Bolalar psixologiyasi predmeti


Download 28.08 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi28.08 Kb.
#1558878
1   2   3
Bog'liq
BOLALAR PSIXOLOGIYASI PREDMETI

Tadqiqot uslublari. Bolalar psixologiyasi bola psixikasining taraqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillar o’rganildi.
Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi-tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish;

  2. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qiluvchi omillarni aniqlab berish;

  3. Turli yoshdagi bolalarning rivojlanishiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganish;

  4. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish;

  5. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash;

  6. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaning aqliy jarayonlarini faollashtirish;

  7. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;

  8. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning maxsus qobiliyatlarini shakllantirish;

  9. Ta’lim-tarbiya ishlarining psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir.

Uning amaliy vazifalariga turli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilar, o‘qituvchilar, ota-onalar ya’ni jamoatchilar o‘rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar психологиясининг амалий vazifasi – bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ularga individual munosabatda bo‘lish yo‘llariga oid, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat. Bunday vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi [4].
Adabiyotlar tahlili. Bolalar psixologiya bo’yicha ko’plab olimlarning ishlari mavjud [1, 2, 3, 4]. Z.T. Nishonova, G.K. Alimovalarning ta’kidlashicha bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlaridan biri - turli yoshdagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, hissiyot, xayol va iroda kabi psixik jarayonlarining namoyon bo‘lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarini qanday tarkib toptirishni chuqur tahlil qiladi. Bunda bolalar psixologiyasini bolalar shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir etuvchi omillar qiziqtiradi [1].

Download 28.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling