Bolalar pedagogikasi


II BOB Ingliz tilini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o’qitishni didaktik


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana22.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1042058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavlonova kurs ishi

II BOB Ingliz tilini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o’qitishni didaktik 
loyihalashtirish 
2.1 Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilini harakatli o’yinlar orqali 
o’qitishning didaktik asoslari va eksperimental tadqiqi 
Hozirgi kunda ingliz tilini maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga o’yin 
orqali o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xalqimizda «Til bilgan – el 
biladi», deb bejiz aytilmagan. Prezidentimizning 2018-yil 10dekabrdagi "Chet 
tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g'risida"gi 
PQ-1875-sonli qarori bu maqsadni ro’yobga chiqarish va shu doirada maktabgacha 
ta'lim muassasalaridanoq bolalarga xorijiy tillarni o’rgatish va maktab ta'limiga 
tayyorlab borish masalasi muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham maktabgacha ta'lim 
tashkilotlarrida bolalarga ingliz tilini o’rgatishda dars jarayonini didaktik 
loyihalashtirish dolzarb masala bo’lib, unda ilg'or va zamonaviy pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish zarurdir. 
Didaktika kechiktirmay o’rganishi zarur bo’lgan muammolardan biri, –deb 
qayd etgan edi A. A. Chentsov, – ta'limni samarador loyihalash masalasi. Loyihalash 
o’quv materialini o’rganish va mustahkamlash, takrorlash va amaliyotda tatbiq 
qilish, umumlashtirish va nazorat qilish jarayonlari bilan qanchalik uzviy bog'liq 
bo’lsa, ta'lim jarayonining samaradorligi shuncha oshadi‖ [Chentsov, 1972, b. 231]. 
Shuning uchun ham, ta'lim jarayonining barcha yo’nalishlarini emas, balki uning 
ma'lum qirrasini samarador loyihalash yo’lidan borish kerak. Bunday samarador 
loyihalashga ehtiyojmand yo’nalishlardan biri samarali didaktik o’yinlar to’plamini 
tayyorlashdir. Mazkur murakkab vazifani bajarishda, ingliz tili darsini bolalarga 
didaktik o’yinlar vositasida tashkillashtirish asosiy omil hisoblanadi.
Bolalarda o’yin orqali diqqat, xotira va idrokni qiyinchiliklarsiz shakllantirish 
mumkin. Chunki bola o’yin jarayonida o’zini erkin his etadi. O’yin o’ynalayotgan 
paytdagi ma'lumotlarni ham bajonidil qabul qiladi. Ya'ni o’yin faoliyati orqali 
beriladigan ma'lumotlar bolalar xotirasidan muammolarsiz o’rin oladi. Bu o’rinda 


22 
pedagogik, psixologik va fiziologik omillarga tayangan holda ingliz tilini o’rgatish 
samaralar garovidir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o’yinlar 
jarayonida ingliz tilini o’rganar ekan, albatta, ma'lumotlarning ko’rgazmalilik 
tamoyillariga amal qilishi maqsadga muvofiqdir.
Ingliz tili fanini o’qitishda turli xil o’yinlar orqali o’rgatishning o’rni 
beqiyosdir. Dars davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga 
bo’lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, passive o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq 
qatnashishga undaydi, sinfda o’quvchilar o’rtasida raqobat, ayni paytda 
jamoadoshlik muhitini hosil qiladi. Shuningdek, o’quvchilarning ustozlariga 
bo’lgan hurmatini oshiradi. Quyida Sizga ingliz tili darslari davomida o’qitish 
samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi o’yinlarni taqdim etiladi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling