Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang kesimi bo’yicha o’lchamlarida farq bo’lgan metall xomashyolarni o’rganish
Download 262,22 Kb.
|
Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga buralishga ko’ndalang (2)
Quymalarda uchraydigan nuqsonlar. Ma‘lumki, quymakorlik sanoatida olinadigan quymalarda ba‘zan turli nuqsonlar, kimyoviy tarkibi va strukturasining notekisligi, cho`kish bo`shlig`i, kovaklik, gaz pufaklari, likvatsiya kabi nuqsonlar uchraydi. Bunday nuqsonlar quyidagicha hosil bo`ladi, quyma soviyotganda uning hajmi ma‘lum darajada kichrayadi, natijada quymaning yuqorigi qismida cho`kish boshlig`i deb ataladigan bo`shliq paydo bo`ladi.
Bundan tashqari, suyuq eritmada erigan gazlar metall qotayotganda ajralib chiqib, o`rnida g`ovaklar yuzaga keladi va ushbu quymalar nuqsonlari sharoitga qarab, quymaning ustki qismiga yoki butun sig`imga taralgan holda bo`lishi mumkin. Kimyoviy jihatdan turli jinslilik, eritmadagi yoki qotishmadagi qo`shimchalarning quymada notekis taqsimlanish hollari ham bo`ladiki, bu hodisa likvatsiya deyiladi va u tegishli qotishmaning mexanik xossalarini pasaytiradi. Likvatsiya hodisasi suyuq qotishmaning (masalan, po`latning) notekis kristallanishidan kelib chiqadi. Ayniqsa, po`lat quymalarda uchraydigan yana bir nuqson g`uddalardir. G`uddalar suyuq po`lat qolipga quyilayotganda sachrashi va tomchilar tarzida quymaga yopishib qolishidan hosil bo`ladigan notekislikdir. Endi yuqorida keltirilgan quymalardagi ba‘zi nuqsonlarning oldini olish uchun sanoat miqyosida qo`llaniladigan chora-tadbirlar bilan tanishishni zarur deb hisoblaymiz. Quymada cho`kish bo`shlig`i hosil bo`lmasligi uchun qolipda pribil deb ataladigan maxsus bo`shliqlar qilinadi. Qolipga suyuq metall quyilganda u qolipni to`ldirib, pribilga o`tadi va cho`kish bo`shlig`i quymada emas, balki pribilda hosil bo`ladi, pribil esa quymadan kesib tashlanadi. Quymada gaz pufakchalari hosil bo`lmasligi uchun suyuq metallni qolipga quyishdan oldin unga maxsus qaytargichlar, masalan, ferrosilitsiy, ferromarganes, ferroalyuminiy, silikokalsiy qo`shiladi, qolipda gaz chiqish kanallari soni ko`paytiriladi, quyish yo`llari to`g`ri tanlanadi, metallning qolipga quyish vaqtidagi harorati to`g`ri belgilanadi. Quymalarda uchraydigan nuqsonlardan darzlar hamda yoriqlar ko`pincha quymaning notekis sovishidan kelib chiqadi. Mayda darzlar, yoriqlar, sirti kovakliklar va shu kabilar metallizator yordamida suyuq metall purkash yo`li bilan tuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, quymada ko`p miqdorda metallmas qo ‗shilmalar shlak, qolip aralashmasi, shuningdek, pech va cho`michning o`tga chidamli qoplamalaridan o`tadigan qo`shilmalar quymaning tuzatib bo`lmaydigan nuqsonlari jumlasiga kiradi. Download 262,22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling