarida xorijiy 
tillarni yo`lga qo`yishni jadal rivojlantirishimiz kerak. Bekorga xalqimizda “Bola 
boshidan” degan maqol mavjud emas. Biz bolalarning yoshligidanoq chet tillarini 
o`rgatishga katta ahamiyat bersak, erta kelajagimiz bundanda go`zalroq bo`ladi. 
Hozirgi bolajonlarning qo`lidan bu ish keladi. Biz faqat ularga to`g’ri yo`nalishni 
ko`rsata bilishimiz shart deb o`ylayman.
Shunga muvofiq, iqtisodiy fan va madaniy jihatdan rivojlangan davlatlarning 
tillarini o`rganish, jahon ilm-fani va taraqqiyoti yutuqlarini egallashning bosh 
omilidir. Hozirgi kunda zamon talablariga mos keladigan namunali o`quv 
markazlari misol bo`lishi mumkin. Bu namunali o`quv markazlarida yosh kadrlar 


19 
turli xil sohada tahsil olishlari mumkin. Bolalarga nafaqat dars xonalarida, ya’ni 
maktabgacha ta’lim muassasalarida til o`rgatishimiz, balki ularni ko`proq tabiat 
qo`yniga sayrga olib chiqib, albatta ularning xavfsizligini ta’minlagan holda biz 
tabiat qo`ynida rangli, qiziqarli, quvnoq o`yinlarni chet tillarida olib borishimiz 
darkor. Bu bolajonlarning ma’naviy va ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Bolalar 
uchun kichik xonalarda dars o`tish albatta zerikarli bo`lishi mumkin, tabiat va atrof 
muhit bolalarning ruhiyatini ko`taradi.
Ular yanada tilni chuquroq o`rganishga intiladi va biz nafaqat tabiat qo`yniga 
olib chiqishimiz mumkin, balki ularni hayvonot bog’larini aylantirishimiz ham 
aynan maqsadga muvofiq bo`lar edi. Bu bolalarni so`z boyligini oshirishga yordam 
beradi. Chunki bola ham ko`radi, va shu orqali so`zlarni eslab qoladi, hamda so`z 
boyligini oshiradi. Mana shunday ajoyib ekskursiyalar bilan bolajonlarning so`z 
boyligini bolaligidanoq oshirib borishimiz ularning kelajagiga ijobiy ta’sir 
ko`rsatadi. Balkim bolajonlarni tabiat qo`ynilariga yoki har xil ekskursiyalarga olib 
chiqishimizni man etishar chunki ularni sog’liqlari hamma narsadan muhim.
Bunday hollarda biz maktabgacha ta’lim muassasalari xonalarini kerakli 
ko`rgazma qurollari va uskunalari bilan bezatishimiz lozim. Atroflarini rang barang 
gullar, hayvonlar, yumshoq o`yinchoqlar, har xil multfilm qaxramonlari 
o`yinchoqlari bilan boyitishimiz kerak. Xona devorlarini quyosh rangida, yoki ochiq 
ko`k yoki yashil ranglarida boyashimiz lozim. Chunki ranglar doim 
bolajonlarimizning kayfiyatini ko`taradi.
Til o`rganish ham yosh davrlariga bog’liq. Psixologlarning fikricha, bolalar 
kattalarga nisbatan tilni tez va oson o`zlashtiradilar. Bolalarda til o`rganishga 
bo`lgan tabiiy moyilik, ularda taqlid qilish xususiyati kuchli ekanligi, kattalarga 
qaraganda bolalar vaqtinig ko`pligi buning asosiy sabablaridandir. Shuni e`tiborga 
olish kerakki, yosh bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik 
tarzda yodlaydi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o`quvchilariga ingliz tilini 
o`rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik kerak. Aks holda chet 
tillarini o`rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani zo`riqtirib qo`yish mumkin. 


20 
Mening fikrimcha, bolajonlarimizga mana shunday yo`nalishlarda dars o`tishimiz 
maqsadga muvofiq bo`lar edi:
- qo`shiqlar va she`rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo`lgan, 
ma’noga ega bo`lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o`rgatish;
- aqliy va jismoniy harakatlar bilan bog’liq bo`lgan o`yinlar bilan o`rgatish;
- multfilmlar orqali. Bolalar til o`rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni 
tushunmasada multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan 
so`zlarni tushunishga intiladi;
-ko`rgazmali qurollar, turli xil rasmlar, ertaklar, kitoblar, va shunga o`xshash 
turli xil predmetlardan ham bo`lishi mumkin.
Bilamizki bolalar qiziquvchan bo`ladi. Ular bir xillikdan tez zerikadi. Shuning 
uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars o`tmaslik lozim. Aks 
holda bolalar o`qituvchining qanday dars o`tishini fahmlab olishadi va bunga 
tayyorgarlik ko`rishadi. Usullarni yangilab dars o`tish bolalarning intilishlarini 
oshiradi. Kichik yoshdagi bolalarga til o`rgatish majburiyat sifatida emas, qiziqarli 
mashg’ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars 
o`tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo`lib xizmat qilishi 
mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki, jahon psixologiyasi va pedagogika fanida boy 
ma'lumotlarga asoslanib, komil ishonch bilan quyidagi mulohazalarni bildirish 
mumkin. Jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga ingliz 
tilini o’rgatishda didaktik o’yinlar va axborot texnologiyalari salmoqli ta'sir 
o’tkazadi. 


21 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling