Bolalar pedagogikasi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana22.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1042058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavlonova kurs ishi

Kurs ishi maqsadi: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilini 
o’qitishning didaktik xususiyatlari va ingliz tilini bolalarda o’rgatish bilan bog'liq 
masalarni tahlil qilishdan iborat. Bolalarga tog’lar, tor daralar va g’orlari mavzusini 
o’tish orqali ularni dars jarayonida mavzuga munosabatini o’rganish. 
Kurs ishi ob`ekti: ta’lim jarayonlarida qo’llaniladigan turli xil metodlar. 
Kurs ishi predmeti: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilini 
o’qitishda didaktik yondashuv va uni tashkil etish mazmuni. 
Kurs ishi vazifalari:  
1) Kurs ishining nazariy qismini ilmiy adabiyotlar asosida yoritib berish; 
2) Tog’, tor daralar va g’orlarni o’rgatish bo’yicha ishlanmalarni tahlil qilish; 
3) Dars jarayonlarida turli xil metodlardan foydalanishning ahamiyatini 
o’rganish; 
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob va rejalar, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 



I BOB Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilida tog’, tor daralar va 
g’orlarini o’rgatishning ilmiy nazariy asoslari 
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilida tog’lar, tor daralar va 
g’orlarni o’rgatishning metadologik asoslari 
Barchamizga ma'lumki, Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o’rta, katta va 
maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning yoshi 5-7 yosh oralig'ida bo’ladi. Va 
aynan shu davrda ular ham jismonan, ham ruhan, ham ma'nan jadal rivojlanib, 
intelektual salohiyatlarining rivojlanishi ilk bosqichga boshlanadi. Maktabgacha 
ta'lim tashkilotlari esa bolaning sog'lom.va barkamol shaxs bòlib yetishida , o’qishga 
nisbatan havas uyg'onishida ilk turtki bo’lgan holda, muntazam ravishda haftasiga 5 
kun ta'lim olishlariga, hamda xorijiy tillarni o’rganishlariga imkoniyat 
yaratadi.Ma'lumki, mamlakatimizda chet tillarini o’qitish mustaqilligimizning 
dastlabki yillaridanoq muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Chet tillarini 
o’rganish va o’qitishga e'tibor, ayniqsa, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 
2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to’g‘risida"gi qarori qabul qilingandan keyin yanada kuchaydi. 
Mazkur qarorda chet tillarini o’qitishdagi yutuqlar bilan birga, ta'lim standartlari, 
o’quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va 
mediatexnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to’liq javob bermayotgani, 
ta'lim asosan zamonaviy usullarda olib borilayotgani, ta'lim tizimining barcha 
bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o’rganishni tashkil qilish, shuningdek, 
o’qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o’quv-uslubiy materiallar bilan 
ta'minlashga oid kamchiliklar ham ko’rsatilgan. Ingliz tilida tabiat haqidagi 
bilimlarni o`rgatish ham muhim hisoblanadi. Bu bolalarning dunyoqarashini yanada 
kengaytirishga va bilim darajasini yanada oshirishga yordam beradi. Tabiat haqidagi 
bilimlar bolalar tarbiyasida ham muhim ahamiyatga ega. 
Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo’lishi – ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga 
ko’ra ijtimoiy pedagog o’z amaliy faoliyatida bolaning tabiiy holda rivojlanishi 
omillariga tayanadi.



Tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo’lishi prinsipi ilk bor buyuk slavyan pedagogi 
Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning “Buyuk didaktika” (1632) degan 
eng asosiy ishida ta’riflangan Komenskiy, inson tabiatning bir qismi sifatida uning 
eng asosiy, umumiy qonunlariga bo’ysunadi, deb hisobladi. Komenskiyning
fikricha, tabiatning bu qonunlari o’simliklar va hayvonlar olamida ham, shuningdek, 
insonga nisbatan ham o’z ta’sirini o’tkazib turadi. Yan Komenskiy nafaqat 
tabiatning umumiy qonunlariga, balki bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanardi. U 
bolalar, o’spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayangan holda o’z 
bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslaydi va quradi. 
Komenskiydan ancha ilgari Sharq Uyg‘onish davri buyuk qomusiy olimi va 
muttafakkiri Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’z ishlarida tarbiyaning tabiatga uyg‘un 
bo’lishi haqida gapirgan edi. Masalan, “Uy-ro’zg‘or tutish” haqidagi asarida Ibn 
Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot, shuning uchun tabiatda alohida o’rin tutadi 
va uning qonunlariga ko’ra rivojlanadi. “Yomon xislatlarni qayta tarbiyalash” 
asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki ahloqsiz insonni tarbiyalamoqchi (qayta 
tarbiyalamoqchi) bo’lsa, unda u uni har tomonlama o’rganishi (insonni), inson 
tabiati qoidalarini bilishi kerak. 
Natijada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo’lishi prinsipi ko’pgina buyuk 
pedagoglar tomonidan o’z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari qurish 
asosi sifatida olingan edi. Masalan, fransuz faylasufi Jan Jak Russo (1712-1778) 
hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. 
U yozardiki, “Bolalar katta bo’lishidan ilgari bola bo’lishi kerak”. 
Shveysar pedagogi Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827)yetim va qarovsiz 
bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisoblardiki, tabiat maqsadi 
– inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har 
tomonlama va uyg‘un bo’lishi lozim. 
Nemis olim-pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) ham I.G.Bestalotssi 
ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsipi deb hisoblagan. O’z ishlarida 
yozgan ediki, ta’lim va tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarni 
e’tiborga olish lozim. 



Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo’lishi rus klassik pedagoglari ishlarida ham o’z 
aksini topgan. K.D.Ushinskiy (1824-1871) o’zining asosiy “Inson tarbiyaning 
mavzusi sifatida” degan psixologik-pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi 
va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va qoidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy 
qonunlarini bilish, ularni har bir aniq holda tatbiq qila olish lozim. K.D.Ushinskiy 
fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, hislar, iroda) 
asoslarini oldindan o’rganish zaruriyatini asoslab berdi, buning asosida so’zlash 
qobiliyatini, ahloqiy, estetik va diniy hislarni, didaktikani o’rganishga o’tish 
mumkin. 
Sharq Uyg‘onish davri mutafakkir qomusiy olimi Abu Nasr al-Farobiy (873-
950) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qadar o’z asarlarida 
ediki, inson tabiatning eng ta’kidlagan oliy yutug‘idir va o’z aqliga ko’ra atrof-
muhitni har tomonlama idrok qilish mumkin. 
Abdulla Avloniy (1878-1934) “Turkiy guliston yohud ahloq” degan asarida 
turli shaxs ahloqiy xislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini 
o’zbek tilida yozilgan pedagogika bo’yicha birinchi darslik deb hisoblash mumkin. 
1) Pedagogika mustaqil fan sifatida YA.A.Komenskiyning “Buyuk 
didaktika” (XVII asr) degan asaridan so’ng ajralib chiqdi, unda didaktika prinsiplari 
va pedagogik jarayon qonuniyatlari aniq ta’riflangan. Forobiy pedagogikani 
mustaqil fanga ajratmagan, uni siyosiy (fuqaro) fan tarkibiga kiritgan. Uning 
fikricha, bolalarda ijobiy ahloq xislarini tarbiyalashda atrof-muhit katta tabiiy
kamolotiga ishonardi, bola tabiatidan go’zallik va mehr-oqibat bilan uyg‘un 
ravishda tug‘iladi. 
Ijtimoiy pedagogikada tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo’lish prinsipiga amal qilib, 
quyidagi qoidalarga tayanish lozim: 

Bolalar yoshi xususiyatlarini e’tiborga olish; 

Bolalar jinsiy xususiyatlarini e’tiborga olish; 

me’yordan chetga chiqish bilan bog‘liq bo’lgan bolalarning 
individual xususiyatlarini e’tiborga olish; 

bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlarga tayanish; 




bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantirish. 
Respublikamizda chet tillarini o’qish, o’rganish va baholash tizimining 2012 
yildan boshlangan mana shunday besh yillik natijasi o’laroq, yuqorida 
ta'kidlaganimiz, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 
avgustdagi qarori qabul qilingan. Ushbu qaror respublikamizda ta'lim sohasidagi 
islohotlar izchil davom etilayotganidan, chet tillarini mukammal biladigan 
o’quvchilar, talabalar va pedagoglarga imtiyozlar, malaka sertifikatlari berish hamda 
ularni rag‘batlantirish maqsadi ko’zda tutilganidan dalolat beradi. 
Qarorga ko’ra, bundan keyin uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida 
yosh avlodni chet tillariga o’qitish sifatini ta'minlash, chet tillarida erkin so’zlasha 
oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, ushbu yo’nalishdagi 
o’quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash maqsadida chet tillarini 
bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi. Bu kabi chora-
tadbirlarni amalga oshirish uchun uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida 
chet tillarini o’zlashtirish darajasini davlat ta'lim standartlarida b
uelgilangan 
"Tinglab tushunish" (Listening), "O’qish" (Reading), "Yozish" (Writing), 
"Gapirish" (
speaking) amalga tatbiq etiladi. 
Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunga qadar davlat va nodavlat 
maktabgacha ta'lim tashkilotlarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha 
ta'limning asosiy maqsadi - bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani 
rivojlangan, sog'lom, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib 
berish, o’qishga, tizimli ta'limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdan iboratdir. 
Maktabgacha ta'limning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishda mahallalar, 
jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. 
Hozirgi vaqtda respublikasi 4 893 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 
faoliyat olib borayotgan bo’lib ularni moliyalashtirishga faqat 2016-yili Davlat 
byudjetidan 1.6 trilion so’m ajratilgan. Ushbu sohada sog’lom va har tomonlama 
rivojlangan o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo’shib 



kelayotgan 57 mongdan ortiq mutaxasislar mehnat qilmoqda. Davlat rahbari 
tomonidan 2017-yili 9-sentabrda qabul qilingan "Maktabgacha ta’lim tizimini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qaror bilan bilan Xalq ta’lim 
vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi , Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
mahalliy davlat hokimyati organlarning maktabgacha talim muassalarining 
infratuzilmalarini va moddiy- texnik jihozlanishi yaxshilash bo’yicha kompleks 
chora- tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda. 
Qishloq joylardagi boshlang'ich maktab o’quvchilari odatda ingliz tili 
muhitidan ancha uzoq bo’lgan sharoitda o’sishadi va bolalarning fikrlashi mavhum 
shaklda qolaveradi, bolalarning yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoni doimo 
hissiyotlarga tayangan holda kechadi. Shuning uchun, bog’cha yoshidagi bolalarga 
ingliz tili o’qituvchilari o’qitishda oson metodikalar orqali, o’quvchilar atrofidagi 
buyumlardan, kartochkalardan va boshqa o’quv qo’llanmalaridan to’liq 
foydalanishadi. “Banana” va “apple” kabi so’zlarni o’qitishda o’qituvchilar banan 
va olma kabi mevalarni ko’rsatib birdaniga rangni bildiruvchi yangi so’zlarni ham 
o’rgatib ketishlari mumkin. Bolalar o’quv mashg'ulotlarini tashkil qilish uchun 
sinfdagi narsalar orqali ularni chet tilida qo’llanilishini o’rgatib borishadi. 
Albatta, o’qitish mobaynida buyumlardan foydalanishda o’qituvchilarning 
metodikasi katta ro’l o’ynaydi. Misol uchun, tegishli so’zlarni o’rgatayotganda, siz 
avvalo buyumni bolaga ko’rsatib uni gapirishga undaysiz, o’quvchilar so’zlarni 
talaffuz qiladi va ular talaffuz qilgan so’zni mustahkamlash uchun kartochkalardagi 
rasmlardan foydalanib yana bir bor yangi so’zni takror talaffuz qildiriladi. So’zlarni 
o’qitishda o’qituvchilar matn mazmunini belgilab olishlari va o’quvchilar e'tiborini 
jalb qilish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda so’zlarni talaffuz qilib doskaga 
suratini chizish orqali ularning e’tiborini tortishlari mumkin bo’ladi. 
Shuning uchun hozirda Xitoyda tarbiyachidan rasm chizish mahoratiga ega 
bo’lish talab qilinadi. Bu nafaqat o’qitishning qiyinchiliklarini qisqartiribgina 
qolmay, balki o’quvchilarni o’rgangan bilimlarni asta-sekin mustahkamlashga 
yordam beradi. O’quvchilar ingliz tilini o’rganish jarayonida o’zlaridagi yutuqlarni 


10 
his etishlari uchun har bir o’quv mashg'ulotiga mukammal yondashish kerak. Ana 
shundagina bolalarda o’rganishga motivatsiya uyg’onadi.Hozirgi kunda Xitoylik 
bog’cha yoshidagi bolalar yangi bilimni qabul qilish imkoniyatlari juda ilgarilab 
ketganligi sababli bog’chalardagi o’qitish dasturlari shunga mos ravishda 
intensivlashtirilgan. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, zamonaviy pedagog javob berishi kerak 
bo’lgan talablar kompleksini belgilaydi. Mutaxassisning pedagogik ishga 
tayyorgarligini zarur va yetarli darajasini ta'minlaydigan asosiy talablarni 
quyidagicha belgilash mumkin: 
Ayni paytda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachisining mustqil 
ravishda bilim olib, til o’rganib, inglizchada gaplasha olish ko’nikmalarini oshirib 
borishi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi- bir tomondan 
pedahogik faoliyatining muvaffaqiyatli borayotganligini ko’rsatsa, ikkinchi 
tomondan, bu muhim vazifa ekanligini ko’rsatadi. Chunki, bu kechiktirib bo’lmas 
jarayon shaxsni aqliy qashshoqlikdan qutqarib qoladi. 
Demak, Prezidentimizning "Chet tillarini o’rganish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g'risida" gi qarori barcha fuqarolarning chet 
tillarini puxta o’rganishlariga keng imkoniyatlar yaratishi bilan birgalikda, 
maktabgacha ta'lim tizimining malakali tarbiyachisi va pedagog kadrlari yelkasiga 
yanada mas'uliyat yuklaydi. Maktabgacha ta'lim tizimi tarbiyachusi ingliz tilini 
o’rganishi, uzluksiz izlanishda bo’lishi, erkin fikrlashi, shuning bilan bir qatorda, 
boshqalarda ham innovatsion g'oyalarni shakllantirish asosida faoliyat ko’rsatishi 
lozim. 


11 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling